1. trening va uning shaxs shakllanishidagi roli. Reja: Trening va uni tashkil etish. Trening o’tkazish uchun tavsiyalar


Psixologiya fanida tadqiqot metodlari amal qilinadigan asosiy nazariy printsiplari va psixologiya hal qiladigan konkret vazifalar



Download 0,6 Mb.
bet31/59
Sana08.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#112559
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
TRENING KITOB

4.5. Psixologiya fanida tadqiqot metodlari amal qilinadigan asosiy nazariy printsiplari va psixologiya hal qiladigan konkret vazifalar.

O’rganilayotgan predmet va xodisalar o’zaro aloqador, bir–birini taqozo etadi, doimo o’zgarishda, rivojlanishda, qarama–qarshi ziddiyatli jarayonlar mavjud deb qarashni tushunish zarurligidan kelib chiqadi.

Xozirgi zamon psixologiyasida fanning qanchalik kadimiyligiga qaramay qator xal qilinishi zarur muammolar, turli okimlar va olimlar tomonidan ilgari surilayotgan taxmin va farazlar–gipotezalar mavjuddir. Ba'zan bir–birini tuldiradigan,yoki birini ikkinchisi inkor etadigan kontseptsiyalar va nazariyalar ham bor. Bu singari turli muammo va qarashlarni to’g’ri anglab

etish xozirgi zamon psixologiyasining asosiy printsiplarini– determinizm, ong va faoliyat birligi, psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi printsiplariga suyangan xolda ilmiy tadqiqotlar olib borilishiga boglik xal qilinadi. Xozirgi vaqtda psixologiyada XIX asrda vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizlari kadimgi yunon madaniyati tarixiga borib kadaladigan qator nazariyalar bor. Ularning eng ko’p tarkalganlari quyidagilardir: biogenetik nazariya (V. Shtern), sotsiogenetik nazariya (K. Levin), bixevioristik nazariya (E. Torndayk), psixoanaliz nazariyasi (Z. Freyd) va boshqalardir. Psixologiya muammolari turli soxalar bilan boglik bo’lishi bilan birga xozirgi kun uchun uta dolzarb vazifalarni xal qilish bilan ham boglik. Bo’lar jumlasiga eqologiya muammolari, zoopsixologiya va odamshunoslik muammolari, demografik va millatlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muammolari bilan boglik psixologik muammolarni ko’rsatish mumkin. Bo’lardan tashkari moddiy ishlab chiqarishni ko’paytirish, mexnat samaradorligini oshirish, inson–inson, inson–texnika, er–inson, inson–iqlim munosabatlari, oila munosabatlari, o’z joniga kasd qilish, turli jinoyatchilik singarilar ham uta muhim bo’lganligidan psixologik tadqiqotlar orkali aniqlanadi va to’zatishlar kiritiladi. Psixologiyada inson psixikasini tadkik qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Har qanday psixologik tadqiqot o’z–o’zini tekshirish, boshqalardagi o’zgarish va rivojlanishni tekshirishdan iborat bo’ladi, shuning uchun ham bo’larni sub'ektiv va ob'ektiv tadqiqot metodlari deb aytish mumkin. Ammo, aylanib kelib, hammasi ham psixik jarayon, uning paydo bo’lishi va rivojlanishini tadkik qilishga xizmat qiladi, buni genetik metod desak bo’ladi. Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani o’rganishning ob'ektiv metodlaridan foydalanish asosiga kurilishi kerak. Xozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga nisbatan muhim talabi psixik faktlarini genetik (tarixiy) jixatdan o’rganish printsipiga amal qilishni takozo etadi.

Genetik printsipning moxiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan psixik xodisaga jarayon deb qaraladi va tadqiqotchi uning dialektik rivojlanishining barcha holatlarini tiklashga, ular bir–birlarini kay yusinda almashtira olishlarini kurish va tushunib etishga harakat qiladi, o’rganilayotgan psixik faktni uning konkret tarixi jixatidan tasavvur etishga urinadi.

Psixologiyada genetik printsipdan foydalanish zarurligini P. P. Blonskiy (1884–1941), L. S. Vigotskiy (1896–1934, S.L.Rubinshteyn (1889–1960), A.N. Leontev (1903–1979) lar o’z asarlarida ta'kidlaganlar.

tadqiqotlarni amalga oshirishning genetik printsipi keyingi yillarda, ayniqsa bolalar psixologiyasida bola shaxsini buylama kesimi (prodolno`y razrez) buyicha o’rganish metodi deb atalgan usuli keng qo’llanilmokda. Bu longityud metodi deb ham aytiladi. Longityud (inglizcha Longitude–dolgota) bir holatni uzoq vaqt va muntazam o’rganish metodidir. Psixologiyaning asosiy metodlari. B. G. Ananev psixikani o’rganish metodlarini turt guruxga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni kayta ishlash yoki statistik, natijalarni harxlash yoki interpretatsiya metodlari guruxlariga ajratadi. Birinchi. tashkiliy gurux o’z ichiga kiyoslash, longityud (o’zluksiz), kompleks (ko’p qirrali) deb atalgan turlarini oladi. Kiyoslash turi umumiy psixologiyada, sotsial psixologiyada, meditsina, sport, yuridik psixologiyada keng qo’llaniladi. Longityud metodi bilan bir holatni o’zok vaqt ko’zatish, birdaniga bir necha sinaluvchini tekshirish, kiyoslash maqsadida qo’llaniladi. Nemis olimi V. Shtern, frantso’z olimi R. Zazzo, rus olimlari N. A. Menchinskaya, A. N. Gvozdev, N. S. Leytis, V. S. Muxina va boshqalar bu usuldan keng foydalandilar. Bu usulda ko’zatish "Ona kundaligi" singari nomda ham atalishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar ilmiyligini oshirishda bir necha fanlar hamkorligiga suyanib kompleks metod qo’llaniladi. (Psixologiya, fiziologiya, genetika, falsafa, sotsiologiya, kibernetika, logika va boshqa fanlar hamkorligi). Xozir muxandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, kosmik psixologiya, tibbiyot psixologiyasidagi ko’pgina kashfiyotlar shu usul bilan ochilmokda. Ikkinchi gurux – empirik metodlarga ko’zatish (o’z–o’zini kuzatish), eksperiment (tabiiy va laboratoriya eksperimenti), test, anketa, surovlar, sotsiometriya, suxbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning maxsulini tadkik qilish, tarjimai xol (shaxsiy guvoxnomalarni, xujjat, turmush faoliyati voqealarini taxlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnostika va prognozlash vazifalarini bajaradi.

Uchinchi gurux metodlar – natijalarni kayta ishlashga muljallangan bo’lib, ular statistik (mikdoriy) va psixologik (sifat) taxlili turlariga bo’linadi. Tadqiqot metodlarining turtinchi guruxi – genetik va donalash metodlaridan iboratdir.

Genetik metodga asoslanib psixik o’zgarishlar bilan rivojlanish boskichlarining bevosita boglikligining ildizini aniqlanadi. O’zilishlarga yo’l kuymaslik uchun yigilgan materiallar maxsus boskichlarga ajratib harxlanadi. Tadqiqotning birinchi tayyorlov boskichida kashf qilinadigan psixologik konun to’g’risidagi taxmin va farazlar taxlil qilinadi.

Tadqiqotning ikkinchi boskichida tajriba o’tkazish printsipi, haroiti, ob'ektiv va sub'ektiv omillar buyicha muloxaza yuritiladi.

Tadqiqotning uchinchi boskichida esa olingan natijalar kayta ishlanadi va bu ham o’z navbatida turt boskichga bo’linadi:


  1. materialni birlamchi taxlil qilish (harxlash);

  2. taxlil qilingan material bilan tadqiqot gipotezasi aloxida sharxlanadi;

v) ikkilamchi taxlil (barqaror, ustivor dalillar ajratiladi);

g) ikqilamchi sintez – (psixik konuniyat, topilgan dalil, omil va tadqiqot gipotezasini birlashtirib maxsus xulosalar chiqarish).

Tadqiqot natijalarini harxlashning turtinchi boskichi – harxlashda har bir fakt, alomat, ko’rsatkich, xossa psixik jixatdan so’z–mantik orkali taxlil qilinadi. Ana shu boskichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tadqiqot metodlari empirik metodlar guruxidir. Empirik (amaliy) metodlar guruxiga ko’zatish, suxbat, test, eksperiment (tajriba), biografiya, sotsiometriya usullari kiradi. Kuzatish metodi tashki ob'ektiv va sub'ektiv (o’z–o’zini) o’rganishga imkon beradi. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni ko’zatish uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

1) Ko’zatish maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) Kuzatish ob'ekti tanlanadi; 3) Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) Tadqiqot vaqti rejalashtiriladi; 5) Ko’zatish qancha davom etishi kat'iylashtiriladi; 6) Qaysi faoliyat ko’zatilishi belgilab olinadi; 7) Ko’zatish shaqli (yakka, guruxiy, jamoaviy) belgilanadi; 8) Ko’zatishni qayd etib borish vositalari (kundalik, kino–video, foto, magnit yozuvi va boshqalar).

Kuzatish orkali turli yoshdagi odamlarning diqqati, xis–tuygulari, nerv tizimidagi tashki ifodasi, temperament xususiyatlari, imo–ishoralari, sezgirligi, xulq–atvori, nutq faoliyati va boshqalar ham o’rganiladi.

Ishchining dastgox yonidagi faoliyatini ko’zatish natijasida uning o’z diqqatini taksimlashi, tashki ko’zgatuvchidan ta'sirlanish darajasi haqida ma'lumot yigish mumkin. Sport faoliyatini ko’zatish orkali odam irodasi, ishchanligi, xis–tuygusini, o’zini idora qila olishini o’rganish mumkin.

Muloqot jarayonini ko’zatish orkali harakter, nutq, xis–tuygu xususiyatlarini, introvert yoki ekstravert ekanligini,qiziquvchanligini va boshqa xususiyatlarini aniqlash mumkin. Tashki ko’zatishda ba'zan tafakkur buyicha ham ma'lumotlar olish mumkin. Ish ustidagi kayfiyatini, fikrning ob'ektga yunaltirilganligini, ta'sirga berilishi yoki berilmasligini, chexrasidagi tashvish va iztirobni, teranlik, termulish kabi ruxiy holatlarni o’rganish mumkin. Bundan tashkari kulning titrashi, asabiylahish, nutqning bo’zilishi, xissiyotning bekarorlashuvi singarilar ham o’rganiladi.

Psixologiyada o’zini–o’zi ko’zatish (introspektsiya) usuli ham keng qo’llaniladi.

Suxbat. Inson psixikasini o’rganishda suxbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob'ekti va sub'ekti tanlanadi, mavzusi, vaqti, joyi aniqlanadi, yakka, guruxiy va jamoa bilan boglik savol–javob tartibi tayyorlanadi. Suxbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni xal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Test. Test–inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy usishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llanadigan qisqa standart masala–topshirik, misol, masala, jumboklar, boshkotirmalar ham test deb atalishi mumkin.

Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yarokliligi yoki yaroksizligini,

iste'dodli yoki iste'dodli emasligini – aqli zaifligini aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo’llaniladi.

1905 yilda, ya'ni frantsuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy usishi va iste'dodi darajalarini ulchash imkoniyati borligi g’oyasini ilgari so’rgandan keyin psixologiyada test metodining bir necha xillari qo’llana boshlandi. Chet el testologlari tadqiqot ob'ektlarini o’zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, kunikma va malakalarni aralash xolda o’rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomatliligiga boglik ruxiy kechinmalarni inobatga olmaydilar.

Psixologlar K.M.Gurevich, V.A.Krutetskiy, E.I.Rogov va boshqalar qo’llaydigan testlar tubdan boshqacha printsipda to’zilgan. Ular testlar tafakkur ko’rsatkichi (indiqator i) bo’lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuklarga ham erishdilar.

Xozirgi davrda nodir testlar qator iga psixologlar Rorshax, Rozentsveyg, Kettel. Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Agastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.

Eng ko’p tarkalgan testlar qator iga yutukka erihish harakatlari, intellekt testlari, shaxs testlari (psixodiagnostika), shaxs «loyixasi» (proektiv) testlari kiradi.

Testlardan «etishmagan so’z yoki rakamlarni topib, urniga ko’ying» singari shakllaridan qobiliyatni, ko’zatuvchanlikni, xotirani tekshirish maqsadida ham foydalanish mumkin.

Eng asosiysi testlardan o’quvchi bilimini tekshirish va baxolashda qo’llanadiganlari bo’lib, o’quv materialining asosiy kismini aniq va tulik bilishlarini aniqlashga qaratilganligidir. Unda savol va 3-4 javob ham beriladi, shulardan javobning eng to’g’risini topish talab qilinadi. Javoblarga ballar berilishi yoki berilmasligi ham mumkin.

Testlar yordamida ayrim qobiliyatlarning, kunikmalarning, malakalarning bor yoki yo’qligini aniqlashga yoki bu kasb soxasida ishlash uchun layokatlilik darajasini va xokazolarni bilishga harakat qilinadi. Testning diagnostik kimmati ilmiy eksperiment darajasiga, test uchun asos qilib olingan psixologik faktning xaqiqiyligiga, ya'ni mazkur test kay tarzda to’zilganiga–uning oldindan o’tkazilgan juda katta eksperimental ishning natijasi xisoblanadimi yoki taxmini, tasodifiy va yo’zaki ko’zatuvlar natijasi ekanligiga ko’p jixatdan boglik. Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bo’lishning ob'ektiv usullaridan biri – eksperiment metodidir. Ko’zatishdan farqi, eksperiment o’tkazuvchi sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi, sun'iy vaziyat paydo qilinishi mumkin. Bu metod inson psixikasini chukur, aniq tadkik qilishda eng muhimi xisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun'iy tushunchalarning shaqllanishi, favkulodda holatdan chikish, muammoli vaziyatni xal qilish jarayonlari, shaxsning xis–tuygulari, harakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki boglanishlari, munosabatlari, konuniyatlari, konunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi.

Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti. Tabiiy eksperiment pedagogik–psixologik masalalarni xal qilishda qo’llaniladi. (Sinfda sun'iy, odatdagidan boshqacha vaziyat va muxit yaratib ko’zatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey Fedorovich Lazurskiy (1874–1917) ishlab chikkan. Bu metoddan ishlab chiqarish jamoalari a'zolarining, ilmiy muassasa xodimlarining, o’qituvchilarning, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlarini, o’zaro munosabatlar, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yarokliliklari muammolarini xal qilishda ko’prok foydalanish mumkin. Tabiiy haroitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari bexabar bo’lishi, kundalik mexnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada moddiy maxsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan holatlarda qo’llanilishi mumkin.

Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goxo guruxiy) shaqlda sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asbob–uskunalar, yo’l–yuriklar, tavsiyalar,ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan detektorlar, elektron va radio ulchagichlar, sekundomer, refleksometr, anomaloskop, taxistaskop, audometr, esteziometr, elektrotiogramma, elektroentse-falogramma kabilardan ham foydalaniladi. Laboratoriya eksperimentining harakterli belgisi faqat uning laboratoriya haroitida maxsus psixologik asboblar yordamida o’tkazishlarida va sinaluvchining xatti–harakatlari yo’l-yuriqqa binoan sodir bo’lishi bil angina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning moxiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maqsadda tadkik qilishayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o’ziga xos xususiyatlarini tadkik qilish mumkin. Ko’pincha laboratoriya haroitida kishining (uchuvchi, xaydovchi, operator singarilarning) kutilmagan, tasodifiy (ekstremal) vaziyatdagi modellari yaratiladi. Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshirish kismlariga bo’linadi. Tajribaning aniqlovchi kismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o’yin, mexnat, o’qish kabi faoliyat turlarida tadkik qilinadi. Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda biror fazilatni shaqllantirish shuning dek ularga maqsadga mofik muayyan malakani yo’l–yo’riq va usulni o’rgatish rejalashtiriladi. Tekshirish kismida tarkib toptiruvchi boskichda shaqllantirilgan usul, vosita, yo’l–yo’riq, malaka va shaxs fazilatlarini darajasini, barkarorligini aniqlash, ta'sirchanligiga ishonch xosil qilish uchun moxiyati har xil mustaqil topshiriklar beriladi.

Tekshirish tajribasi orkali tarkib toptiruvchi eksperimentning samarasi ulchanadi. Yigilgan ma'lumotlar mikdor–statistik usulda kayta ishlanib, turmushga tatbik qilinadi. Inson psixikasi xususiyatlarini tadkik qilish orkali muxandis psixologlar eng zamonaviy elektron kurilmalar, robotlar yaratish ustida ish olib bormokdalar. Biografiya (tarjimai xol) metodi Inson psixikasidagi ayrim o’zgarishlarni tulikrok o’rganish maqsadida qo’llaniladi. Esdaliklar, kundaliklar, badiiy asardagi tavsiflar, baxolar, magnitofon yozuvlari, fotolavxalar, xujjatli filmlar, takrizlar o’rganilayotgan shaxsni tularok tasavvur etishga xizmat qiladi. Biografik ma'lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalash, nazorat qilish, idora etish, o’zining uslubini yaratish, kamolot chukkisiga erihish jarayonida namuna vazifasini utaydi.

Anketa metodi. Anketa odatda uch xil to’ziladi. Birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga muljallangan savollardan to’ziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xili anketada sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baxolash tavsiya etiladi. (Anketa namunalarini Goziev E. Psixologiya, Toshkent,1994 yil kitobining 28–29 betlarida kurish mumkin).

Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik gurux a'zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini ulchashda qo’llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruxdagi har bir a'zoning o’zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnahishi suraladi. Olingan ma'lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaqlida ifodalanadi.

Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayoxatga kim bilan birga borishni xoxlaysan?», «Imtixonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?,

«Kim bilan ko’shni bo’lib yashashni yoktirasan?», «Partada kim bilan yonma–yon o’tirishni istar eding?» va xokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o’lchov) vazifasini bajaradi va turmush vokeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng makbo’l» deb

tanlash lozim. Guruxiy tabakalanishni ko’rsatish uchun sotsiogramma to’rtta «Maydon» ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o’gil bolalar esa uchburchaqlar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaqlar soni familiyalar soniga to’gri keladi. Gurux a'zolarining o’zaro munosabatlari doira va uchburchaqlar strelkalar bilan biriktirilganda o’z ifodasini topadi.

Eng ko’p munosabatlarga ega bo’lgan sinaluvchi doiraning markazidan urin oladi. U guruxning eng yokimtoyi («Yo’ldo’zi») xisoblanali.

Turli extiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va xokazolar muayyan tartib va qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy, psixologik hamda sof psixologik ildizlari to’g’risida ma'lumotlar olinadi. Shu bilan guruxlardagi shaxslarning yakqol, aniq nuktai nazari, guruxbozlik, ogmachilik, qarama–qarshilik, xis–tuygularning zurikishi, guruxiy jipslik, moslik, munosabat motiv–lari, qarashlar birligi, jinslar o’rtasidagi muloqotning zamini hamda sexri mana shu usul bilan ochiladi.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish