ta’minotchilar moddiy-texnika ta’minoti uchun tovarlarni sotib oladilar, bunda ular e’tiborining markazida tovarning narx va miqdoriy tavsifi, transport xarajatlari, ishlab chiqaruvchining obro’i, mijoz istagiga reaksiyaning tezligi, to’lovni kechiktirish imkoniyati kabi ko’rsatkichlar turadi. Davlat va jamoat muassasalarining mansabdor yoki javobgar shaxslari o’zlarinikini emas, balki jamoat mablag’larini sarflaydilar. Ishlab chiqaruvchini tanlashda ular, eng avvalo, ishonchlilik, qonunga rioya qilishlik, shuningdek, shaxsiy aloqalari sharoitlaridan kelib chiqib yo’l tutadilar.
Kompaniya to’xtovsiz tashqi kuch va omillar ta’siri ostida o’z faoliyatini olib boradi. Ba’zi hollarda ular maqbul imkoniyatlarni, boshqa hollarda esa xavf-xatarni sodir qiladilar. Shu bois aytish mumkinki, kompaniya peshqadamligining istiqboli tovar va xizmatning tegishli marketing muhitiga mosligi bilan ifodalanadi.
Mamlakatdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |