Sayohat tushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat’iy nazar zamon va makonda ko‘chib yurishni anglatadi hamda sayyohatchilarning turmush tarzi bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘p asrlik tarixdan ma’lumki, insonga savdoni rivojlantirish, yangi yerlarni ochish va o‘zlashtirish, resurslar va yangi transport yo‘llarini izlab topish maqsadida jahon bo‘ylab sayohat qilish xos bo‘lgan. Sivilizatsiyamizning rivojlanishiga ajratilgan vaqt unchalik katta bo‘lmay, besh ming yilga yaqin davr bilan belgilanadi, biroq bizgacha faqat yaqin o‘tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya va tasvirlargina saqlanib qolgan. O‘tmishdan bizga yangi qit’a va yerlarni, xalqlar va tabiiy xodisalarni ochgan, o‘ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan buyuk sayohatchilarning nomlari ma’lum.
Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik
Eng qadimgi sayohatchilar qatoriga avvalo savdogarlar va ziyoratchilarni – (piligrim) kiritishimiz aniq. Yangi yer va resurslarga egalik qilish va savdo qilish istagi insoniyatni boshqa joylar, hududlar, mamlakatlar va xattoki qit’alar tomon undagan. Mashhur grek tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi V-asrda barcha ma’lum va mashhur sayohat va ixtirolarni tasvirlab bergan. Fransuz tadqiqotchisi va geograf olim Pifey (kelib chiqishi Massallik - hozirgi Marsel, Fransiya), eramizdan avvalgi 320 yilda usha vaqtlarda akl bovar kilmagan tarzda butun Yevropa bo‘ylab sayohat qilgan, Britaniya orollarini aylanib o‘tib, Norvegiya va Islandiyagacha yetib borgani taxmin qilinadi. U «Okean haqida» (On the Ocean) deb nomlangan ajoyib asarni yozib qoldirgan bo‘lib, unda ko‘plab geografik yangiliklar va ixtirolar tasvirlab berilgan.
Qadimgi Rim tarixiga va odatlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.
Amerika qit’asining bir necha marta ochilishi va o‘zlashtirilishi, 900-1100 yillarda Islandiya va Grenlandiyaning o‘zlashtirilishini alohida qayd etish joiz. Kolumbdan ham avval jasur vikinglar Grenlandiyaga va xattoki Amerika qit’asiga yetib borganlar va u yerda koloniyalarga asos solganlar. Ularning yashagan makonlari hozirda topilgan bo‘lib, xattoki ba’zi kolonistlarning ismlari ham aniqlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ushbu ekspeditsiyalarga 982 yilda irlandiyalik Erik Rijiy boshchilik qilgan. «Buyuk Ipak yo‘li» kabi boshqa mashhur yo‘nalishlar ham qadimgi sayohatlarning aynan savdo maqsadlariga asoslanishidan darak beradi.
Sayohatlarning rivojlanishiga ziyoratchilar ham munosib hissa qo‘shganlar. Turli din vakillari bo‘lgan ziyoratchilar o‘z dinlarini kengaytirish va mukaddas joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzundan-uzoq va mashakkatli sayohatlarni amalga oshirganlar. Salb yurishlari o‘rta asrlarning mashhur xodisalari sifatida qayd etiladi. Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning asosini tashkil qilib, o‘z faoliyatiga ko‘ra, keng miqyosga ega hisoblanadi. Bunga misol tariqasida islom dini vakillarining muqaddas Makkayu Mukarrama shahriga xajga borishi yoki xristianlarning Kuddus shahriga ziyorat qilishlarini keltirib o‘tish kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |