7 Texnologiya fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning asosiy kategoriyalari, va ustuvor tamoyillari necha turga bo’linadi ? Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega.
Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish. Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
8 Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati.
Respublikada ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq o‘zgarishlar ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni milliy ruh bilan sug‘orish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan holda yangilarini yaratish va amaliyotda qo‘llash borasida olib borilayotgan ishlarga bog‘liq. Bu yo‘nalish keng qamrovli bo‘lib, mazmunan takomillashib bormoqda. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’limning butun jarayonini aniq reja asosida tashkil qilish hamda o‘quv jarayonini maqsadga ko‘ra individuallashtirishni nazarda tutadi.
Ta’lim tizimining fan, texnika va ishlab chiqarish sohalari bilan integratsiyalashuviga erishuvini ta’minlashni bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida kun tartibiga qo‘yilishi bu borada muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni ilg‘or qarashlar bilan boyitishga erishish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini ta’minlash ana shunday vazifalar sirasiga kiradi.
Rivojlangan mamlakatlar ilmiy-pedagogik tajribasi, mamlakatimizda ilmiy- metodik izlanishlar olib borgan va borayotgan pedagog-olimlar ilmiy-metodik xulosalarining ko‘rsatishicha, zamonaviy ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan yangi pedagogik texnologiyalar qo‘yilgan maqsadga erishishga kafolat beradi.
Respublika Prezidenti Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda quyidagi fikrlarga alohida e’tibor berish lozimligini ta’kidladi: "Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazoratga olish zarur".
Do'stlaringiz bilan baham: |