Dag‘al razvyortkalash teshik parmalab ochilganidan va zenkerlangandan keyin yoki dag‘al va yupqa kesib kengaytirgandan keyin bajariladi. Yupqa va dag‘al razvyortkalashni taqqoslaganda quyidagi raqamlar aniqlandi: dastlabki razvyortka lash aniqligi 8—9 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra=2,5 mkm; toza razvyortka lash aniqligi 6—7 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra=1,25 mkm; yupqa razvyortkalash aniqligi 5 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra=0,63 mkm.
Sidirish (ïðîòÿãèâàíèå) zagotovkaning ichki va tashqi yuzalariga nozik ishlov berish usullaridan hisoblanadi. Ko‘ndalang kesimi turlicha (doira, kvadrat, ko‘pburchakli, tishli-shlitsali, shuningdek, turli ariqcha va chuqurchalar) teshiklarni sidirish — ichki sidirishga kiradi. Tekisliklarni, murakkab bichimli yuzalarni sidirish tashqi sidirish deyiladi.
Tekis silindr teshiklarni sidirish 6—9 kvalitet aniqlikni va Ra=2,5 0,63 mkm g‘adir-budurlikni ta’minlaydi. Teshiklarni toza sidirishda asbobning keskichlari diametri 0,02—0,04 mm ga ortib boradi. Bir to‘pi 100 ta bo‘lgan zagotovkalarning teshigiga ishlov berishda odatdagi ishlov: parmalash, zenkerlash va razvyortkalash o‘rniga sidirib ishlov berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Tashqi yuzalarni sidirish 11 kvalitet aniqlik beradi. Sidirish gorizontal va vertikal, hammabop va maxsus avtomatlar va yarim avtomatlarda bajariladi.
Teshikni silliqlash (ïðîøèâàíèå) sidirishga o‘xshagan ishlov turi, lekin u nisbatan kaltaroq asbob — proshivka yordamida bajariladi. U ishlov beriladigan teshik ichidan press yordamida itarib o‘tkaziladi. Bu usul yakuniy ishlov bo‘la oladi, 6 kvalitet aniqlik va Ra=1,25 0,63 mkm g‘adir-budurlik beradi.
3. Jilvir asboblar yordamida ishlov berish
Quyidagi jarayonlarni ko‘rib chiqamiz: silliqlash, xoninglash, surkalish, sayqallash, superfinish va mikrofinish.
Silliqlash (shlifovka) silindr, tekis va murakkab shaklli yuzalarga dastlabki va yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida mashinasozlikda keng qo‘llanadi; 5— 7 kvalitet aniqlik va Ra=1,25—0,08 mkm g‘adir-budurlikni ta’minlaydi; silliqlovchi stanoklar yordamida bajariladi.
Detal silliqlash quyma yoki qizigan holda shtamplab tayyorlangan stanoklarda asos (áàçà) yuzasini hosil qilish uchun qo‘llanadi. Bunday silliqlash bilan sezilarli qo‘yim (1 mm va undan ko‘proq) olib tashlanadi, shuning uchun yirik donali (80—125), segmentli charxtosh (g‘ildirak, jilvir, doira) ishlatiladiki, u qalingina qatlamni oladi, g‘adir-budirlikni Ra=2,5—1,25 mkm ga tushiradi. Bundan tashqari, segmentli charxtosh ishlov yuza bilan yaxshi tutashganidan unumdorlik yuqori bo‘ladi.
O‘lchamli silliqlash (ðàçìåðíîå øëèôîâàíèå) guruhli va yalpi ishlab chiqarishda olib tashlanadigan qatlamga va yuzaga qo‘yilgan talablarga qarab bir yoki ikki amalda bajariladi. Bir amallik ishlovda diametr bo‘yicha 0,2—0,6 mm qatlam (qo‘yim), ikki amalda — 0,6—0,8 mm qatlam olinadi. Yuzaga juda yuqori talablar qo‘yilsa, yupqa silliqlash amali qo‘llanadi, u diametr bo‘yicha 0,04—0,08 mm oladi.
Shunday qilib, silliqlashda dastlabki, yakunlovchi va zarur bo‘lganda, yupqa silliqlash amallari bo‘ladi. Amallar samarali bo‘lishi uchun silliqlovchi charxtoshni to‘g‘ri tanlash kerak. Uning donadorligi ishlov berilayotgan yuzaning sifatiga bo‘ladigan talablar va texnologik jarayonning samaradorligi orqali aniqlanadi. Yirik donali g‘ildirak bilan silliqlashda g‘ildirakning ish unumi yuqori, solishtirma sarfi esa kam bo‘ladi, biroq yuza sifati pastroq yuradi.
Silliqlashning turli amallari uchun qo‘llanadigan g‘ildiraklarning donadorligi bo‘yicha qo‘llanish chegarasini taxminan aniqlash mumkin. Dastlabki silliqlashda donadorlik 40—80 bo‘lishi kerak, shunda yuza g‘adir-budurligi Ra=1,25÷0,63 mkm bo‘ladi. Yakunlovchi silliqlashda donadorlik 12—40 (Ra=0,63÷0,16 mkm) va yupqa silliqlashda donadorlik 6—10 (Ra=0,08 mkm) bo‘ladi. Silliqlovchi g‘ildiraklarning boshqa ko‘rsatkichlari ishlov berilayotgan zagotovkaning fizik-mexanik xususiyatlaridan kelib chiqadi.
An’anaviy qiruvchi donalardan yasalgan g‘ildiraklar bilan bir qatorda metalli va organikali biriktiruvchilarga olmos va elbor zarralari qo‘shib tayyorlangan g‘ildiraklar (charxtosh) ham keng qo‘llanadi. Bu g‘ildiraklarda qiruvchi donalar g‘ildirakning doirasi yuzasi bo‘ylab 1,5—2,5 mm qalinlikdagi qatlamda joylashadi. Metall biriktiruvchili g‘ildiraklarni qattiq qotishmalarga, shishaga, keramika va shu kabi boshqa materiallarga ishlov berishda, organika biriktiruvchili g‘ildiraklarni — mo‘rt va o‘ta qattiq materiallarni yupqa silliqlashda qo‘llash tavsiya etiladi.
Yupqa silliqlash boshqalaridan juda yupqa qatlamni olib tashlash bilan farq lanadi — dastgoh stoli bir marta yurganda yoki zagotovka bir marta aylanganda 0,005 mm gacha qatlam shilinadi. Buyumning harakat tezligi 10—20 m/min bo‘lsa kesish tezligi 30—40 m/s. Ishlov jarayonida ko‘ndalang harakat tugagach, g‘ildirak ishlov berilayotgan yuzadan 5—10 marta o‘tkaziladi. Silindr yassi va murakkab yuzalarning aniqligi dastlab 6—8 kvalitet bo‘lsa, yupqa silliqlashdan so‘ng 5—6 kvalitetga yetadi.
Yupqa silliqlash ishlov berilayotgan yuzaning xatosini sezilarli darajada to‘g‘rilaydi. Masalan, dastlabki xato 30—50 mkm bo‘lsa, ishlovdan so‘ng 10 mkm gacha kamayadi; 2,5—5 mkm gacha to‘g‘rilashi mumkin; yuza g‘adirbudurligini GOST 2789-73 bo‘yicha taxminan uch klass pasaytiradi.
Tashqi silindr yuzalarni silliqlashda 24A40SM1-S2 rusumli jilvir g‘ildirak keng qo‘llanadi, chunki uni ish jarayonida mayda donali g‘ildiraklarga qaraganda kam yog‘ bosib ketadi.
Yupqa silliqlash ko‘pincha tashqi yuzalar uchun qo‘llanadi. Teshiklarga yuqori aniqlik bilan ishlov berishda tejamliroq usullar (yupqa qirish, yupqa razvyortkalash, xoninglash va sh.k.) qo‘llanadi. Qiruvchi g‘ildirakni vaqti-vaqti bilan to‘g‘rilab tur ish va muvozanatlashga katta e’tibor beriladi. G‘ildirak aylanib turgan paytda (ishlashdagi tezlikka yaqin) stroboskopik qurilma yordamida statik muvozanatlash yaxshi natijalar beradi.
G‘ildirakni to‘g‘rilash bilan uning ishchi yuzasi shakli va mikroprofili, kesish qobiliyati tiklanadi. To‘g‘rilash maxsus qisqichga o‘rnatilgan olmos donasi, olmos qalam, olmos g‘o‘lacha yoki olmos plastina yordamida amalga oshiriladi. Yirik guruhli va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida avtomatlar yordamida to‘g‘rilanadi. G‘ildirakni olmos bilan to‘g‘rilashda ko‘ndalang surilish bir martasiga 0,05—0,01 mm bo‘ladi.
Yupqa silliqlash jarayoni sovituvchi suyuqlikni ko‘p talab qiladi. Bundan tashqari, suyuqlik yaxshi filtrlangan bo‘lishi kerak, aks holda g‘ildirak zarrasi yoki metall qirindisi ishlov mintaqasiga tushib qolishi mumkin. Yirik guruhli va yalpi ishlab chiqarishda yupqa silliqlash yarimavtomat va avtomat tarzda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |