3-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Fonetikani o‘qitishning grafika, orfoepiya va orfografiya bo‘limlari bilan uzviy bog‘liqligi
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni Fonetikani o‘qitishning grafika, orfoepiya va orfografiya bo‘limlari bilan uzviy bog‘liqligi bilan tanishtirish
1-topshiriq. Quyidagi tezis bilan tanishib chiqing.
2-topshiriq. Nutq o‘stirishga qaratilgan tavsiya va usullarni taqdim eting.
ONA TILI DARSLARIDA FONETIKA BO‘LIMINI
O‘QITISH USULLARI
Xusnora Baxtiyorova, Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU 3-bosqich talabasi
Muxlisa Vohidova, Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU 3-bosqich talabasi
Bizga ma’lumki, kishilar o‘rtasidagi muloqotni shakllantirishda nutq asosiy qurol vazifasini bajaradi. Bizga og‘zaki va yozma nutq orqali yetkazib berilgan ma’lumotlarni to‘g‘ri tushunishimiz va so‘zlovchi nuqtayi nazaridan uni suhbatdoshimizga to‘g‘ri ifodalab berishimiz lozim.
Ona tilini o‘zlashtirish bolaning yoshligidan boshlanadi, u dastlab gapira olmasa-da bizni tushunadi: “Ko‘zing qani?” deganda, ko‘zlarini ochib yumadi, “Qoshing qani?” deganda, qoshlarini chimiradi, qo‘llarini so‘raganda harakatlar orqali ko‘rsatib beradi. Ya’ni unda dastlab eshitib tushunish malakasi shakllanib, yaqin atrofdagilarining ta’sirida og‘zaki nutqini rivojlantirib boradi. Maktab yoshigacha u gapiradi, qisman bo‘lsa ham o‘z ona tilini o‘zlashtiradi. U maktab jarayoni va undan keyingi bosqichda esa ona tilini shaklini, uning yozma nutqdagi aksi va og‘zaki nutqning talaffuz me’yorlarini o‘rganadi. Shunday davrda bolaga har bir narsaning ma’nosini tushunib yetishi uchun unga rasm, harakat va qo‘shiq orqali to‘g‘ri shaklda singdirib borishimiz lozim.
Boshlang‘ich sinfda bola “Alifbo” kitobi orqali harflar va ulardan hosil bo‘lgan bo‘g‘inlarni talaffuz qilish bilan birga uning shaklini ham o‘rganib boradi. Bu davrda bolada dastlabki yozma nutq malakasi shakllandi. U unli va undosh tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo‘g‘in, urg‘u haqida qisman ma’lumotga ega bo‘ladi.
5-sinf ona tili darslarida bolani adabiy talaffuz me’yorlariga o‘rgatish, imlo savodxonligi va so‘z zaxirasini oshirish maqsadida “Fonetika” bo‘limi kiritilgan. Ammo bu bo‘lim haqida berilgan ma’lumotlar asosan ilmiy tilda berilgan bo‘lib, bolaning yoshiga nisbatan murakkablik tug‘diradi. Bolaga bu bo‘limni tushuntirishda yoshini inobatga olib, qoidalarni sodda tilda rasmli, xaritali, jadvalli, harakatli ko‘rinishda berishimiz lozim.
Masalan, bolajonlar diqqat qiling! Quyidagi rasmda nima ifodalangan?
(Bu jarayonda rasmni mavzuga aloqador hamda tushunarli shaklda tanlashimiz lozim.)
Mavzuni boshlashdan oldin bu kabi topshiriqlarning berilishi, bolaga mavzuga kirish bosqichi bo‘lib, uni fikrlashga, mantiqan o‘ylab ko‘rib javob berishga undaydi. Bola o‘z tushunchalarini o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid berilgan fikrlar orqali mustahkamlab boradi.
Bu bo‘lim davomida birinchi navbatda bolaga adabiy talaffuz me’yorlarini o‘rgatib borishimiz asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Shu maqsadda darslikda og‘zaki turda bajariladigan mashq va topshiriqlar sonini kengaytirish lozim.
Biz Toshkent shahrida joylashgan maktab o‘quvchilariga “Fonetika”ga oid quyidagi topshiriqlarni berib, sinab ko‘rdik:
Do'stlaringiz bilan baham: |