1-Temperament va faolyatning individual xususiyatlari ? 2-Oilaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?



Download 14,75 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi14,75 Kb.
#236668
Bog'liq
2 5301289686914829430.rtf


4-BILET

1-Temperament va faolyatning individual xususiyatlari ?

2-Oilaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ?

3-Boshqarish usullarini yoriting ?

4-Germaniyada ta'lim tizimi ?

Javoblar:

Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari

SHaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug„ma,

biologik xususiyatlariga alohida e‟tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan shaxs

ijtimoiy mavjudot bo„lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug„ma sifatlarni

o„zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning

dinamik - o„zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta‟minlovchi sifatlarini

o„zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik

taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo„ladi. Odam

temperamentiga aloqador sifatlarning o„ziga xosligi shundaki, ular odam bir

faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir malakalarni

boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va dinamikligini

ta‟minlaydi va shu nuqtai nazardan karaganda temperament - shaxs faoliyati va

xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emostional - hissiy tomonlarini

xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.

Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog„liq

bo„lib, ularning namoyon bo„lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini,

ekstremal vaziyatlarda o„zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli

vaziyatlarda o„zini turlicha tutadi: oliy o„quv yurtida talabalar safiga qabul

qilganligi to„g„risidagi axborotni eshitgan bolaning o„zini tutishi, yoki hayotning

ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do„stning xoinligi kabi)

paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reakstiyalari uning temperamentidan

kelib chiqadi. SHuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og„ir-bosiqlik

bilan, boshqasi esa o„zini yo„qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan

kechiradi. SHuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy

muhitda o„ziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O„zini bosib

olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan ko„taradigan insonning odamlar

orasidagi obro„si ham baland bo„ladi. Bu uning o„z-o„ziga nisbatan hurmatini ham

oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga

imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy

voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon»,

«ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. YA‟ni,

temprament odamning ijtimoiy ob‟ektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi,

professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi.

Temperamental xususiyatlar aslida tug„ma hisoblansada, shaxsga bevosita

aloqador va anglanadigan bo„lgani uchun ham ma‟lum ma‟noda o„zgarib boradi.

SHuning uchun ham tug„ilgan chog„ida sangvinikka o„xshash harakatlar namoyon

qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo„lmaydi.

Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish

va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak.

Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy

nerv tizimi xossalarini ajratgan edi:



k u ch, ya‟ni nerv tizimining kuchli ko„zgatuvchilar ta‟siriga

bardoshi, shunga ko„ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning

namoyon bo„lishi:



m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya‟ni asabdagi tormozlanish va

ko„zgalish jarayonlarining o„zaro mutonosibligi, shunga ko„ra, o„zini tuta olish,

bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo„lishi;



x a r a k a t ch a n l i k , ya‟ni ko„zgalish va tormozlanish

jarayonlaridagi o„zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi

ma‟nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o„rtasidagi

o„zaro bog„liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan.

2- oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang , serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.

3-Boshqaruv usullari.



Boshqarish usullari haqida tushunchaBoshqarishni iqtisоdiy usullаri.Boshqarishni tashkiliy fаrmоyish usuli.Boshqarishni ijtimоiy-psiхоlоgik usullаri.Usul – bu tadqiqot qilish, ta’sir ko’rsatish yo’li. Boshqaruv usuli – bu xodimlarga va jamoa ishlab chiqarishiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ta’sir etish usuli.Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullariga quyidagi funksiyalarni bajarish kiradi:- boshqarish apparatini muayyan strukturasini yaratish;- har bir bo’g’inning funksiyasini belgilash;- buyruqlar, farmoyishlar chiqarish va ularni bajarilishi nazorat qilish;- topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan chora ko’rish .

Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usuli 2 ko’rinishda bo’ladi:

Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usuli 2 ko’rinishda bo’ladi:- tashkiliy ta’sir ko’rsatish;- farmoyish berish.Tashkiliy ta’sir ko’rsatish shakllarini amalga oshirish yo’llari:1. Loyihalash;2. Reglamentlash;3. Normalash;4.Qo’llanma tayyorlash.Boshqarish-farmoyishli ta’sir o’tkazish shakllarini amalga oshirish yo’llari quyidagilar: direktiva, buyruq, farmoyish, realizatsiya, yo’l-yo’riq.

Direktiva – bu usul har bir ijrochining va boshqaruvchi organning burch mas’uliyati va huquqlarini aniq bajarish asosida funksiyalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Direktivani bajarish uchun mas’ul shaxs javobgar bo’ladi.

Direktiva – bu usul har bir ijrochining va boshqaruvchi organning burch mas’uliyati va huquqlarini aniq bajarish asosida funksiyalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Direktivani bajarish uchun mas’ul shaxs javobgar bo’ladi.Tashkiliy-ma’muriy boshqarishning huquqiy vositalari deganda ijtimoiy munosabatlarda yuridik qonuniy ta’sir o’tkazish jarayonida qo’llaniladigan huquqiy normalar tushuniladi. Huquqiy normalar sanksiyalar orqali amalga oshiriladi. Huquqiy sanksiyaning 4 turi bor:1. Intizomiy javobgarlik2. Moddiy javobgarlik3. Ma’muriy javobgarlik4. Jinoiy javobgarlik

Boshqarishning iqtisodiy usuli.

Boshqarishning iqtisodiy usuli.Boshqarishning iqtisodiy usullari umumjamiyat manfaatlarini, jamoa manfaatlarini va shaxsiy manfaatlarni birlashtirishga asoslanadi. Davlat tomonidan umumjamiyat manfaatlarini boshqarish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:1. Kredit va foiz stavkasi.2. Soliq va soliq yuki.3. Boj to’lovlari.4. Subsidiya va sanatsiyalar.5. Litsenziyalar.6. Transfer to’lovlari.7. Narx-navoni shakllanishi va boshqalar.Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Davlat qaysi tarmoqni ustun rivojlanishiga erishishini hohlasa shu tarmoq uchun kredit foizlarini pasaytiradi. Kredit berish uchun ajratgan pulini 2ga bo’ladi. 1. Qarz berish uchun. 2. Zaxira kredit rezervi uchun.

4-Germaniyada ta’lim tizimi



Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham bor.

Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to’la haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ozroq. O’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yo’nalish maktablarda maxsus dastur asosida o’qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: bular — asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o’tadi. 9 yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo’lgan bolalar o’qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda o’qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to’la o’rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o’rta maxsus o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchlidir. To’liqsiz o’rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o’qish muddati 3—3,5 yilni tashkil etadi. O’qish uch bosqichdan iborat bo’lib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O’quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o’tishi sinov imtihonlari o’tkazilib o’qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi.. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, federal yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatga asosan oshiriladi.

Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z-o’zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o’qituvchilar, o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi erkin tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi. O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko’tara olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’g’risidagi federal qonunga ko’ra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.

Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.

Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida tinglovchilarga mablag’ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. YArim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. CHerkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. yevangel cherkovi o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo’yicha konferensiyalar tashkil etadi.

Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar.

Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O’tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o’shandan beri «Tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo’lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab tizimga ega. SHu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda
Download 14,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish