3-topshiriq. Maqollarni o‘qing va izohlang.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim. Tili boshqa-yu, dili boshqa. Odam tilidan topar, ho‘kiz muguzidan. To‘g‘ri til toshni yoradi, egri til boshni. Qush tilini qush biladi. O‘ylay-o‘ylay o‘ychil bo‘lasan, so‘zlay-so‘zlay so‘zchil bo‘lasan.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.
Inson hayotida shunday holler ham bo’ladiki, o’zing tang, nochor ahvolini birovga aytay desa, buning har tomonini o’ylab “Nima derkin to’g’ri tushunib, Hamdard bo’larmikan, yo siltab tashlarmikan” degan mulohazalarga boradi-ku, lekin aytmaydi, ich-ichidan o’rtanadi.
Yoki, bir do’stingizning do’sti unga xiyonat qilayotganini ko’rib qoldingiz. Buni aytsangiz u xafa bo’ladi, tashqaridan chaqimchilikdek tuyuladi, aytmasangiz do’sti dushmani bo’lib, unga chox qaziyotkanini bilmay arosatda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |