2.Dvigatelni ishga tushirish tizimi
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini majburiy ravishda aylantirishni ta’minlovchi moslamalar majmuisidan iborat. Ichki yonuv digatellarini ishga tushurish uchun mexanik staryorli, benzinli dvigatelli, pnevmatik, gidropnevmatik va elektrostartyorli tizimlar qo‘llaniladi. Avtomobillarda boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan, elektorostartyorli ishga tushirish tizimi tadbiq topgan.
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulatorlar batareyasi, startyor, kommutatsiya jihozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulatorlar batareyasi avtomobil elektr jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari qo‘llanilishi ishga tushirish tizimining quvvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o‘z navbatida, sig‘imi 200- 250 Asoat bo‘lgan, takomillashgan akkumulator batareyalarni, quvvati 10-15 kVt gacha bo‘lgan startyorlarni ishlab chiqishga olib keldi.
Dvigatelni ishga tushirish tizimi quyidagilarni tashkil topgan:
startyor;
rele;
o‘t oldirish kaliti.
Startyor. Startyor juda qisqa vaqt davomida (10-15s) ishlaganligi tufayli uning zanjirlaridan o‘tadigan tok va maksimal quvvati uning elektrodvigateli cho‘lg‘amlarining qizib ketish xavfi bilan cheklanmaydi (4-rasm).
Startyor shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan to‘la ilashishi daqiqasida elektromagnit o‘zak o‘qining ikkinchi uchida joylashgan relening lappaksimon kontakti elektrodvigatel zanjirini akkumulator batareyasiga ulaydi. Elektrodvigatel ishga tushadi va dvigatel tirsakli valini aylantira boshlaydi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng "K" kontakt o‘zining oldingi, ya’ni normal ochiq holiga keltiriladi va tortish relesi chulg‘amining zanjiri uziladi, natijada qaytarish prujinasi ta’sirida elektromagnit o‘zagi o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Bunda tortish relesining lappaksimon kontakti startyor elektrodvigateli zanjirini akkumulatordan uzadi va pishangning harakati natijasida yuritma mexa- nizmining shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashishdan chiqadi va o‘zining oldingi holatiga qaytadi.
Atrof muhit harorati - 300S dan past bo‘lgan hollarda dvigatel ishga tushishini yengillatuvchi moslamalar qo‘llaniladi. Yengillatuvchi vosita- lar tirsakli valning aylanishga qarshilik momentini kamaytirish hisobiga uning aylanish chastotasini oshirish, yonilg‘i-havo aralashmasini tayyorlash va o‘t oldirish sharoitlarini yaxshilash vazifasini bajarishga mo‘ljallangan moslamalardan iboratdir. Ishga tushirishni yengillatuvchi usul va moslamalarni tanlash dvigatel turiga, uning tuzilishidagi o‘ziga xos tomonlariga, ishlatish sharoitlariga va iqtisodiy omillarga bog‘liq.
4-rasm. NEXIA avtomobilining startyori;
1-yakor vali; 2-startyor qopqog‘ining vtulkasi; 3-chegaralangan shesternya halqasi; 4-shesternya; 5-siquvchi yarimta halqa; 6-rolik; 7-korpus; 8-o‘q;
magnit; 10,11-tortqi; 12-qopqoq; 13-qaytaruvchi prujina; 14-yakor; 15-oldingi barmoq; 16-siljiydigan obmotka; 17-tortqili obmotka; 18-sterjen; 19-o‘rtadagi rele; 20-barmoq serdechnika; 21- plastina kontakti; 22-qopqoq rele; 23-kantakt bolt; 24-kollektr tomondagi qopqoq; 25-shetkoderjatel; 26-startyor vtulka;
27-to‘g‘rilaydigan shayba; 28-qotiriladigan shayba; 29-o‘zgaruvchi bolt; 30-kojux; 31-kirish; 32-kollektor; 33-katushka; 34-musbat stator; 35-korpus startyor; 36-o‘rtadagi yakor; 37-chegaralovchi disk; 38-halqa; 39-tishli shesternya; 40-stupitsa ichquymasi; 41-kalit; 42-generator; 43-akkumulator batareyasi 44-startyor; 45-startyor ko‘shish relesi; 46-sterjen yo‘nalishi; 47-plunjer.
Do'stlaringiz bilan baham: |