22-variant
Ma’rifat, bilim, madaniyat, ma’naviyatning kasbiy faoliyat bilan uyg‘unligi masalalari.
Marifat tushunchasi bilish,bilim,ma’lumot,tanish,tanishish manolarini bildiradi.Umuman,uning lug’aviy manosi bilimdir.Atama sifatida esa u ta’biyat,jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar ,ma’lumotlar majmuasini bildiradi .Ma’rIfat degani bilimli ,muayyan sohada ma’lumoti bor ,degani bo’lib,insonparvarlik ma’naviyati zaminidagina o’z mohiyatiga ega bo’ladi.Kishilarning bilimini, madaniyati oshirishga qaratilgan ta’lim –tarbiyaga ham ma’rifat deb ham qaraladi.Bu so’z ilm-u urfon ma’nolarida ham ishlatiladi.
Ma’rifat –kishilarning ong –bilimini ,madanyatini oshirishga qaratilgan ta’lim –tarbiya ,maorif hamdir.Maorif umumiy va o’rta mahsus ta’lim beruvchi maktab va o’quv yurtlari tarmoqlarini qamrab oladi.
Ma’rfat tushunchasi kengroq bo’lib ,blim va ma’naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o’zida uyishtirgan.Lekin ma’naviyat bilan ma’rifat,maorif tushichalarini izoxlaganda,ular o’rtasiga “Xitoy devori” ni qo’yib ham bo’lmaydi,ya’ni ular bir-birini to’ldiruvchi,mukammallashtiruvchi tushichalardir.
O`zbekiston Respublikasioning birinchi Prezidenti I.Karimov “…Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash,ta’lim va maorifni yuksaltirish,milliy uyg’onish g’oyasini ro’yabga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetqazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi “ ,deya ta’kidlab, “bizga bitiruvchilar emas ,maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan shahslar kerak “ligini aytgan edilar.
Demak ,ma’danyat so’zi ,tushunchasi ham ma’rifat sigari ma’naviyatni mukammallashtirishga xizmat qiladi va bir-birini to’ldiruvchi , boyituvchi, shaxsning komil inson bo’lib voyaga yetishivudagi asosiy shartlardan biridir .Ma’naviy nur ,ma’naviyatli shaxs –dilida haqiqat nuri aks etgan,o’zligini anglagan ,o’zining borliqdagi o’rni va vazfasini tushinib yetgan ,haqiqat oldidagi o’z maqomiga loyiq bo’lish va burchini ijro etish mas’ulyatini zimmasiga ola biladigan inondir.Millat ma’naviyatini tarixiy shakillangan o’z qiyofasiga ega ,shu bilan birga ,mohiyatan umumbashariy qadiryatlarga also zid emas ,balki muvofiqdir.
Jahon madanyati silizatsiyasiga buyuk hissa qo’shgan O’rta Osiyolik allomalar ,islom olamidagi buyuk zodlar bilim masalasiga jiddiy e’tibor berib qaraganlar.Komil insonni tarbiyalashning birdan-bir yo’li ana shu bilimda, deb bilganlar.Bu haqda ko’plab ma’lumotlar keltirish mumkin.
Ilm kishilarga naf keltirish lozim.Olimlar bu yo’lda rahnoma bo’lishi kerak.Hadislarda ilmnli kishi mevali daraxtlarga o’xshatiladi .Ilm-bu ma’rifat ,fazilat. Ilmsiz mamlakatda fitnalar kuchayadi,qotillik avcj oladi.
Umuman,islomda ilm fanni egallash,ma’rifatli bo’lish juda savobli ish ekani qayta-qaytata’kidlanadi .Beshikdan to qabirgacha ilm izlash lozimligi qayt qilinishining o’zi katta tarbiyaviy ahamyatga ega .
MuhammatXorazmiy,Ahmad Farg’oniy ,Abu NasrFarobiy ,Beruniy,Ibn Sino ,Imom al-Buxoriy ,Imom at-Termiziy ,Abu Yazid Tayfur al-Bistomiy,Imom G’azzoliy ,Mahmud Koshg’ariy,Yusuf Xos Hojib, Ahmat Yassaviy ,Yusuf Hamadoniy ,Xo’ja Abdulxoliq G’ijdivoniy ,Bahoudun Naqishbandiy ,Mirzo Ulug’bek ,Ali Qushchi ,Mirzo Bobur ,Alisher Navoiy, Behbudiy ,Munavvar Qori kabi ulug’zotlar hayot tarzi, ilm uchun fidoyiligi ,e’tiqodining pokligi bilan barchaga ibrat bo’lgamligini bilib olish mumkin .Demak,diniy va dunyoviy ma’rifatni jam qilgan,ana shu ikki ilmni egallagan kishining ikki dunyosi oboddir
2. O‘z-o‘zini anglash va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishning bog‘liqligi qanday?
Madaniyatga moslashish jarayonida har bir inson bir vaqtning o‘zida ikki asosiy masalani – o‘zining madaniy xususiyatlarini saqlash hamda o‘zga madaniyatga aralashishni hal etishi lozim bo‘ladi. Mazkur masalalar yechimi uchun madaniyatga moslashishning to‘rtta asosiy strategiyasi beriladi:
Assimilyatsiya – madaniyatga moslashishning varianti bo‘lib, bunda kishi o‘z madaniyatining qadriyat va me’yorlaridan voz kechib, o‘zga madaniyatning qadriyat va me’yorlarini to‘laligicha qabul qiladi.
Separatsiya – o‘z madaniyatining xususiyatlarini saqlagani holda, o‘zga madaniyatni rad etishi. Bunday holatlarda hukmron bo‘lmagan guruhlarning vakillari hukmron madaniyatdan u yoki bu darjada uzoqroq turishni ma’qul ko‘rishadi. Marginalizatsiya – bir tarafdan o‘z madaniyati xususiyatlarini yo‘qotish va boshqa tarafdan ko‘pchilik, ya’ni o‘zga madanayat xususiyatlarining mavjud emasligini anglaatadi. Bunday vaziyat o‘ziga xos xususiyatlarni saqlab qolish imkoniyati bo‘lmagan (odatda qandaydir tashqi ta’sirlar sababli) va yangi xususiyatlarni o‘zlashtirshga qiziqishning yo‘qligi tufayli yuzaga chiqadi. Integratsiya – ham eski, ham yangi madaniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Olimlar yaqin kunlargacha madaniyatga moslashishning eng yaxshi strategiyasi hokim madaniyat bilan to‘liq moslashadigan assimilyatsiya, deb hisoblashgan. Hozirgi kunda madaniyatga moslashishning maqsadi bimadaniyatli yoki multimadaniyatli shaxsni shakllantiruvchi madaniyatlar integratsiyasiga erishish sanaladi. Ilgari integrallashayotgan guruhlarning etnik xususiyatlarini saqlashi madaniyatga moslashishning murakkab jarayoni sifatida baholangaan bo‘lsa, bugungi kunda u qiyin jarayonni yumshatadigan ijobiy hodisa sifatida baholanmoqda. Bu ayniqsa, qochoq muhojirlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi madaniy sharoitlarga moslashish zarurati bilan muayyan muddatga xorijga chiqqan va o‘zga madaniyat bilan munosabatga kirishgan ishbilarmonlar, olimlar; chet ellarda ko‘p yillar yashagan talabalar; xorijiy shirkat vakillari; missionerlar; davlat rahbarlari, diplomatlar; boshqa davlatga doimiy yashash uchun ixtiyoriy yoki majburiy ravishda ko‘chib kelgan muhojirlar, qochoqlar va h.k. yangi jamiyat va madaniyatga shunchaki moslashishi emas, balki uning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi lozim. Odatda boshqa mamlakatga ko‘chishga va u yerdagi hayot sharoitiga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmagan qochoqlarga nisbatan ko‘chishni ixtiyor qilgan muhojirlar bunga yaxshi tayyorlangan bo‘ladi. Bunday murakkab jarayon oqibatida kishi ko‘proq yoki ozroq darajada yangi madaniy muhitga moslashishga erishadi.
3. Shaxsning intellektual rivojlanishida turli xil muloqot turlari qanday rol o‘ynaydi?
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.
Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.
Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir.
Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq.
Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.
Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi.
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |