MAVZU: AVTOMOBILNING ELEKTR JIHOZLARI
REJA:
1.Tok manbalari
2.Dvigatelni ishga tushirish tizimi
3.Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar
4.Nazorat-o‘lchov asboblari
5.Avtomobillarni ekspluatatsiya davrida elektr jihozlarida uchraydigan asosiy nosozliklar
1.Tok manbalari
Avtomobilning elektr jihozlari energiya manbalari va is’temolchilardan iborat (1-rasm).
Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional sistemalarga bo‘lish mumkin(1-rasm):
elektr ta’minot tizimi (generator, uchlanish relesi, akkumulator batareyasi).
ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (startyor, akkumulator batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar).
o‘t oldirish tizimi (tok manbai, o‘t oldirish g‘altagi, o‘zgich- taqsimlagich, tranzistor kommutatori, o‘t oldirish shamlari);
nazorat-o‘lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, bosim sezgich va ko‘rsatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi lampalar va boshqa).
yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil burilishi va to‘xtashini ko‘rsatuvchi chiroqlar, oldingi va orqadagi fara osti chiroqlar va hokazo).
qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitgich elektrodvigatellari, konditsionerlar, oyna ko‘targichlar va hokazo).
dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi.
o‘tkazgichlar va kommutatsiya jihozlari.
Generator, startyor, o‘t oldirish apparatlari va nazorat-o‘lchov asboblarning sezgichlari bevosita dvigatelga, qolgan jihozlar esa avtomobil kuzovi va shassisining tegishli joylariga o‘rnatiladi.
Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab qo‘yiladigan (yoritish, o‘t oldirish, nazorat-o‘lchov asboblari va hokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik darakchilari) iste’molchilar tokni umumiy zanjirdan oladilar. Dvigatelni ishga tushirish vaqtida katta tok (bir necha yuz amper) iste’mol qiladigan startyor, kesimi ancha katta bo‘lgan o‘tkazgich bilan bevosita akkumulator batareyasiga ulanadi. Qiska vaqt davomida, ishlatiladigan, lekin katta tok iste’mol qiladigan va qulaylik yaratadigan ba’zi asboblar (tovushli darakchi, sigaret tutatqich, radiopriyemnik, soat va hokazo) istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulator batareyasiga ulanadi.
1-rasm. Elektr energiyasi manbalari va iste’molchilar:
1-akkumulator batariyasi; 2-generator. 3-uzgich.
Do'stlaringiz bilan baham: |