Qo‘shilish manzilgohi: -
arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Mezolit davri
(mil.av. 12-ming yillik)ga oid ibtidoiy odamlar manzilgohi. Bo‟zsuv kanalining
chap sohili, Qo‟shilish mavzesida joylashgan. Arxeolog V.A.Zaxarevich topgan
(1966 y.). 1967 yilda I.Islomov tomonidan tekshirilgan. Qo„shilish manzilgohidan
toshdan ishlangan mehnat qurollari, ibtidoiy odamlar iste‟mol qilgan
hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan va o„rganilgan. Hamma mehnat qurollari
(qirg„ichlar, iskana, o„roq, randa, pichoqsimon qurollar va b.) mayda tosh
parchalari, qisman plastinkalardan tayyorlangan. Ixcham uchburchak mehnat
qurollari ham uchraydi. Qo„shilishni o„rganish so„nggi paleolit davridan boshlab
Toshkent hududida uzluksiz odam ashaganligidan dalolat beradi.
Yurtimizdagi mezolit davriga oid yana bir qiziqarli yodgorlik Toshkent
atrofidagi Bo„zsuv vodiysida va shu nomli daryoning chap qirg„og„ida joylashgan
Qo„shilish makonidir. Yodgorlik 1966 yil geologlar tomonidan ochilib, 1967 yilda
I.Islomov tomonidan o„rganilgan. Qazish ishlari natijasida lessimon loy yotqiziqda
qisman saqlangan madaniy qatlam mavjudligi aniqlangan. Qatlamdan 200 ta
chaqmoqtoshdan ishlangan tosh buyumlar, bir nechta hayvon suyaklari qoldiqlari
topilgan va bu suyaklar orasida R.K.Qambariddinovning aniqlashicha, xonaki
ho„kizga tegishlilari mavjud bo„lgan. Tosh buyumlar orasida plastinalardan
ishlangan uchburchak qurollar, uchirindilardan yasalgan pakki-pichoqsimon qirrali
o„tkir tig„li qurollar, ko„plab qirg„ichchalar, tosh randalar, sanchqilar va turli xil
nukleuslar uchraydi. I.Islomovning fikricha, Qo„shilish makoni yodgorlik
qatlamlarining geologik tasnifi jihatidan O„rta Osiyo shuningdek Shanidar,
Palegavra, Gari Kamarband va boshqa O„rta Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi boshqa
mashhur 34 yodgorliklar bilan taqqoslash asosida ilk mezolit davri bilan
sanalanishi mumkin.
Bu yodgorlikning sanasi mil.avv. X-IX ming yilliklar bilan belgilangan.
Biroq, G.F.Korobkovaning ta‟kidlashicha, I.Islomov tomonidan keltirilgan
Qo„shilish yodgorligining sanasi biroz qadimiylashtirib yuborilgan. Bu
birinchidan, I.Islomov o„zi ta‟kidlaganidek, madaniy qatlamning ustida yotgan uch
metrlik lyoss, agar ushbu hududda lyos hosil bo„lishi tezligini hisobga olsak,
yodgorlikning qadimiyligini belgilashi shart emas. Ikkinchidan, Qo„shilishning
industriyasida so„nggi mezolit davri xarakteriga ega bo„lgan buyumlar ko„p
uchraydi: mitti uchburchak qurollar, plastinalarning uchida ishlangan yon
qirralarida
retushsiz
qirg„ichchalar. Uchirindilardan ishlangan yumaloq
qirg„ichchalarning ko„pligi, o„yib-kertib ishlangan qurollarning, kesgichlarning,
uchlari yo„nilgan qurollarning hamda yupqa va qalamsimon nukleuslarning
yo„qligi so„nggi mezolitga xos belgilardir. Uchinchidan, Qo„shilish industriyasi
uchirindilardan ishlangan ko„plab yumaloq qirg„ichchalarga, pakki-pichoqsimon
o„tkir tig„li qurollar va ayrim mitti geometrik mikrolitlarga ega bo„lgan Markaziy
Farg„ona so„nggi mezoliti bilan davriy taqqoslanishi mumkin. Yodgorlikni
Shanidar, Palegavra va Gari Kamarband bilan taqqoslash esa hech qanday asosga
ega emas. To„rtinchidan, Qo„shilishning qatlamidan topilgan xonaki ho„kizning
suyak qoldiqlari O„rta Osiyoda ancha keyingi davrlarda uchraydigan hodisadir.
Yuqorida ta‟kidlangan dalillar Qo„shilishni so„nggi mezolit bilan sanalashga asos
bo„la oladi. Yodgorlikning genezisi masalasi ham munozaralidir. Masalaning
murakkabligiga qaramasdan, I.Islomov uning ildizlarini mahalliy levallua muste
hamda so„nggi paleolit madaniyatlarida, deb hisoblaydi va uni Toshkent variantiga
kiritadi. Hozirda Qo„shilish makoni materiallarini ular juda kam sonli bo„lganligi
sababli O„rta Osiyoning boshqa yodgorliklari bilan taqqoslashning imkoni yo„q va
uning genezisi masalasini ko„tarib chiqishga asos yo„q, deb hisoblaymiz.
3. Markaziy Osiyo ko‟hna sa‟natning muhim qismi joylashgan mintaqa
hisoblanadi. G‟arbiy Tyanshanda qadimiy surat va qoyatosh yozuvlari eng ko‟p
tarqalgan tarixiy obidalardir.
Bugungacha topilgan qoyatoshlarga bitilgan surat va yozuv namunalarining
umumiy soni o‟n mingdan oshib ketgan. Bu bebaho moddiy boyliklar nafaqat son
jihatidan, balki xronologik qamrovi, mavzuning rang–barangligi, har bir tasvirning
o‟zigaa xosligi, badiiy darajasi va mahobati bilan ajralib turadi. Toshkent
atrofidagi ayrim qoyatosh suratlari Markaziy Osiyoning ko‟pgina hududlarida
topilgan petrogliflar orasida ko‟rinishi va tasvirlarning o‟ziga zosligi bilan ajralib
turadi va betakror hisoblanadi. Olimlar bu hududdan ham umumiy va o‟ziga xos
jihatlarga ega qadimiy qoyatosh suratlarining boy manbalaarini aniqlaashgan.
Bular jumlasiga Xo‟jakent, Qoraqiyasoy, Boshqizilsoy, Chotqol, Parokandasoy,
Ohangaron va boshqa hududlardan topilgan petrogliflar shular jumlasiga kiradi.
Toshkent vohasidan, G‟arbiy Tyanshnadan topilgan qadimiy qoyatosh yozuv
va suratlar XX asrning 50-yillari boshida Chirchiq daryosining yuqori oqimida olib
borilgan arxeologik ishlanishlar paytida topilgan.
Tadqiqotchi – arxeolog X.Alpisboyev mahalliy aholi vakillaridan xalifa
Alining afsonaviy oti – Duldulning izlari qoyatoshlar qolib ketgan degan
afsonalarni eshitib, qoyatosh suratlarini o‟rganishga kirishadi. Qoyatosh suratlarida
tasvirlangan hayvon tog‟ qo‟yi yani arxarning burama shohlarining izi ekanlini
aniqlaydi. Mazkur izlanishlar natijasida olim bu yerda topilgan 23 ta suratni qayd
etadi. Bu suratlarni boshqa topilmalar bilan qiyoslab, ushbu topilmalar miloddan
avvalgi I asrga mansubligini aytib o‟tadi. Olimning Xo‟jakentda olib borgan
izlanishlari yakuniga etmagaan. Shunga qaramasdan Xo‟jakent qoyatosh suratlari
ilk bor shu tariqa kashf etilgan.
1958 yili Toshkent viloyati Bo‟stonliq tumanidan T.A‟zamxo‟jayev
tomonidan ulkan petrogliflar to‟plami topilgan. Ushbu topilma haqida muallif
tomonidan berilgan ma‟lumotga ko‟ra, Uzunsoy daryosining yuqori oqimida
joylashgan Chimboyliq qishlog‟idan 18-20 kilometr shimoldagi tog‟ning tepasi va
janubiy yon bag‟rida tog‟ qo‟ylari, tog‟ echkilari, bug‟ular, itlar, yirtqich
hayvonlar, otlar kabi hayvonlar aks ettirilgan 250 dan oshiq qoyatosh – lavhalar
topilgan. Ushbu topilgan qoyatosh – lavhalarda turli hayvonlardan tashqari ov, mol
haydash, yirtqichlar hujumi kabi boshqa holatlar ham tasvirlangan. Tadqiqotchi
tomonidan shunday lavhalar aks ettirilgan 30 dan ortiq qoyatoshlar o‟rganib
chiqilgan va ularni suratga olib borgan. Qoyatosh suratlarining paydo bo‟lish davri
haqida T.A‟zamxo‟jayev “Dastlabki ma‟lumotlarga ko‟ra, biz o‟rgangan suratlar
bronza va ilk saklar yashagan davrga , ya‟ni miloddan avvalgi II asr oxirlari – I asr
boshlariga to‟g‟ri keladi” – degan fikrlarni aytib o‟tadi.
Toshkent vohasidagi tarixiy yodgorliklarni o‟rganish ehtiyojidan kelib chiqib,
XX asrning 60-yillarida arxeologik ekpeditsiyalar tashkil etiladi. Ushbu
ekspeditsiya tomonidan Piskom, Ko‟ksuv, Chotqol, Chimyon daryolari havzasida,
shuningdek, Qorasuv, Kungara tog‟larida, Ohangaron, Arashansoy vodiysi hamda
Toshkent viloyatining boshqa hududlarida ko‟plab qoyatosh suratlari ishlangan
joylar qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |