1. Vafoyeva Gulnora Yangihayot tumani fuqarolik ishlari boʼyicha
sudiga
eri Rasulov Abdi bilan nikohdan ajratish toʼgʼrisida daʼvo ariza bilan murojaat
qiladi. Daʼvo arizasida u eri bilan 13 yildan beri yashayotganligini, ularning
nikohidan 12 yashar qizlari bor ekanligini koʼrsatib oʼtadi. Keyingi 2 yil
mobaynida Rasulov Abdi hech qayerda ishlamaydi, spirtli ichimliklarni har doim
suisteʼmol qilib, oilaning ehtiyoji uchun pul ham bermay, onda-sonda uyiga tunash
uchun keladi va har safar mast holda boʼlib, qizining
yonida xotini bilan
janjallashadi. Oila butunlay barbod boʼlayotganligini koʼrsatib, eri Rasulov Abdi
bilan nikohdan ajratishlarini va qizining taʼminoti uchun aliment undirish haqida
hal qiluv qarori chiqarib berishlarini soʼraydi.
Sud majlisida Rasulov oʼziga nisbatan keltirilgan daʼvoni rad etadi va sudda
ularni nikohdan ajratmasliklarini iltimos qilib, bundan keyin u oʼz xatti-harakatini
xotini va qiziga nisbatan yaxshi tomonga oʼzgartirishini taʼkidlab oʼtadi. Sud er-
xotinlarning yarashishlari uchun 6 oy muddat beradi.
6 oylik muddat oʼtganidan soʼng, Vafoyeva yana ularning nikohlarini
ajratish yoʼli bilan tugatishlarini soʼraydi, chunki ushbu 6 oylik muddat davomida
Rasulov Abdi oʼz xatti-harakatini yaxshi tarafga oʼzgartirmagan va ularning
oilasini saqlab qolishning ilojisi yoʼqligini taʼkidlab oʼtgan.
Lekin er nikohning
tugatilishiga qarshi ekanligini va ularning oilasini saqlab qolishni iltimos qiladi.
Davogarning shikoyati o’rinlimi. Mazkur vaziyatda sud oila huquqining
qaysi tamoyiliga asoslanib, ishni hal qilishi lozim? Vaziyatga huquqiy baho
bering
2. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlgan Olimova Asal Amerika
fuqarosi boʼlgan Jak Winga turmushga chiqadi. Ular nikohni Oʼzbekiston
Respublikasida qayd etishadi. Oradan 7 yil oʼtgandan soʼng, oilaviy
kelishmovchiliklar natijasida nikohdan ajralishga qaror qilishdi.
Oilaviy turmushi
davomida orttirilgan mol-mulkni boʼlishda va 2 nafar farzandi uchun aliment
to’lashda kelishuvga erisha olmadi. Jak bu masalalar Amerika qonunchiligi
boʼyicha hal qilinishi, chunki er oila boshligʼi hisoblanishini taʼkidlaydi.
Xamidova esa, mazkur holatda mol-mulk Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi
asosida er-xotin oʼrtasida teng taqsimlanishini aytadi.
Umumiy mol mulkni bo’lish masalasi qanday amalga oshiriladi. Chet el
elementi bilan murakkablashgan huquqiy munosabatlarni tartibga solishning
xususiyatlarini koʼrsating. Taraflarning harakatlari qonuniymi. Vaziyatga huquqiy
baho bering.
27-modda. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining
talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin
ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga
undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan
hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv
asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi
bilan ularning umumiy
mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi
mumkin.
Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish,
shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida
amalga oshiriladi.
Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning
qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan
oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga
tegishli
pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin.
Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda
orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin.
Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar
(kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar
kutubxonasi va boshqalar) bo‘linmaydi hamda bolalar
er va xotindan qaysi biri
bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.
Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan
bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-
xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi.
Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo‘lingan
taqdirda, er va xotin mol-mulkining bo‘linmay qolgan qismi, shuningdek er va
xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik
ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi.
Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi
talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi.
3. Fuqaro Sanoyeva Malika turmush o‘rtog‘i
Turanov Odil bilan nikohdan
ajratish to‘g‘risida va ularning umumiy birgalikdagi mol-mulklarini bo‘lib berish
haqida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi. Shuningdek u ota-onasi
tomonidan hadya qilingan buyumlar va boshqalar uning xususiy mulki bo‘lib
hisoblanishini bildirgan bo’lsada turmush o’rtog’i tuyga sovg’a sifatida ikkalasi
uchun ham tegishli ekanligini aytdib etiroz bildirdi.