Siz a’lochi va jamoatchisiz—sodda gap.
Siz alochisiz va jamoatchisiz—qo’shma gap. (bunda kesim tarkibidagi -siz bog’lamasi har ikkala so’zda alohida kelgani uchun u qo’shma gap bo’lib qoladi)
2. Qo’shma gap. Ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy
munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo’lgan butunlik qo’shma gap
sanaladi.
Bahor keldi va gullar ochildi. Eshik ochildi, lekin hech kim kirmadi.
Qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yoprdamida bog’lanishiga ko’ra qo’shma gaplar uch guruhga bo’linadi:
Bog’langan qo’shma gaplar.
Qismlari a) teng bog’lovchilar, b)bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan gaplar bog’langan qo’shma gaplar deyiladi.
Eshik ochildi va o'qituvchi kirib keldi.
Men unga ishondim, lekin u ishonchimni oqlamadi.
Bugun na qor yog'di, na yomg'ir yog'di.
Men seni o'qishga kirishingni xohlayman, sen bo'lsa ko'p uxlaysan
Sarbon shunday dedi-da, quchog’ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi
Bog'langan qo'shma gaplarda har ikkala gap ham bosh gap hisoblanadi:
Teg boglovchi vositasida bog’langan qo’shma gaplar quyidagi tularga bo’linadi
Do'stlaringiz bilan baham: |