Tan imperiyasi. Tan imperiyasi Xitoyda 300 yilga yaqin, ya’ni 618 yildan 907 yilgacha yashadi. Uning poytaxti CHan’an (ho-zirgi Sian) shahri edi. Bu juda katta shahar edi. VIII asrda CHan’an aholisi 1 milliondan ko‘p edi. Imperiyaiing ikkinchi poytaxti Loyan shahri bo‘lib, u ham juda katta savdo markazi edi. Bu dinastiyaning eыg kuchli imperatori Li YUanning vo-risi Li-SHi-min yoki Tayszun (626—649) edi. Bir necha urushlar natijasida Li-SHi-min imperiya chegaralarini ancha kengay-tirib oldi. Imperatorga qaram, vassal erlarni qo‘shib hisob-laganda, Xitoyning territoriyasi SHimolda Amur va Xinganga-cha, janubda Hindiston va Siyomgacha, sharqda Koreyagacha (Tayszun Koreyani ham bosib olishga uringan edi), g‘arbda Urta Osiyoning sharqiy chegaralarigacha borardi. Li-SHi-min za-monidagi bu juda katta imperiya imperatorning markazdagi va joylardagi juda ko‘p aMaldorlari tomonidan idora qilina-digan murakkab bir byurokratik monarxiya tusini oldi.
Li-SHimip davrida amaldorlar uchun maxsus uyvonlar joriy qilipdi. Amaldorlarning hammasi to‘qqiz darajaga bo‘-lindi, har bir darajaga ma’lum hajmda pomestelar belgi-landi, bu pomestelar maosh o‘rniga berilar edi. Markaziy idora oltita mahkama palatasidan yoki ministrlikdan (amal-lar ministrligi, soliq ministirligi, harbiy ministrlik, ji-noiy ishlarni ko‘radigan sud ministrligi, jamoat ishlari ministrligi, marosim ishlari ministrligidan) iborat bo‘lib, uzil-kesil rasmiylashdi. Joylarga ayrim katta-katta oblast-lar tepasida turuvchi gubernatorlar tayinlandi. Oblastlar —
okruglarga, okruglar — uezdlarga, uezdlar — bo‘lislarga, bo‘lis-lar — qishloqlarga bo‘lingan edi, Boshqaruvning eng quyi zve-nosi hamma bir-biriga kafil bo‘lgan besh xonadon birlashmasi-dan iborat edi.^
Tan dinastiyasi davrida davlat feodal chek er sistemasi uzil-kesil qaror topdi.
Hukumat tomonidan erga egalik qilish huquqlari tekshi-rishdan o‘tkazildi, shu bilan birga davlatga qarashli'erlar fondi ancha oshirildi, bu erlarga davlat dehqonlari ekin zkar edi, ularga ko‘pdan-ko‘p soliqlar solinar va majburiyat-lar yuklanar edi. Uziga berilgan chek er uchun dehqonlar don tarzida soliq to‘lashi va buyumlari tarzida soliq to‘lashi va bundan tashqari, yiliga 20—50 kun davlat foydasiga og‘ir barshchina ado etishi kerak edi. Erlarning ancha ko‘p qismi se-kin-asta yirik amaldor zodagonlar qo‘liga o‘tdi: ayrim eng katta amaldorlar qo‘lidagi er bir dehqon oilasi qo‘lidagi er-dan ko‘p baravar ortiq bo‘lar edi. VIII aerning 20- va 30-yil-larida Tan imperiyasi qonunlarining yagona majmuasi tuzildi, u ijtimoiy hayot va davlat hayotining xilma-xil tomonlarini o‘z ichiga.olgan oltita alohida kodeksdan iborat edi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |