kristallar hosil bo’ladi. Bu zona qalinligi eritma xiliga, to’yinganlik
darajasiga,
tomchi o’lchamiga va sovish tezligiga bog’liq. Bu zonadan o’zak tomon
tomchining sovish tezligi pasayishi sababli hosil bo’ladigan «tug’ma» markazlar
kam bo’ladi. Buning oqibatida birinchi zonaga tik ravishda cho’zilgan –
cho‘zinchoq kristallar qatlami hosil bo‘ladi. Shuni qayd etish lozimki,
donlar
o‘lchami faqatgina hosil bo’lgan «tug’ma» kristallanish markazlarga bog’liq bo’lib
qolmay, balki metallda erimay qolgan oksidlar, nitridlar, sulfidlar va boshqa
qo’shimchalar miqdoriga ham bog’liq.
Po‘lat quymalarning kristallanish jarayonini kuzatish shuni ko‘rsatadiki,
qolipga quyilgan metall uning sovuq devorlariga tegishida o‘ta sovib, ko‘p
«tug‘ma» kristallanish markazlar hosil bo’lishi sababli, uning sirtida mayda donli,
teng o‘qli kristallar zonasi hosil bo’ladi. Bu davrda metallning kirishishi va metall
qolipning qizib kengayishi oqibatida ular orasida havo bo’shliq hosil bo’ladi.
Natijada metallning sovish tezligi pasayadi. Buning
oqibatida quyma markaziga
qarab cho’zilgan kristallar zonasi hosil bo’ladi va kristallanish pirovardida
yuqoridagi sabablarga ko’ra, yirik donli zona hosil bo’ladi. Ma’lumki, suyuq
metallda erimagan gazlar tufayli gaz g’ovaklari, kimyoviy tarkib notekisliklari ham
bo’ladi. 4-rasmda sxematik tarzida qaynamaydigan po’lat quymasining bo’ylama
va ko’ndalang kesimi qirqimi va unda hosil bo’lgan kristallar zonalari,
kirishuv
bo’shliqlari va gaz g’ovaklari ko’rsatilgan. Metallarda tuz eritmalardan farqli
ravishda oz bo’lsa ham begona qo’shimchalar, erigan gazlar va boshqalar bo’lishi
quyma xossasiga putur yetkazadi. Umumiy holda, birlik hajmdagi donlar sonini
quyidagicha ifodalash mumkin:
bu yerda: ƒ - mutanosiblik koeffitsienti;
K.T.
- kristallarning chiziqli o’sish tezligi, mm/s.
M.S.
- vaqt birligida hajmda hosil bo’lgan kristallanish markazlar soni, mm
3
/s.
Modifikatorlar ta’sirini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularning ba’zilari
qo’shimcha kristallanish
markazlari hosil qilsa, boshqalari suyuq metallda
erib, kristallar sirtiga yupqa parda berib o’sishiga to’siq bo’lib, mayda donli
qotishmalar olishga ko’maklashadi. Agar kuzatilgan tuz eritmasi
tuzilishining qaynamaydigan, sifatli
quyma tuzilishiga taqqoslasak, ularning
o’xshashligiga ishonch hosil etamiz. 1- jadval tuz eritmalarining birlamchi
kristallanish natijalari bilan to’ldiriladi.
Metallarning suyuq hоlidan qattiq hоliga o`tishiga
kristallanish
deb aytiladi,
buning natijasida kristall panjara hоsil bo`lib va kristall dоnachalar qabul qiladi.