Kechasi qor yog’di-yu, ammo havo unchalik sovimadi.
Men uni hurmat qilardim, lekin u meni oyoqosti qildi.
Ayiruv bog’lovchili BQG. Ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yo…yo, goh…goh, xoh…xoh, dam…dam. Ayiruv bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. Yo (yoki) bog’lovchisi yolg’iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda qo’llaniladi va yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.
Eslatma! yoki, yo bog'lovchilari harakatni biri amalga oshib ikkinchisi amalga oshmasligini bildiradi. Bir…bir, goh…goh kabi bog'lovchilar esa galma-gallikni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |