29-variant
Mentalitetning mohiyati, tuzilishi, vazifalari va dinamikasi aniqlang.
MENTALITET (lot. mentalis — akliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruxga xos aqliy qobiliyat darajasi, maʼnaviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning Mentaliteti ularning oʻziga xos tarixiy anʼanalari, urf-odatlari, diniy eʼtiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning Mentaliteti uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va b. bir qancha omillar bilan bogʻlangan boʻladi. Mac, oʻzbek millati Mentalitet ining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Oʻzbek xalqi insoniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning Mentaliteti, akliy qobiliyati oʻtkirlashib borgan. Ammo 16—20-a. lar oraligʻida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini boshidan kechirganligi tufayli milliy Mentalitet iga jiddiy putur yetdi. Mustaqillik mafkurasi oldida oʻzbek xalqining haqiqiy Mentalitet ini tiklash vazifasi turibdi.
Jamiyat ma’naviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan biri mentalitet va ma’naviy qadriyatlardir.
Mentalitet (lot.––mens– aql, tafakkur, fikr yuritish tarzi, fikrlash usuli, kishi ruhiyati tarzi) individual va ijtimoiy ongning ichki qatlamlarida joylashgan bo‘lib, ongsizlikni ham qamrab oladi. Mentalitet– muayyan tayyorgarlik, yo‘l–yo‘riq va moyillik asosida individ yoki ijtimoiy guruhlarni ish tutish usuli, fikr yuritish, dunyoni idrok va fahmlashning ma’lum tarzidir.
Mentalitet an’ana, madaniyat, ijtimoiy sistemalar va inson yashash muhiti bilan bog‘langan holda, shakllanadi va o‘z navbatida, ularning shakllanishiga ta’sirini o‘tkazadi.
XIXasr ratsionalizmi ongni bilimga va aqlga tenglashtiradi. XXasr gumanitaristikasi ushbu holatni tuzatish, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun mentalitet tushunchasini kiritadi va uni rivojlantiradi.
Mazkur tushuncha, Yevropatsentrizmni va tarixiy rivojlanish haqidagi progressistik nuqtai nazarlarni rad etuvchi, ma’naviy sharoitda shakllanadi. Insoni ijtimoiy guruhlarga va tarixiy jamoalarga birlashish sababini uning ichki dunyosining doimo barqaror kayfiyatliligidan kelib chiqib, mentalitet gumanitar bilimlarning taxlil qilish va tushuntirish vazifasini bajaradi. Konkret tadqiqotlarda milliy, totalitar, Yevropa, afrika, byurakratik va boshqa mentalitet turlari bor.
Insonning mentaliteti,ilk bor ijtimoiy–madaniy an’analardan va xalqning tarixiy qadriyatlari asosida shakllanadi.
Uning xususiyatlaridan biri – inertlilidir. Ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy shart–sharoitlarning o‘zgarishlariga nisbatan mentalitetning o‘zgarishi sustroq bo‘ladi.
Mentalitet tushunchasini R.Emerson, Levi–Bryul, J.Lefevra, L.Fevra kabi olimlar, o‘z nuqtai nazarlari asosida, yoritib berganlar.
Mentalitetning turli xil modellari, konsepsiyalari gumanitar bilimni o‘rganish uchun yangicha metodologik asoslarni yaratib berdi va fanlararo munosabatga asoslangan yangi yo‘nalishlarni barpo etishga asos bo‘ldi.
Har bir davrning ijtimoiy taraqqiyot darajasi va ichki mazmuni eng avvalo ikkita chuqur ma’noga ega bo‘lgan tushuncha orqali namoyon bo‘ladi. Bularning biri xalqning mentaliteti bo‘lsa, ikkinchisi uning turmush tarzidir. Mentalitet va turmush tarzi tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, mentalitet turmush tarzida o‘z ifodasini topadi, turmush tarzi mentalitetni shakllantiradi
2. Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish mezonlarini belgilang.
Oliy o‘quv yurtlari talabalarida axloqiy qadriyatlarni shakllan-tirishning psixologik-peda-gogik xususiyatlarini kengay-tirish uchun Ijtimoiy va Fuqa-rolik rivojlantirish Deporta-menti huzurida yoshlar siyosati bo’limi ochildi.
Yoshlar siyosati bo’limi talaba-lar o’rtasida milliy va umumin-soniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, jismoniy sog’lom, aq-lan va ma’nan yetuk yoshlarni tarbiyalash va har tomonlama ma’naviy-axloqiy tarbiya das-turini ishlab chiqish orqali in-son huquqlari va qadr-qimma-tini hurmat qilishni targ’ib etishga qaratilgan.
Yoshlar siyosati bo’limi O’zbe-kiston Respublikasi Konstitut-siyasi va qonunlariga, O’zbe-kiston Respublikasi Prezidenti-ning farmonlari, qarorlari, O’z-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-ning buyruqlari, shuningdek, universitetning ichki qoidalari va bo’lim Nizomiga muvofiq ish olib boradi.
Yoshlar siyosati bo’limining asosiy maqsadi – talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy qarashlarini mustahkamlash, tafakkurini turli xil salbiy ta’sirlardan himoya qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari
• talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida O’zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari sifatida shakllantirish;
• mamlakat oldidagi fuqarolik, javobgarlikka safarbarlik hissini shakllantirish;
• talabalarda javobgarlik hissini oshirish;
• talabaning shaxs sifatida individual xususiyatlarini shakllantirish va takomillashtirish;
• talabalarga ijtimoiy faollik, tadbirkorlik, ta’lim, kasbga hurmat va ijtimoiy mas’uliyatni keng targ’ib qilish;
• talabalarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini, tanqidiy va tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish;
• talabalar uchun salbiy his-tuyg’ular: adolatsizlik, dangasalik, mahalliylikning salbiy oqibatlari haqida keng targ’ibot ishlarini olib borish;
• talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy va ijodiy faoliyatni tashkil etish;
• amalga oshirilgan ma’naviy-axloqiy va ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish.
3. Pedagog kasbiy faoliyatida muloqot va munonosabat madaniyati.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. SHu boisdan hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar hatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb qilish;
- muloqot ob’ekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak?
Har bir o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri, omilkor axborot uzatish va unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi.O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham, o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo‘lishi tabiiy hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar jamoasida sodir bo‘ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon bo‘ladigan tipik hodisa. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar o‘qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |