Tili boshqayu, dili boshqa
Til dil kaliti deb bejizga aytishmaydi. Afsusuki, hozirgi kunda ayrim insonlarning tilida boshqa gapku, dilida esa umuman boshqa gap. Bunday insonlarni xalqimiz tilyog’lama, tulki deb xato ta’riflamaydi. Tilida Sizga paxta qo’yib, oldingizda maqtovlarga ko’mib tashlab, orqangizdan esa mazza qilib g’iybatingizni qiladi.
Odam tilidan topar, ho’kiz – muguzidan.
Yaxshilik ham yomonlik ham birdek tildan keladi. Inson o’ylamasdan gapirib yuborsa boshiga tasavvur qilib bo’lmas savdolar tushadi. Shuning uchun ham xalqimiz, tilingni avayla omondir boshing, deb bejizga aytmaydilar. Ho’kiz esa kerak, kerak emas atrofdagilarni suzaversa, bir kunmas bir kun muguzi sinib ketishi yoki biron joyga tiqilib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |