1 topshiriq. Test savollariga javob Nabijanov Shaxzod


-TOPSHIRIQ: Savollarga yozma ravishda javob bering



Download 44,69 Kb.
bet7/7
Sana05.07.2022
Hajmi44,69 Kb.
#739655
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3variant Nabijanov Sh

4-TOPSHIRIQ: Savollarga yozma ravishda javob bering.

1.Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha


SHaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan faoliyat turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yukori darajada bajarishga bo’lgan layokat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi.Masalan, qobiliyatli o’qituvchi bir xil ish sharoitlarida o’z hamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz ko’pincha, falon o’qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o’qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha o’qituvchining xali kam tajribasi bo’lishiga karamasdan o’qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar (ko’zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.O’qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamroxi bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyik bo’ladi va pedagogik mahoratga erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq kiladi. Malaka va uddaburonlik mashk va ukish natijasi xisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat tarakkiy etadi.

2.Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.


Kishi qobiliyati ikkita asosiy to’rga bulinadi:
Maxsus qobiliyatlar;
Umumiy qobiliyatlar.
Pedagoglik faoliyatining samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bulmogi va uni rivojlantirilib borilmogi lozim.
1.Bilish qobiliyati – fanning tegishli soxalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va bashqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o’qituvchi fanni o’quv ko’rsi xajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurrok biladi. O’z fani soxasidagi kashfiyotlarni hamisha ko’zatib boradi, unga nixoyatda qiziqadi, ayrim tadkikot ishlarini ham bajaradi.
2.Tushuntira olish qobiliyati – o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli kilib bayon eta olish, material yoki problemani anik, tushunarli kilib gapirib berish, o’quvchilarda mustakil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uygotish qobiliyati. O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noanik narsani tushunarli kilib o’quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o’qituvchi o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini xisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Ba‘zi o’qituvchilarga, ayniksa, tajribasi kam o’qituvchilarga o’quv materiali oddiy, tushunarli, aloxida izoxni talab etmaydigan tuyuladi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchi o’rniga qo’yadi. U kattalarga anik va tushunarli bo’lgan narsani o’quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo’lishi mumkinligiga ishonib, unga asoslanib ish tutadi.
3.Ko’zatuvchanlik qobiliyati – o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni ko’zata olish qobiliyati. Bunday o’qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bulmagan tashki belgilar asosida, o’quvchining ruhiyatidagi ko’z ilgamas o’zgarishlarni ham faxmlab oladi.
4.Nutk qobiliyati – nutk yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o’z fikr hamda xis – tuygularini anik va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik qobiliyati uchun juda muxim.
5.Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muxim vazifalarni xal etishda ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri uyushtirishni nazarda tutadi.
6.Obru orttira olish qobiliyati – o’quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta‘sir ko’rsatish va shu asosda obru kozona olishdir. Obru faqat shu asosda emas, balki o’qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va bashqa asosida ham kozonadi. Bu qobiliyat o’qituvchi shaxsiy sifat bir majmuasiga, xususan, irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, kat‘iyligi, talabchanligi va bashqalarga) o’quvchilarga ta‘lim – tarbiya berish mas‘uliyatini xis etishga ham bog’liqdir. O’quvchilar ko’pollik kilmaydigan, ko’rkitmaydigan, to’g’ri talab kuya oladigan o’qituvchilarni juda xurmat kiladilar. Bushang, lakma, irodasiz, printsipsiz o’qituvchilarni bolalar yoktirmaydilar. Bolalar bilan to’g’ri muomala kila olish, bolalar bilan dustlasha olish, ular bilan samimiy munosabat urnata olish pedagogik nazokatning mavjudligidan darak beradi.

3.Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari.


Pedagogik–psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turla­ri yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojla­nishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqi­qotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyida­gi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:


1.O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.X
2.Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3.Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.X
4.Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5.O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.
6.Javobgarlikni his etish.
7.Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.

O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizim­la­ri mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
1.asosiy xususiyatlar;
2.tayanch xususiyatlar
3.yetakchi xususiyatlar;
4.Yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomo­nini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demak­dir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuv­chan­ligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuv­chanligi turli­cha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va dunyo­qarashiga ega.Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli.Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi.
Download 44,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish