Iste’molchilar - mazkur firma mahsulotining xaridorlari hisoblanadigan jismoniy va huquqiy shaxslar (fuqarolar, oilalar, firmalar, jamoat tashkilotlari va davlat muassasalari). Iste’molchilar o’rtasidagi katta farqqa qaramay, ularda umumiy xususiyatlar bor. Ular marketing maqsadlariga bog’liq holda maqsadli guruhlarga birlashtirilishi mumkin bo’lgan jins, yosh, malaka, ehtiyojlar tarkibi, daromadlarni belgilaydi. Umuman, bozordagi hatti-harakatlari strategiyasi jihatidan bir-biridan ancha farq qiladigan iste’molchilarning besh turi farqlanadi. Bular yakka iste’molchilar, oilalar yoki uy xo’jaliklari, vositachilar, ta’minotchilar, davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul shaxslari yoki xodimlaridir.
Salmoqli qismini
Do'stlaringiz bilan baham: |