Tuproqning singdirish qobiliyatiga A.N.Sabanin (1847-1920) ning juda qiziqarli tadqiqotlari bag’ishlangan. A.N.Sabanin 1890 yildan 1920 yilgacha Moskva universitetining agronomiya kafedrasiga mudirlik qilgan. U 1906 yildan mustaqil kurs tuproqshunoslikni o’qiy boshlagan va 1909 yilda «Tuproqshunoslikning qisqacha kursi» deb nomlangan darslikni chop etgan. 1908 yilda u tuproqning singdirish qobiliyati to’g’risida maqola nashr ettirgan, unda tuproq singdirish qobiliyatini uchta tipga ajratgan: kimyoviy, fizikaviy va fiziko-kimyoviy tiplari. Ushbu klassifikasiya so’ngra K.N.Gedroys tomonidan rivojlantirilgan.Tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyatini o’rganish sohasidagi taqiqotlarning keyingi rivojlanishi haqli ravishda eng avvalo akademik K.N.Gedroys nomi bilan bog’liq.

K.K.Gedroys tuproq kimyosi taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo’shgan. Tuproq kimyosiga analizning fundamental asosini yaratgan buyuk agroximik tuproqshunos olimdir. U 1897 yilda Peterburg o’rmonchilik instituti, 1903 yilda esa ekstern tarzda Peterburg universitetini tamomlab, har tomonlama bilim oldi. Birinchi ilmiy ishni Peterburg o’rmonchilik institutida kafedra va kimyo laboratoriyasining mudiri, yirik tuproqshunos P.S.Kossovich (1862-1915) rahbarligida bajardi. Ushbu ish tuproq namligi, temperaturasi va tuproq eritmasi konsentrasiyasining elektr usuli bilan aniqlashga bag’ishlangan edi.

1908 yildan boshlab K.K.Gedroys tuproqshunoslikda kolloid kimyo masalasiga bag’ishlangan qator ilmiy ishlarni chop etdi.