3. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning mazmunini tushuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi?
Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslaming markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlaming asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
Respublikada iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlami isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli respublikada mulkiy munosabatlami isloh qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
4. Narxning quyi va yuqori chegarasi deganda nimani tushunasiz?
Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi.
2-Topshiriq
1. Markazdan rejalashtiriladigan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, jamiyat uchun xam, an’anaviy jamiyat uchun ham, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat uchun xam umumiy iqtisodiy muammo bor. (To’g’ri)
Axborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yo’lga qo’yiladi. Bu yuqoridan pastga qarab, ierarxik tartib asosida olib boriladi. Ierarxiya odatda boshliq hokimligiga tayanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizmda ierarxik tartib muhim rol o’ynagan. Ierarxik boshqarishning o’ziga xos shakli ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejalashtirish asosida boshqariladigan iqtisod bo’lib, korxonalar asosan davlat mulki bo’lib, xo’jalikni boshqarish ierarxik tarzda olib borilgan. Axborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yo’lga qo’yilgan. Nima, qancha, qanday, kimga savollari davlat tomonidan Davlat reja qo’mitasi hamda yuqori partiya idoralari orqali hal qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |