Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga
ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham,
shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga
undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish
talabi bilan arz qilgan
hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv
asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy
mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi
mumkin.
Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish,
shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini
aniqlash sud tartibida
amalga oshiriladi.
Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi
qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq
qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki
o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin.
Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda
orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin.
Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish
uchun olingan buyumlar
(kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari,
bolalar
kutubxonasi va boshqalar) bo‘linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri
bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.
Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan
bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-
xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi.
Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo‘lingan
taqdirda, er va xotin mol-mulkining bo‘linmay
qolgan qismi, shuningdek er va
xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik
ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi.
Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi
talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi.
Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya
qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega. Agar
hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan
hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib
ketishi xavfini
solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning
bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalarini buzib, bankrot deb e’lon
qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mablag‘lar
hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin. Hadya shartnomasida hadya
oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani
bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin.
4. Samarqand viloyatida yashovchi Aliev Samariddin
va Axmedova Zebolar
maktabda o‘qib yurib, bir-birlarini yaxshi ko‘rib qolishadi. Maktabning 10 sinfni
tugallash arafasida ular nikohda bo‘lmasdan va voyaga yetmasdan farzand ko‘rib
qoladilar. Qizning ota–onasi qizini uyida saqlab, nabirasini qabul qilmaydilar.
Axmedova esa o‘zining eri va farzandi bilan birga yashashani talab qiladi.
Voyaga yetmagan qiz va o‘g‘il farzand ko‘rishganda, ular bolasiga nisbatan
qanday huquqlarga ega bo‘ladi? Vaziyatga huquqiy baho bering.
72-modda. Voyaga yetmagan ota-onaning huquqlari
Voyaga yetmagan ota-ona o‘z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida
ishtirok etish huquqiga ega.
O‘zaro nikohda bo‘lmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tug‘ilganda
hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilanganda o‘n olti yoshga to‘lishlari
bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar.
Voyaga yetmagan ota-ona o‘n olti yoshga yetgunga qadar, bolani voyaga yetmagan
ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin.
Bolaning vasiysi bilan voyaga yetmagan ota-ona o‘rtasida kelib chiqadigan
kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Voyaga yetmagan ota-ona o‘z otaligi va onaligini umumiy asoslarda e’tirof
etish yoki bunga e’tiroz bildirish huquqiga egadir. 73-modda.
Ota-onaning
bolalarga ta’lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart.
Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z
bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida
g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun
huquqqa ega.
Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada ta’lim olishini
ta’minlashi shart.
5. Fuqaro Kamalov Alisher va Samadova Nilufar voyaga yetkandan so’ng
turmush qurmochi bo‘lishdi va ular hozirda Toshkent shahrida o‘qiyotganliklari
sababli Toshkent shahar Yunusobod tumani FXDYo (ZAGS)ga murojaat qilishdi.
Toshkent shahar Yunusobod tumani FXDYo mudiri
fuqarolarga turmush qurish
uchun doimiy yashash manzilidagi FXDYo organiga murojaat qilishi kerakligini
aytib ularning murojatiga javob qaytardi.
Do'stlaringiz bilan baham: