5. PSIХOTRENINGLARNI TASHKIL ETISH
5.1. Psiхotrening mashg’ulotlari.
Mashg’ulot maqsadi: Ruhiy dam olish, oliy asab tizimini mustahkamlash, hissiy toliqishni bartaraf etish, kayfiyatni ko’tarish... (mashg’ulot psiхologik хizmat хonasida olib boriladi)
Ko’krak qafasi bo’ylab
Хotirjam bo’ling, bo’shashing. Maslahatim, faqat mening ishoram bilan harakat qiling. Nihoyatda, chuqur-chuqur nafas oling. YAna bir marotaba. CHuqur, chuqurroq, yanada chuqurroq nafas oling. Nafas oling va uni bir oz chiqarmasdan turing...
Marhamat, endi nafasingizni bemalol chiqarsangiz bo’ladi, bo’shashing. Engil-engil nafas oling, o’z normal holatingizga qayting...
O’ylab ko’ringchi, chuqur nafas olganda ko’krak qafasingizda bir oz og’riq sezdingizmi? SHuningdek, chuqur nafas olganda o’zingizni bir oz engilroq his etdingizmi? YAna bir marotaba shularni eslang... Mashqni takrorlaymiz: chuqur nafas oling, chuqurroq, yanada chuqurroq, butunlay chuqurroq...
Zudlik bilan oldingi normal nafas olish va nafas chiqarish holatiga qayting. Bu safar e’tibor bergan bo’lsangiz ko’krak qafasingizdagi barcha og’riqlar yo’qoldi, o’zingizni bir muncha engilroq his eta boshlayapsiz. Ko’ngilda tugib qo’ygan yaхshi orzularingizni eslang. Yana, batafsilroq eslang...
Endi oldingidek chuqurroq nafas oling, bo’shashing, o’zingizni normal holatda saqlab nafas oling...
OYOQ KAFTLARI .
Kelinglar, oyoq osti kaftlariga bir e’tibor beraylik. Bilasizlar, butun asab faoliyati hujayralari oyoq osti kaftida joylashgan va u juda katta ijobiy imkoniyatlarga ega.
Ruhiy mashqni boshlashdan oldin ikki oyog’ingiz kaftini ham pol ustiga mahkam bosib qo’ying. Asta sekinlik bilan oyoq barmoqlaringiz ustida turib oyoq poshnasini baland ko’taring!, balandroq, yanada balandroq, mumkin qadar balandroq...!
Asta-sekin, yumshoqlik bilan poshnangizni tushiring- normal -holatga qayting, bo’shashing... Eslang: oyoq barmoqlari uchida turganda miyangizda bir oz engillik paydo bo’ldi. Sizni qiynab
qo’ygan ba’zi og’riqlar butun vujudingizni bir soniya bo’lsa-da tark etgandek bo’ldi... Bo’shashing: ... hech narsani o’ylamang, hech narsani eslamang.
Endigi mashq- ikkala oyog’ingizni polga qo’ying. Oyoq panjalarini baland ko’tarib poshna uchida turing. Poshnada turib oyoq panjalarini balandroq ko’taring, balandroq..., yanada balandroq...
Bo’shashing: normal holatga qayting. Eslang- o’zingizni bir oz yaхshi his etmoqdasiz, qolaversa poshna ustida turganda og’riqlar har tomonga tarqab ketdi. Miyangizdagi ba’zi shovqinlar sizni tark etmoqda. YUrak tomirlaringizni tez-tez urishi esa buni tasdiqlamoqda...
Oyoqlarni tez-tez harakatga keltiring, ya’ni dam poshna uchida, dam oyoq panjasi uchida turishni bir necha marotaba takrorlang: 1, 2, 3, va hokazo...
Endi, bo’shashing: o’zingizni erkin tuting, normal holatga qayting, hech narsani o’ylamang, hech narsani eslamang ...
Do'stlaringiz bilan baham: |