Suyunov Xushnudbek | KI-70
1-Topshiriq
1. Bozor mexanizmi va uning tarkibini izohlang.
Bozor – alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakldagi munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor – quyidagi shart-sharoitlarni taminlaydi:
O‘zgaruvchan sharoitlarga tezda moslashishga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanishni ta’minlaydi.
Resurslarni samarali taqsimlaydi.
Insonlarning turli ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishni yo‘lga qo‘yadi.
Shu bilan birgalikda bozor mexanizmi mukammal emas, uning kamchiliklari ham mavjud:
Bozor aholi uchun ijtimoiy ximoyani;
Ish bilan ta’minlash, doimiy daromadni;
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlamaydi, chunki bozorda siklli rivojlanish bo‘ladi, ya’ni o‘sish, jonlanish, iqtisodiy pasayish, inqiroz, infilatsiya, ishsizlik holatlari ham bo‘ladi.
Bozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan joylashuvi.
Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkin.
Bozor munosabatlarining obyektiga qarab: iste’mol tovarlari bozori, xizmatlar, sanoat mahsulotlari, xom – ashyo, qimmatli qog‘ozlar bozori va boshqalar;
Bozor munosabatlarining subyektiga qarab: xaridorlar va sotuvchilar bozori;
Geografik joylashuviga qarab: mahalliy bozor, jahon bozori;
Raqobat muhitiga qarab: mukammal raqobatlashgan bozor, nomukammal raqobatlashgan bozor;
Tarmoqlar bo‘yicha: avtomobil bozori, neft bozori;
Sotish xarakteriga qarab: ulgurji va chakana bozor;
Qonunchilikka muvofiqligiga qarab: qonuniy va noqonuniy bozor, “qora” bozor.
2. Bozor iqtisodiyotining asosiy muammolari qanday hal qilinadi?
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi:
Qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?
Ushbu mahsulot va xizmatlar qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi?
Bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha – “Nima, qanday qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?” tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davomida mavjud bo’lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |