Zahiriddin Muhammad Bobur ( 1483 yil 14 mart Andijon sh. – 1530 yil 26-dekabr Hindistonning Agra sh.) – o‘zbek klassik adabiyotining yirik vakili, tarixchi, sayyoh-olim, temuriylar sulolasi vakili. «Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi» deb nomlangan Hind davlatining, aslida Boburiylar davlatining asoschisi bo‘lgan. Bobur o‘zining mashhur «Bobirnoma» ensiklopedik asarida 15 asrning ikkinchi yarmi va 16 asrning birinchi yarmida Movarounnaxr, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston hamda Hindiston tarixi, madaniyati va tabiati haqida juda boy ilmiy ma’lumotlar keltiradi, bu albatta ushbu yurtlarni bevosita Bobur tomonidan kezib chiqanidan dalolat beradi. (O‘zbek Sovet ensiklopediyasi, 2- tom)
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘rta Osiyoda qadimgi sayyohlik Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, IX-XI asrlarda sayyohlik tufayli, kishilar bilimini oshiradigan turizmning ilmiy turiga asos solingan va ziyoratchilik keng rivojlangan edi.
Rossiya davlati ham mashhur sayohatchilarga boy. Hujjatlar bilan tasdiqlangan eng qadimgi sayohatchilardan biri Igumen Danill 1065 yilda Afon Muqaddas yerga ziyorat qilgani borgan va safar davomida ko‘rgan xalqlar va yerlar haqida batafsil yozib qoldirgan. 1471-1474 yillarda Eron va Hindistonga sayohat qilgan Afanasiy Nikitin «Uch dengiz osha sayohat» nomli ajoyib asar bitgan. Keyinrok, mashhur sayohatchilar N. N. Mikluxo-Maklay (1846-1888), N. M. Perjevalskiy (1839-1888), V. I. Bering (1681-1741) va boshqalar o‘z nomlarini sayohatchilar tarixida yozib qoldirganlar.
3.Sayohat va turizm (travel and tourism) - bir-biri bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki passiv ko‘ngil ochish, sport, atrof-muhitni anglash, savdo, fan, da’volanish va boshqa ko‘plab jihatlarni kamrab oladi. Birok, bunda har safar sayohatni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turuvchi o‘ziga xos harakat - insonning vaqtinchalik boshqa joyga, mamlakatga, qit’aga borishi, uning doimiy yashash joyidan uzoqlashishi mavjud bo‘ladi.
Sayohatlar ayrim shaxslar tomonidan alohida, yagona maqsad va qiziqishga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan ekspeditsiyalar, jumladan, harbiy ekspeditsiyalar tuzgan holda amalga oshirilib, ular tarkibiga yuzlab va xattoki minglab mutaxassislar, diplomatlar, migrantlar va ko‘chib yuruvchilar ham kiradi. Dengiz, havo va boshqa transport vositalari ekipajlari oylab o‘z uylarida bulmaydilar, shu tarika, ular uchun sayohat turmush tarzi, kunlik ish faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |