Bo‘stonliq tumani
10.
|
Bo‘stonliq tumanida yo‘l atrofida 20 ta turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi majmualarni (turizm axborot markazi, esdalik sovg‘alari shoxobchalari, savdo do‘konlari kafe, avtokempinglar) qurish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
|
1. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi majmualar quriladigan joylarni belgilash.
2. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni Ma’muriy kengashda ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish.
3. “Chorvoq” ETZ direksiyasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida shartnoma tuzish va tarmoq jadvallarini tasdiqlash.
4. Tarmoq jadvallariga muvofiq qurilish ishlarini amalga oshirilishini ta’minlash.
|
2020-yil davomida
tarmoq jadvallari asosida
|
Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Loyiha tashabbuskorlari
|
11.
|
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan davlat organlari tasarrufidagi foydalanilmayotgan mehmonxona obyektlarini xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalari bo‘yicha bo‘sh turgan obyektlarni aniq investitsiya majburiyatlarini belgilagan holda belgilangan tartibda sotish choralarini ko‘rish.
Bunda, “Chorvoq” suv ombori bo‘yida joylashgan obyektlarning suv omboriga qadar bo‘lgan yer maydonlari haridga qo‘yilmasligini belgilash.
|
1. Bo‘stonliq tumanida joylashgan davlat organlari tasarrufidagi foydalanilmayotgan mehmonxona obyektlarini xatlovdan o‘tkazish.
2. Xatlov natijalari bo‘yicha bo‘sh turgan obyektlarning aniq investitsiya majburiyatlarini belgilash.
3. Xatlov natijalari bo‘yicha bo‘sh turgan obyektlarni belgilangan tartibda sotish choralarini ko‘rish.
|
2020-yil mart
|
-
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
|
12.
|
“Chorvoq” erkin turistik zonasi (ETZ) hududiga kiruvchi “Burchmulla” davlat o‘rmon xo‘jaligida salohiyatli investorlarni jalb etgan holda turizm yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish.
|
1. Ishchi guruhi tuzish va “Burchmulla” davlat o‘rmon xo‘jaligida turizm obyektlari tashkil etish mumkin bo‘lgan hududlarni aniqlash.
2. Aniqlangan hududlarga investorlarni jalb etish.
3. Investorlar bilan uzoq muddatli ijara shartnomalari tuzish.
4. Shartnomalarga muvofiq turizm obyektlarini tashkil etish.
|
2020-2021-yillar davomida
|
Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari
|
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Toshkent viloyati hokimligi
|
13.
|
“Chorvoq” suv omboriga olib boruvchi va atrofidagi avtomobil yo‘llarida xafvsizlikni ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan beton to‘siqlarni (alohida hududlarda) simli (torli) to‘siqlarga almashtirish.
|
1. “Chorvoq” suv omboriga olib boruvchi va atrofidagi avtomobil yo‘llarida joylashgan beton to‘siqlarni aniqlash.
2. Beton to‘siqlarni (alohida hududlarda) simli (torli) to‘siqlarga almashtirish.
|
2020-yil mart
|
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari
|
Toshkent viloyati hokimligi
|
14.
|
Bo‘stonliq tumanida har yili iyun oyida “Maftunkor tabiat” halqaro ekofestivalini o‘tkazish.
|
1. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning tarkibini shakllantirish.
2. Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Rejasini tasdiqlash.
3. Tasdiqlangan Rejaga muvofiq tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
|
2020-yil may
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
|
15.
|
Bo‘stonliq-Toshkent-Bo‘stonliq oralig‘ida yo‘nalishli turistik avtobus va taksi xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
|
1. Turistlarning talabini o‘rganish.
2. O‘rganish natijalariga ko‘ra yo‘nalish xaritasini ishlab chiqish.
3. Tashabbuskorlarni jalb etish.
4. Yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarni yo‘lga qo‘yish.
|
2020-yil may
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
|
16.
|
4R-12 avtomobil yo‘lining Parkent tumanidan Bo‘stonliq tumanigacha bo‘lgan qismlarida turistik yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.
|
1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni aniqlash.
2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish.
|
2020-yil may
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,
Toshkent viloyati hokimligi
|
17.
|
Bo‘stonliq tumani turizm va servis kasb-hunar kolledji faoliyatini tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish.
Bunda, kolledjning o‘quv rejasi va yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish, pedagog-professorlar tarkibini takomillashtirish, turizm laboratoriyalarini tashkil etish, o‘quv binosini moddiy jixozlashga alohida e’tibor qaratish.
|
1. Bo‘stonliq tumani turizm va servis kasb-hunar kolledji faoliyatini o‘rganish.
2. O‘rganish natijalariga muvofiq mavjud kamchiliklarni bartaraf etish;
|
2020-yil iyun
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Toshkent viloyati hokimligi
|