Yustus Fon Libix (1803-1873) nazariy va eksperimental tuproq kimyosi ning rivojlanishida juda katta hissa qo’shgan. Uning ishlari fizologik kimyo, biokimyo va agrokimyo kabi fanlarning rivojlanishiga katta ahamiyatga ega. Libix juda ko’p sonli o’simliklar analizini va qumli tuproqlarda kaliyli va fosforli tuzlarning madaniy o’simliklar rivojlanishiga ta’sirini o’rganish bo’yicha tajribalar o’tkazdi. Libix 1840 yilda nashr etilgan «Dehqonchilik va fiziologiyada organik kimyoning tadbiq etish» nomli kitobida, o’simliklar nafaqat uglerod, kislorod, vodorod va azotga muhtoj, bundan tashqari yana fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy, temir va hatto kremniyga ham muhtojdir deb ko’rsatadi. - Yustus Fon Libix (1803-1873) nazariy va eksperimental tuproq kimyosi ning rivojlanishida juda katta hissa qo’shgan. Uning ishlari fizologik kimyo, biokimyo va agrokimyo kabi fanlarning rivojlanishiga katta ahamiyatga ega. Libix juda ko’p sonli o’simliklar analizini va qumli tuproqlarda kaliyli va fosforli tuzlarning madaniy o’simliklar rivojlanishiga ta’sirini o’rganish bo’yicha tajribalar o’tkazdi. Libix 1840 yilda nashr etilgan «Dehqonchilik va fiziologiyada organik kimyoning tadbiq etish» nomli kitobida, o’simliklar nafaqat uglerod, kislorod, vodorod va azotga muhtoj, bundan tashqari yana fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy, temir va hatto kremniyga ham muhtojdir deb ko’rsatadi.
Agrokimyo masalalarini o’rganish bilan birga, Libix nazariy masalalarni yechish bilan chegaralanib qolmasdan, yana karbonat kaliy va natriylar qotishmasidan (eritmasidan) sun’iy o’g’it tayyorladi. Libixning ishlari o’simliklarga mineral oziqa elementlarining ularning tuproqdagi harakati qulayligi, haqidagi muammoning keyingi rivojiga va shu sababli tuproq –tuproq eritmasi sistemasidagi mineral komponentlarning kimyoviy muvozanati muammosiga ham ta’sir etdi. - Agrokimyo masalalarini o’rganish bilan birga, Libix nazariy masalalarni yechish bilan chegaralanib qolmasdan, yana karbonat kaliy va natriylar qotishmasidan (eritmasidan) sun’iy o’g’it tayyorladi. Libixning ishlari o’simliklarga mineral oziqa elementlarining ularning tuproqdagi harakati qulayligi, haqidagi muammoning keyingi rivojiga va shu sababli tuproq –tuproq eritmasi sistemasidagi mineral komponentlarning kimyoviy muvozanati muammosiga ham ta’sir etdi.
- X1X asr oxirida XX asr birinchi yarmida tuproq kimyosining rivojlanishi
- XIX asrning ikkinchi yarmida tuproqning kimyoviy xossalari va kimyoviy tavsifiga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Tuproqning kimyoviy xuusiyatlarini o’rganish ma’lumotlaridan genetik tuproqshunoslikning asoschisi V.V.Dokuchayev tuproqning paydo bo’lishi, ularning geografik tarqalish qonuniyatlari va samarali foydalanish kabi masalalarni yechishda keng foydalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |