3.3. Rolli o’yinlar jarayoni va uning shakllari.
Rolli o’yinlar jarayoni. Bu jarayon ba'zan psixologik amaliyotda psixodramatik seans deb ham atalib, uning asoschilaridan biri yuqorida ta'kidlanganidek J. Morenodir. o’yin jarayonidagi asosiy shaxslardan biri - boshlovchidan keyin ijtimoiy psixologik vaziyat-ning markazida to’rgan shaxsdir, uni ilmiy adabiyotlarda protagonist deb atashadi. Uning ijtimoiy psixologik vaziyatdagi muammo hamda ziddiyatlarni xal qilishdagi roli kattadir, chunki u aynan voqealarning markazida turadi. Unga o’z rolining barcha jixatlarini har tomon-yaama namoyon qilish xuquqi beriladi, boshqa rollar esa uning tabiatidan va xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ya'ni protogonist asosiy muammoni eltuvchi va boshqalarni o’ziga ergashtiruvchidir. Rollar o’ynab bo’linganidan so’ng uning muxokamasi boshlanadi, unda barcha guru* a'zolari ishtirok etadilar va ularning har biri o’zini protogo-nistning urniga kuyib kurishga harakat qilishi kerak Psixodramada odam o’zini turli rollarga kira olishini sinab ko’radi, ya'ni bunda interpersonal tajribaning ohishiga hamda har bir shaxsning o’zidagi va boshqalar-dagi ustanovka va munosabatlarning xis qilinishiga im-koniyat tugiladi, masalan, erkak kishi ayolni identifikatsiya qilishi, yosh odam karini, bola - kattani, va aksincha, rollar egiluvchanligi xis etiladi. Klassik psixodramada, ayniqsa, "rejissyor" rolidagi boshqaruvchi shaxsining roli katta. U ham o’yinni "sax;naga kuyuvchi", ham terapevt, ham psixoanalitik rolini o’ynay-di. Butun o’yin davomida u o’yinning katalizatori, har bir harakatning muvofiklashtiruvchisi, rollarni aniq personallar shaqlida ishtirokchilarga bo’lib beruvchidir. U o’zining boshqaruvchilik rolini ado eta borib, odamlarni ijtimoiy vaziyatni xis qilish va undan chiqish choralari yo’zasidan terapevtik ko’rsatmalar berib boradi. Har bir seansda rollarni almashtiruvchi va protogonistni tayinlovchi ham u xisoblanadi.
Rolli o’yinlardan kutilgan samaraning ijobiy bo’lishini ta'minlovchi bir qancha usullar mavjud. Masalan, ulardan biri "rollar almashinuvi", deb atalib, seans mobaynida protogonistlar va boshqa rol ishtirokchilarining urinlari almashtirilib turiladi. Masalan, birinchi kurinishda faol protogonist bo’lib o’ynagan shaxs, 6oshka kurinishda qo’shimcha personaj rolini uynashi, bir x°latda o’qituvchi rolidagi odam, keyin esa O’quvchi yoki ota-ona bo’lishi mumkin. Demak usha vaziyatdagi har bir personaj ichki dunyosiga kirish - tula ma'noda usha vaziyatni xis qilishiga va unga moslahishiga yordam beradi. Yana bir usul "o’xshash chexralar", deb atalib, uning moxiyati shundaki, o’yinning yanada ta'sirchan va samarali bo’lishi uchun ikki kishiga oldindan aynan bir xil rol beriladi, birinchi boskichlarda ularning har biri aynan bir xil harakatlar bilan rolga navbatma-navbat kiradilar, faqat ma'lum boskichdagina ularga "o’z" harakatlari yunalishini ishlab chikish va kerak bo’lsa, ularga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Yana bir usul sho’qi, u "monolog" deb atalib, bir shaxsga ma'kul darajada o’z xissiy-kechinmalarini tulik bayon etishga imkoniyat beriladi. Ya'ni vaziyat, muammo va stsenariy boshlovchi tomonidan beriladi, faqat rol uynovchi uni o’zicha xissiy kechinmalarga boyitishi va shu orkalya har bir individ ruxiy dunyosining boyligini va o’ziga xosli-gini namoyon qilishi mumkin. Bundan taihari, har bir rolli o’yin vaziyatiga moe xalda uni tashkil etishining o’ziga xos shakllari ham bo’lishi mumkinki, bu ham o’yin metodlarining imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Masalan, "Sexrli magazin" o’yini shundayki, unga ko’ra, o’yin ishtirokchilari turli harakter xususiyatlarini ifoda-lovchi rollarni imitatsiya qiladilar, masapan, biri -"aql", ikkinchisi - "iroda", uchinchisi - "iffat" va xokazo. Protogonist "sexrli dukonga" kirib o’zida etishmaydigan kadriyat, ya'ni sifatni o’zida bor bo’lgan, unga "kadrsizrok" sifatga almashtirib ketishi mumkin. O’zini o’zi taxlil qilib tarbiyalash dasturini ishlab chikishda bu o’yinning ahamiyati katta.
Shunga o’xshash "notanish odam bilan tanihish", "kela-jakni tasavvur qilish", "oynadagi aks" kabi o’yinlar ham shaxsning o’zini o’zi ruxiy taxlil qilish va o’z xulq-atvorini to’zatishda katta ahamiyatga egadir. Bu o’yinlar o’z oldiga kuygan maqsad va mazmuniga ko’ra turlicha bo’lishi va aniq
maqsadlarga xizmat qilishi lozim. Vaziyatli treningning xayotdagi ta'sirchan misoli sifatida AKSh maktablaridan birida o’tkazilgan eksperimentni keltirish mumkin. Usha maktabda bolalar o’rtasida keng tarkalgan etnik ziddiyatlarning oldini olish uchun quyidagi ish amalga oshirilgan. o’qituvchi sinf o’quvchilarini "kuk ko’zlilar" va "kora ko’zlilar" toifasiga ajratgan, "kuk ko’zli" bolalarni ma'lum vaqt mobaynida tinimsiz qo’llab-kuvvatlab, boshqalarni kamsitavergan. utgach, uning aksini qilgan, ya'ni endi "kora ko’zlilar" har qanday qilmishlari uchun faqat maktov olishgan. s]u eksperiment davomida har bir gurux vakili "e'zozlangan"lar, "kamsitilganlar"ning axvoli qanday bo’lishini o’z boshidan kechirgani uchun ham bir-birlariga nisbatan munosabatlarda ko’z rangi yoki qaysi ijtimoiy toifaga taalluklilik omili ruxni munosabatlarga ta'sir qilmasligi haqida xulosa chiqarishga o’rganganlar. Bu eksperiment "klassik sotsiodrama" ham deb ataladi. Shunga yakin "pedagogik psixodrama" ham borki, uning yordamida tarbiyasi ogir xisoblangan bolaparni tarbiyalashda foydalaniladi. Bu uslublarning barchasi o’z moxiyati jixatidan o’yindir, lekin ular ko’pincha xayotiy vaziyatlar doirasida maxsus haroitlarda o’tkazilsa, xulq-atvorning to’zatilishiga erishiladi.
Amerikalik olim E. Bernning transakt taxlillar metodi ham shunga yaqin, faqat unda odamlarni har bir ijtimoiy vaziyatlardagi samarasiz (nojuya, bexuda) harakatlari taxlil qilinadi va o’yin vositasida ishtirokchilar to’g’ri harakatlarga urgatiladi.Shunday qilib, o’yin metodlarini qo’llash soxalari nixoyatda ko’p, ular doimo insonni xayotida to’g’ri mavqega ega bo’lishga, o’zi istagan, orzu qilgan xayotiy vaziyatlarni o’zi yaratishga urgatadi va undaydi. O’yinning har qanday shaqlini tashkil qilishda va uni samarali o’tkazishda, tabiiyki, trenerga ijtimoiy psixologik bilimdonlik Xayotiy tajriba, muloqot san'ati va sabr-tokat kerak Shuning -uchun ham o’yinni o’rganish va o’zi bilgan narsalarni birovlarga urgatish malakasiga ega bo’lgan shaxsgina uni to’g’ri tashkil qilishi va psixokorrektsion maqsadlarga erihishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |