Nikoh davomida er-xotinning umumiy mulki yoki ulardan har birining mol-mulki
yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha
oshishiga olib kelgan mablag‘lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash
va boshqalar) qo‘shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki
ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin.
10.
Fuqaro Akbarov Jamol va Tuxtaeva Nodiralar olis qishloqda yashaganligi
sababli ular diniy rasm rusmlar asosida nikohdan o‘tishdi va birga yashab kelishdi.
Hudud profilaktika inspektori ushbu holatda ularga ogohlantirish berib tezda
qonuniy nikohdan o‘tish kerakligini tushuntirdi lekin fuqaro profilaktika inspektori
ogohlantirishidan norozi bo’lib yuqori turuvchi tashkilotga murojat qilishini
bildirdi.
Fuqaroning e’tirozi o’rinlimi? Vaziyatga huquqiy baho bering
13-modda. Nikoh tuzish tartibi
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.
LexUZ sharhi
Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd
etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning
ishtirokida amalga oshiriladi.
Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi
bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.
Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va
boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.
Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni
rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishiga ko‘ra yuqori
turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin.
8-modda. Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi
Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda
bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki
ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga
vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli
masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib
chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar
qabul qilishi kerak.
11. 10 yoshga to‘lgan Karimov Iqbol juda ham san’atga ixlosmand bo‘lib, u
turli janrdagi rasmlarni bemalol chiza olar edi. Uning qobiliyatini sezgan rasm
o‘qituvchisi Iqbolni “San’at bizninig kelajagimiz” nomli yirik ko‘rgazmada
ishtirok etish uchun taklif qiladi. Bundan xabardor bo‘lgan Karimov Iqbolning ota-
onasi rozilik bermaydi. Shunda Iqbol o‘zi fikrini ifoda eta olishini bildirib Ota
onasining harakatlaridan norozi bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: