1 Umumiy ma’lumotlar


Sanoat binolarining konstruksiyalari



Download 1,82 Mb.
bet5/5
Sana30.04.2022
Hajmi1,82 Mb.
#600162
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу БТБ номенклатураси

1.4. Sanoat binolarining konstruksiyalari
Bir qavatli sanoat binolarini nomenklaturasi va bir hamda ko‘p oraliqli turli balandlikdagi (3,6-18m) binolarning yuk ko‘truvchi devor elementlari konstruksiyalaridan iborat. Buday binolar kransiz yoki ko‘prik kranlari, osma kran-balka bilan jixozlangan, fonarsiz va fonarli hamda bu binolarni tomi qiyali yoki tekis bo‘lishi mumkin. Alohida turuvchi fundamentlarda tashqi va ichki devorlar ostida fundament balkalari ishlatiladi (1.7 - rasm); kolonnalar oralig‘i (qadami) 6 va 12 m; balkalarni uzunligi tegishli ravishda 4,3-5,95 m va 10,2-11,96 m. Birinchi guruh balkalar kesimi tavr yoki trapetsiya ko‘rinishda (1.7, a,b-rasm) bo‘lib, balandligi 300 va 450 mm, og‘irligi 2t gacha, ularni M200 va M300 markali betondan agregat-potok usulida tayyorlanadi va A-I hamda A-III klassli po‘lat karkaslar bilan armaturalanadi. Ikkinchi guruh balkalar trapetsiya ko‘rinishdagi kesimda bo‘lib, balandligi 400-600 mm, massasi 5,5 t gacha, M400 markali betondan, A-IV va A-V klassli zo‘riqtirilgan po‘lat armatura bilan armaturalanadi, ularni qisqa zo‘riqtirilgan stendlarda tayyorlanadi.
Kolonnalar (1.8-rasm) – bir qavatli sanoat binolarini yig‘ma karkaslarini asosiy elementlari. Bino balandligi poldan stropila fermasini ostigacha 10,8 m bo‘lganda va bino kransiz, osma kran va ko‘prik kranlari bilan jixozlanganda massasi 12,4 t gacha, kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli kolonnalar ishlatiladi. Bunday kolonnalarni uzunligi 4,5 – 11,8 m, kranlarni yuk ko‘tarish qobiliyati 10-20 t bo‘lganda kolonnalarni maksimal kesimi: 400x600, 400x800 va 500x800 mm; ularni M200-M500 markali betondan tayoyorlanadi.
Ko‘prik kranlarini yuk ko‘tarish qobiliyati 50t gacha bo‘lgan, balandligi 10,8 m dan 18 m gacha bo‘lgan sanoat binolarida ikki tayanchli kolonnalar ishlatiladi, ularni 11,85-19,35 m, kran osti qismini kesimi 400x1000 – 600x1900 mm ni takil etadi. Bunday kolonnalar M300-M500 markali betondan tayyorlanadi va A-I va A-III klassli po‘lat sterjenli armatura bilan armaturalanadi.
YUqorida qayd etilgan kolonnalarning namunaviy konstruksiyalaridan tashqari samaraliroq kesimdagilari ishlab chiqariladi – ikki tavrli, doiraviy (markazdan qochirma usulida tayyorlanadi), hamda oldindan zo‘riqtirilgan armaturali kesimi boshqa shakllardagi.
Kran osti to‘sinlari M400-M500 va M600 markali oldindan zo‘riqtirilgan betondan tayyorlanib, kolonnalar oralig‘i 6 va 12 m bo‘lganda uzunligi 5,95 va 11,95 m li balkalar tayyorlanadi. YUk ko‘tarish qobiliyati 5, 10, 20 va 30 t li ko‘prik kranlarini ishlashi uchun, oraligi 6 m va tavr kesimli bo‘lganda, balandligi 800 mm, eni 600 mm va qalinligi 120 mm li balkalar ishlatiladi. Qovurg‘asini qalinligi pastda 200 mm, yuqorida 250 mm, tayanish qismida qovurg‘a 300 mm gacha qalinlashadi, betonning markasi M400-M500, po‘lat sterjenli yoki kanatli zo‘riqtirilgan armatura qo‘llaniladi.
12 m li oraliqlar uchun balkalar M500-M600 markali betondan tayyorlanadi, balandligi 1200 mm, yuqori yuzasining eni 650 mm va qalinligi 160 mm dvutavr kesimli, devor qalinligi 140 mm, pastki yuzasining eni 340 mm. Kran osti relslarini mahkamlash uchun balka yuzalarining har 750 mm da teshiklar qoldirilgan. Teshiklar ichiga metall trubkalar o‘rnashtiriladi. Trolleylarni (tokli kabelni ilish uchun sim) osish uchun balkalarni qovurg‘alarida teshiklar qoldiriladi.
Kran osti balkalari agregat-potok yoki stend usullarida tayyorlanadi. Storopil va storopil osti fermalari oralig‘i 18 va 24 m bo‘lgan binolarni yopish uchun mo‘ljallangan. Storopil fermalar 2 ko‘rinishdagi –yuqori belbog‘i singan ko‘rinishdagi segmentli qiya sinch va yuqori belbog‘i arka ko‘rinishidagi sinchsiz turlari bo‘ladi. 18 m oraliq uchun fermaning umumiy balandligi 2,74-3 m, uzunligi 17,94 m, belbog‘ kengligi 240-300 mm. 24 m oraliq uchun umumiy balandlik 3,3-3,4 m , uzunligi 23,94 m va belbog‘ kengligi 240-350 mm bo‘ladi. Kolonna oralig‘i 12 m uchun qiya sinchli storopila osti fermalari qo‘llaniladi, ular trapetsiya ko‘rinishiga ega va belbog‘ kengligi 550 mm, qiya va tekis tomli binolarda uzunligi 11,95 m stropil fermani o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Hamma fermalarning pastki belbog‘i uchun oldindan zo‘riqtirilgan A-IV klassga mansub sterjenli armatura va A-V yoki simli (kanat) armatura qo‘llaniladi. Fermaning qolgan elementlarini A-I va A-III klassga mansub sterjenli po‘latdan payvandlangan karkaslar bilan armaturalanadi. Fermalarni tayyorlash uchun M400-M600 markali betondan foydalaniladi, ularni stend yoki kuchlantirilgan qoliplarda tayyorlanadi. Stropil va stropil osti to‘sinlari kolonna qadami 6m va oralig‘i 6,9,12 va 18m li ishlab chiqarish binolarini yopish uchun qo‘llaniladi. Kolonna to‘ri 18x12 m li uchun uzunligi 12m li stropil osti to‘sinlari qo‘llaniladi. Oralig‘i 6 va 9m bo‘lganda balandligi 400-800mm va yuqori belbog‘ini kengligi 30sm li ikki nishabli tavr kesimidagi to‘sinlar qo‘llaniladi.
Oralig‘i 12 va 18m li ishlab chiqarish binolari uchun devori teshikli, kesimi to‘g‘ri burchakli oldindan zo‘riqtirilgan panjarali va kesimi ikki tavrli devori yaxlit to‘sinlar qo‘llaniladi. To‘sin tayanchini balandligi 800mm, yuqori belbog‘ qiyaligi 1:12, uning kengligi 200-280mm. To‘sinlar stendda yoki kuchlantirilgan qoliplarda M400 va M500 markali betondan tayyorlanadi va sterjenli yoki simli armatura bilan armaturalanadi.
Temir-beton qoburg‘ali plitalar sanoat binolarining nishab va tekis tomlarini yopishda qo‘llaniladi.
Tipovoy plitalar 3 x 12m, vazni 7,1 tonnagacha va 3 x 6m, vazni 2,7 tonnagacha hamda 1,5x12m, 1,5x6m nishtalar ishlab chiqariladi. Tipovoy plitalar II ko‘rinishidagi kesimga ega va ko‘ndalang, bo‘ylama qoburg‘alardan iborat va ular bilan qalinligi 30mm yassi tokcha bilan monolit bog‘langan. Bo‘ylama qoburg‘alar 300 va 450mm balandlikka ega, uzunligi 6 va 12m plitalarga mos, ko‘ndalang qoburg‘alar 150mm balandlikka ega, va ularni 1-1,5m oralatib joylashtiriladi. Ba’zan plita tokchalarida suv oqizuvchi kolonkalarni joylashtirish, ventilyasiya shaxtasi, fonarlar uchun teshiklar qoldiriladi. YOpish plitalarini M250-M400 markali betondan agregat – potok va konveyer usulida tayyorlanadi. Tokcha va ko‘ndalang qoburg‘alarni A-III va Vr- I klassga mansub po‘latdan payvandlangan to‘r va karkaslar bilan armaturalanadi, bo‘ylama qoburg‘alarni esa A-IV, A-V, At-VI klassga mansub oldindan zo‘riqtirilgan sterjenli po‘latdan tayyorlanadi. “Oraliq uchun” o‘lchamlari 3 x 18 va 3 x 24m li samarali plitalar qo‘llanishi keng ko‘lamda tarqalib bormoqda.
SHuningdek, ular ikki turda: qubbali KJS turidagi qobiq-plitalar va kam nishabli tekis tokchali P turidagi plitalar bo‘lishi mumkin. KJS plitalari 30mm qalinlikdagi tekis tokchalardan iborat bo‘lib bo‘ylama qoburg‘alari – kessonlardir.
P turdagi plitalar ham 30mm qalinlikka ega, faqat tekis bo‘lmay, xar 1 – 1,5 m dan keyin ko‘ndalang qoburg‘alarga bo‘lingan holda bajarilgan. P- ko‘rinishdagi plitalarni bo‘ylama qovurg‘alari kessonlar bilan bajarilgan. Bunday plitalar M400 va M500 markali betonlardan quyiladi.
Kolonnalarni oralig‘i 6m bo‘lgan isitiladigan binolar devor panellari, bir qatlamli engil va g‘ovak beton plitalardan iborat bo‘lib, uzunligi 6 m, kengligi 0,9 – 1,8m va qalinligi 160 – 300 mm dan iborat. Isitilmaydigan binolarda plitalar o‘lchovi xuddi isitiladigan binolarnikiday, qalinligi 70mm; kolonna oralig‘i 12m, bo‘lganda vazni 4,5 tonnagacha, o‘lchamlari 1,2 x 12, 1,8 x 12 va 2,4 x 12m, bo‘ylama qovurg‘aning balandligi 300mm, ko‘ndalang qovurg‘ani balandligi 130 mm, tokchaning qalinligi 30mmli oldindan zo‘riqtirilgan qovurg‘asimon plita ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Panellarni A – I va A – III klassga sinfga mansub sterjenli karkas yoki to‘r bilan armaturalanadi. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni A-IV va A-V klassga mansub po‘lat bilan armaturalanadi.
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun tipovoy temir-beton konstruksiyalar nomentklaturasi karkas elementlari, to‘sinli va to‘sinsiz orayopmalardan iborat.
To‘sinli orayopmali binolarda to‘g‘ri burchakli kesimdagi 400 x 400 va 500 x 500mm o‘lchovli kolonnalar keng qo‘llaniladi. Kolonna uzunligi qavat balandligiga bog‘liq va 3,6-7,2m da bo‘lib, ayrim xollarda yuqori qavatlarni balandligi 10,8m ga etadi. Kolonnani uzunligi binolarni pastki qavatlari uchun ikki qavatga tayyorlanadi, qavat balandligi 3,6 m gacha bo‘lgan binolar uchun 3 qavatga bajariladi. Kolonna uzunligi 15m ga etadi. Kolonnalar M300-M500 markali betondan tayyorlanadi, ularni payvandlangan A-III klassga mansub po‘lat karkaslar bilan armaturalanadi. Ko‘ndalang ramani rigellari to‘g‘ri burchak va tavrli kesimga ega. Kolonnalar to‘riga binoan (6x6, 9x6 va 12x6m). Rigel uzunligi 4,98-11,48m ni tashkil qiladi. Rigellarni M200-M500 markali betondan ishlab chiqariladi, kolonna to‘g‘ri 6x6m bo‘lganda rigellar zo‘riqtirilmagan A-III klassga gamansub po‘lat sterjenli armatura bilan armaturalanadi. Ko‘p qavatli binolar elementlari nomenklaturasiga zinapoyalar, zinapoya supalari va to‘sinlari, hamda asbob-uskuna o‘rnatish uchun mo‘ljallangan mahsus to‘sinlar kiradi.
To‘sinsiz orayopmalar ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolarida qo‘llaniladi, qaysiki silliq shiplar talab qilinadi. Bunday binolar karkasi kolonnalardan, ustun qoshidan, kolonna usti va oraliq plitalar va perimetri bo‘yicha tayangan oraliq plitalardan tashkil topgan.
Kolonnalar 400x400, 500x500 va 600x600 mm kvadrat kesimga ega, kolonnalarda kapitellarni o‘rnatish uchun to‘rt tomondan konsollar chiqariladi. Kolonnalar uzunligi qavat balandligiga bog‘liq va 3,8-7,63m bo‘ladi.
Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish