yerdagi 10 m qalinlikdagi qatlamlarda tosh inventarlar qatlamdan qatlamga asta-
sekin rivojlanib, o‟zgarib boradi.
Uchirindilar olishga mo‟ljallangan nukleuslar soni sistematik ravishda
kamayib boradi va prizmatik plastinalar chaqmoqlanadigan o‟zaklar soni oshib
boradi. Qirg‟ichlar va retushlangan uchirindilar nisbati kamayadi hamda so‟ngi
paleolit davri uchun xos tosh qurollar soni ortadi, shu jumladan,
kombinasiyalashgan tosh qurollar ham. Obiraxmat g‟orining industriyasi quyidan
yuqoriga qarab 5 ta ketma-ket xronologik kompleksga ajratilgan.
Quyi kompleks
(A) o‟rta paleolitning finali; ikkinchi (B) – o‟rtadan so‟ngi paleolitga o‟tish davri,
deb tasniflangan; yuqori – V, G va D komplekslari esa Obiraxmat g‟orining so‟ngi
paleolit davri bosqichi, deb tasniflangan. Texnik-tipologik ko‟rsatgichlariga ko‟ra
Obiraxmatning industriyasi Teshiktosh, Xo‟jakent, Janubi-G‟arbiy Farg‟ona
materiallariga o‟xshash deb topilib, yagona Obiraxmat madaniyatiga
birlashtirilgan.
O‟rta va so‟ngi paleolitga oid tosh qurollar hamda uchirindilar va plastinalar
nisbatini hisoblab chiqish natijasida yuqorida tilga olingan Obiraxmat madaniyati
yodgorliklarida ularning foiz nisbati turlichaligi aniqlandi. Bu holat ularning davriy
ketma-ketligini aniqlash imkonini berdi.
Ulardan eng arxaigi Teshiktosh, so‟ngra
Janubiy Farg‟ona, Xo‟jakent va eng taraqqiy etgan kompleks esa Obiraxmat g‟ori
industriyasi ekanligi aniqlandi.
Obiraxmat industriyasining barcha qatlamlarida kuzatiladigan asosiy
xususiyati o‟rta hamda so‟ngi paleolit davriga xos texnologik va tipologik
belgilarning birga kelishidadir. To‟plamning yetakchi o‟rin tutadigan nukleuslari
orasida so‟ngi paleolitga oidlari, avvalombor, ensiz o‟zaklar , nukleus-kesgichlar,
prizmasimonlar va uchirindilardan yoki yirik plastinalardan ishlangan turli xil
mikronukleuslar egallaydi. Biroq, o‟rta paleolitga xos yo‟nilg‟ilarni yuza bo‟ylab
chaqmoqlash strategiyasi saqlanib qoladi.
Levallua tipidagi o‟zaklar kam sonli bo‟lib, aksariyat hollarda ular so‟ngra
plastinalar yoki plastinkalar olishga mo‟ljallangan so‟ngi paleolitga xos ensiz
nukleuslarga aylantirib yuborilgan. Obiraxmat industriyasi yo‟nilg‟ilari
orasida
plastinalar muhim o‟rin tutadi va asosiy tosh qurollar ham ulardan ishlangan.
Yodgorlikning ko‟pgina qatlamlarida plastinalar nisbati 50 % dan oshiqni tashkil
qiladi.
Yodgorlikning tosh qurollari deyarli bir xil shaklli. Eng ko‟p sonni
paykonsimon qurollar (retushlangan paykonlar, uchli plastinalar), retushlangan
plastinalar, kesgichlar (ko‟pincha yonlama tipdagi) tashkil etadi. Tosh qurollarning
sezilarli qismini tashkil qiladigan qirg‟ichchalar tipologik jihatdan unchalik yorqin
emas. Levallua shakllar kam sonli va ular asosan, uzunchoq ko‟rinishda.
Qirg‟ichlar yodgorlikning barcha qatlamlarida mavjud bo‟lib, asosan plastinasimon
yo‟nilg‟ilardan ishlangan, ko‟pincha ularni retushlangan
plastinalardan ajratish
qiyin. To‟plamda tipologik jihatdan yorqin kichik hajmli muste tipidagi paykonlar
katta o‟rin egallaydi. Obiraxmatda olib borilgan tadqiqotlar natijasida ushbu
hududlarga o‟rta paleolit davri odamlarining migrasiyasi haqidagi g‟oya ilgari
surildi. Bu so‟ngi paleolit davriga o‟tish davrini o‟zida aks ettirgan, umumiy
asosga ega bo‟lgan va konvergent rivojlangan Yaqin Sharq, O‟rta Osiyo va Oltoy
industriyalarining o‟xshashliklariga asoslangan edi. Ta‟kidlanishicha, madaniyatlar
evolyusion o‟zgarishlarining konvergentligi umumiy asoslaridan tashqari, o‟xshash
paleoekologik sharoitlar bilan ham xarakterlanadi. Shu ma‟noda, Levant, Oltoy
hamda O‟rta Osiyo qadimgi aholisi tog‟larda va tog‟oldi
hududlarida yashagan
bo‟lib, bu joylarda tabiat o‟zining murakkab tuzilishi va juda turli-tumanligi bilan
ajralib turadi. Birgina, vodiyda bir vaqtning o‟zida igna va yapoloq bargli
o‟rmonlar, mayda bargli tayga o‟simliklari, quruq dasht va o‟tloq dashtli
assosasiyalar hukm surgan. Bu holat ibtidoiy odamlarga turli fasllarga qarab o‟zlari
uchun qulay ekologik muhitni tanlash imkonini bergan. Shunday qilib, Yaqin
Sharqdan migrasiya qilgan guruhlar aholisining madaniy evolyusiyasi o‟xshash
ekologik sharoitlarda sodir bo‟lgan va bu (populyasiyalarning filogenetik va
madaniy yaqinligidan tashqari) so‟ngi paleolit
davri madaniyatlarining
shakllanishidagi umumiy adaptasion jarayondir degan xulosaga kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: