STATISTIKANING MAMLAKAT IQTISODIYOTINI BOSHQARISHDAGI ROLI VA AXAMIYATI
Reja:
1. Tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasining o’rganish ob’ekti va ko’rsatkichlar tizimi. 2. Eksport va importning ta’rifi. Eksport va importni hisoblashning umumiy va maxsus tizimi. 3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni statistik o’rganish usullari. 4. To’lov balansi tizimning asosiy tamoyillari. 5. Xalqaro investitsion siyosat, investitsiya muhitini ifodalovchi ko’rsatkichlar. 6. Milliy hisoblar tizimi va to’lov balansi orasidagi bog’lanish. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining asoschisi deb haqli ravishda belgiyalik olim Adolf Ketleni (1796-1874) hisoblash mumkin. CHunki u birinchilardan bo’lib to’plangan statistik ma’lumotlarga statistik usullar yordamida ishlov berishni qo’lladi. U shuningdek ilk bor Belgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda taniqli matematik olimlar bilan jonbozlik qildi. A. Ketleni matematik bo’lgani uchun u o’z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. Ushbu holat statistikani vujudga kelishida boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida ham o’z ifodasini topdi. CHet el mamlakatlarida xozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida qismi sifatida tashkil topdi.
Har qanday fan o’z o’rganish ob’ektini ma’lum usullar yordamida o’rganadi.
TIF statistikasi ham o’z ob’ektini xususiy metodlari yordamida o’rganadi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Ommaviy statistik kuzatish metodi;
2. Kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruxlash;
3. Turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (masalan, mutloq va nisbiy miqdor, o’rtacha miqdor, indeks va hakozo)hisoblash;
4. Tanlanma kuzatish usuli, statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko’rinishida ifodalash.
TIF statistikasi faqat fan bo’libgina qolmasdan, shu bilan birga amaliy faoliyatning muxim sohasi xamdir.
TIF statistikasi doim ommaviy mashg’ulotlarga asolanadi. Kerakli paytda u o’zining boshlang’ich kuzatishini ham tashkil etadi. Ommaviy boshlang’ich ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi va pirovard natijada umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar to’plamiga umumiy baho beradi. Statistika har xil o’lchov birliklaridan foydalanadi. Jumladan, ko’rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat birliklarida ifodalaydi.
O’tgan yillar mobaynida tashqi iqtisodiy kompleks bo’yicha olib borilayotgan ishlar, tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi tomonlar faoliyatini Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida xorijiy