KOʻP MAʼNOLI SOʻZLAR
Har bir so‘zning o‘z ma’nosi bor. Ayrim soʻzlarning esa bir nechta maʼnosi boʻladi. Bunday soʻzlar koʻp maʼnoli soʻzlar deyiladi. Masalan, “temir” soʻzi aslida metallni bildiradi. Bundan tashqari, “temir” soʻzining qattiq, mustahkam, chidamli degan maʼnolari ham bor. Misol uchun, kuchli va chidamli kishilarni “temir odam” deb ataymiz.
H ayvonlarning nomida qanday ma’no yashiringanini bilib oling
T ulki – ayyor,
sher – kuchli, jasur
ilon – yovuz, ayyor
Ot – ziyrak
Eshak – ahmoq
Toʻtiqush – mahmadona, sergap
Ayiq – polvon, bahaybat
Qoʻy – yuvosh
Toshbaqa – donishmand, imillagan, sekin.
Tuya – sabrli, chidamli
It – vafodor
Do'stlaringiz bilan baham: |