1. Toshkent vohasining joylashgan o’rni, iqlimi va tabiati. Toshkent vohasining insonlar tomonidan o’zlashtirilishi va ularning mashg’ulotlari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana31.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#420337
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu ma'ruzasi Tosh.vil.tarixi

Ko’lbuloq yodgorligi: 
Ilk paleolit davriga oid yodgorlik. Toshkent viloyati 
hududida Chotqol tog„ tizmasi yonbag„rida, Ohangaron daryosining o„ng 
qirg„og„ida, “Geolog” shaharchasidan 2 km shimoli-g„arbda joylashgan. 
Ko„lbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy o„zani sohilidagi Ko„lbuloq 
yaqinida (1962) topilgan. M.R.Qosimov (1963–83) keng tadqiqot ishlari olib 
borgan. 600 kv. metrdan ziyod maydon ochib o„rganildi va 49 ta madaniy qatlam 
aniqlandi. Bu qatlamlardan 3 tasi so„nggi paleolit, 21 tasi o„rta va 23 tasi ilk 
paleolit davriga xos deb topildi. Ilk paleolit qatlamlaridan 3000 dan ziyod tosh 
qurollar, hayvon suyak qoldiqlari topildi. Yodgorlikning o„rta paleolit davriga oid 
qatlamlaridan qirg„ichlar, paykonlar, retushli plastinalar, tosh bigizlar, shuningdek 
quyon va sug„ur suyaklari topilgan. Ko„lbuloq makoni odamlari bu davrda arxar, 
it, jayron, sug„ur, quyon, cho„chqa, ot, tur, tog„ echkini ov qilgan. Shuningdek
bo„ri, sirtlon, tulki, shoqol, ko„rshapalak, kaklik suyaklari aniqlandi. Ko„lbuloq 
makoni odamlari ovchilik bilan bir qatorda yovvoyi o„simliklar, boshoqlar, 
mevalar, yong„oqlar, ildizlarni ham terib eyishgan. Buni Ko„lbuloq makonidan 
topilgan tosh yorg„uchoqlar isbotlaydi. Ko„lbuloq makoni odamlari taom 
tayyorlashda olovdan keng foydalanishgan. Muste davridagi neandertallar teridan 
kiyimlar tayyorlab kiygan. Tosh qurollarga berilgan ishlov texnikasiga ko„ra, 
Ko„lbuloq tosh “industriyasi” o„ziga xos sifatlarga ega bo„lib, olimlar tomonidan 
Ko„lbuloq makon-ustaxonasi maqomini olgan. 


Ko„lbuloq makonining yuqori qatlamlari 1,5-2 m qalinlikda so„nggi paleolit 
davriga oid bo„lib, u 600 m.kv. maydonda o„rganilgan. Qazishma chuqurlashgan 
sari uning maydoni qisqarib borgan. Ko„lbuloq makonining yaqin 11 metr 
qalinlikdagi o„rta qatlamlari muste davriga oid bo„lib, uning ostidan 0,7-0,8 m 
qalinlikdagi toza qumli loy qatlami topilgan. Uning ostidan esa 5 m qalinlikdagi 
ashel davriga tegishli quyi qatlam ochilgan. 
Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, Ko„lbuloq makonida, ajdodlar hayoti quyi 
sheystosining so„nggi bosqichidan to yuqori pleystotsenning oxirigacha davom 
etgan, ya‟ni Ko„lbuloqda hayot bundan rosa 600-700 ming yil avval boshlanib, to 
mil.av.40-ming yillikkacha davom etgan. Ko„lbuloq makonining har bir davr 
qatlamlaridan juda boy tosh qurollar va tegishli hayvon suyaklari topilgan. Muste 
va yuqori paleolit qatlamlaridan esa o‟choq qoldiqdari, kuygan hayvon 
suyaklarining parchalari topilgan.
Ko„lbuloq va uning shimoliy tomonidagi Qizilolma arxeologik maskanlarida 
O„zbekistonlik olimlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Qazuv ishlarida 
Rossiya, Yponiya, Belgiya, Xitoy, Germaniya, Qozog„iston va boshqa davlatlardan 
kelgan mutaxassislar ham ishtirok etayotir. Ularning fikricha, bu erdan 
topilayotgan tosh qurollarning yoshi 26-27 ming yil ilgari hukm surgan yuqori 
ashel va must‟er davrlari bilan bog„liq.
Ko„lbuloq manzilgohiga dastavval arxeolog K.A.Amanjo„lov tomonidan 
arxeologik yodgorlik sifatida ilmiy tus berildi va uning qatlamlarini davr-lashtirish 
ishlari 1961 yilda G.F.Tetyuxin, M.X.Godin va D.I.Husanboevlar tomonidan 
amalga oshirildi. Professor Isomiddin YOrmatovning yozishicha, ushbu maskan 
1972, 1975 va 1981 yillarda M.R.Qosimov rahbarligidagi paleontologik otryad 
tomonidan, 1980 yilda esa geomineralog X.A.To„ychiev tomonidan paleomagnit 
usuli bilan qayta o„rganildi. Bunday izlanishlar 2000 yilda akademik 
Yu.F.Buryakov tomonidan davom ettirildi, Angrendagi sobiq Toshkent 
viloyat davlat pedagogika instituti tarix fakulteti o„qituvchisi K.A.Kraxmal 
boshchiligidagi arxeologik otryadlar ham 2003-2009 yillarda ish olib borib 
yangidan-yangi ilmiy xulosalarni qo„lga kiritdilar. 
1961 yilda 
qazish mazkur maydonning shimoliy chekkasidan 
boshlangan. 
Bo„yiga 10-12 metr, eniga 5-6 metr, chuqurligi hozirgi kunda 7 metr 
bo„lgan bu maskanning 
to„rtta 
quyi qismi ashel, beshta o„rta qismi 
muste, uchta ustki qismi esa yuqori paleolit davriga mansub. Olimlarning fikricha, 
Ko„lbuloq manzilgohi o„ralgan panjara bilan Qizilolma oltin koniga olib boradigan 
tosh yo„l oralig„ida ikkita qadimiy mug„xona mavjud.
I.Yormatov shu o„rinda 2006 yilning 6 aprel kuni akademik Yu.F.Buryakov 
va arxeolog K.A.Kraxmallar bilan birga mazkur mug„xonalar ziyoratida bo„lgani 
haqida yozadi. Mug„xona – islomgacha bo„lgan dafn inshoati. Ma‟jusiylik davrida 


bir necha mayitlar bir mug„xonaga yonma-yon ko„milgan. Zardushtiylik davrida 
esa marhumning suyaklari sopoldan yasalgan qopqoqli maxsus idish – ostadon 
(assuariy)ga solib ko„milgan. 
Yu.F.Buryakovning o„sha kuni aniqlashicha, Ko„lbuloq yonidagi bo„yi 2,28 
m., eni 2,10 m., chuqurligi 1,85 m. bo„lgan, chekkalari tosh qalab ko„tarilgan bir 
mug„xona qurilishi jihatidan IV–V asrlarda yashagan sak qavmiga mansub. U 
kishining aytishlaricha, bu qadimiy yodgorlik arxeologlarga tariximizning juda 
ko„p qorong„i nuqtalarini oydinlashtirib berishi mumkin. Buning uchun hozirgi 
shag„al yo„lni zudlik bilan Qizilolmasoyning o„ng qirg„og„iga o„tkazish lozim. 
Ko„lbuloqdan sizib chiqayotgan muzday shaffof suv tarkibida rodon mavjud. 
Buloqdan taxminan o„n besh-yigirma metr shimolda joylashgan, hozirda 
tashlandiq holga kelib qolgan, toomi shiferli bino X.A.To„ychiev tomonidan 
mamlakatimizdagi buloqlar va boshqa suv manbalarini paleomagnit usuli bilan 
o„rganish maqsadida qurilgan 21 ta inshootning biri. Suv bo„yida yaqin-
yaqingacha bahaybat terak hayqirib o„sar, tanasiga ikki-uch odamning qulochi 
etmaydigan bu azim daraxt kim tomonidan va qachon ekilganini keksalarimiz aytib 
berolmasdi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish