3. SHeriklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
Biznesdagi muvaffaqiyat ma’lum darajada tadbirkorning sheriklari bilan aloqasi qanchalik to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq.
SHerik deb, biror bir birgalikdagi faoliyatning ishtirokchisiga aytiladi. Bir yoki bir necha tadbirkorlik loyihalarini hamkorlikda amalga oshirayotgan korxona va tashkilotlar ham sherik bo‘lishlari mumkin.
Tadbirkorning sheriklari bilan alohalarini mustaqkamlashda quyidagilar katta ahamiyatga ega:
• umumiy g‘oyaga qiziqqan va ularni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan sheriklar bilan aloqa o‘rnatish. SHeriklarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashlari uchun emas, balki, birgalikda unumli ishlash uchun tanlash kerak. Har bir sherik firma rivoji uchun o‘z qissasini, tajriba va ma’lum malakalarini qo‘shishi kerak.
• qarindosh va do‘stlar bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor berish kerak, chunki, biznes tadbirkorlik xavf-xatar asosida ko‘riladi;
• boshliq bilan tuzilgan kelishuv (kontrakt) shartlariga qattiq rioya qilinishi kerak. Bunda qaysi sherikning faoliyatga qushadigan hissasi (puli, xom ashyo, jihoz, mexnat sarfi) albatta aks ettirilishi lozim;
• agar sherik firmaning mehnat jamoasiga qushilmoqchi bo‘lsa, u holda uning majburiyatlarini bajarish muddati, ishga kirish vaqti va ish kunining davomiyligi belgilab berilishi kerak:
• haq to‘lash shartlari;
• ijtimoiy imtiyozlar (berilgan bulsa);
• korxona boshqarilishidagi ishtiroki;
• yil natijalari buyicha dividentlar to‘lash shartlari;
• ishdan o‘z hohishi bilan yoki turli xildagi nojuyaliklar oqibatida bo‘shagandan o‘z ulushini olish va hokazolar ta’minlanadi.
Kontraktda tomonlar hohishi bilan boshqa masalalar ham ko‘rsatilishi mymkin. Kontrakt, odatda, ma’lum muddatga tuziladi, tomonlar unga qo‘l qo‘yadilar va bittadan nusxani olib qoladilar.
Firma yoki tadbirkor tomonidan tovar yetkazib beruvchi va pudratchilarni to‘g‘ri tanlash muhim ma’noga ega. Ular munosabatining tavsifi buyurtmachi firmasining tijorat muvaffakiyatiga bog‘liqdir. Ki-chik biznesdagi tadbirkor strukturalar o‘zlarining munosabatlarini qo‘yidagilarni qisobga olib o‘rnatishlari kerak:
• xom-ashyolarga sarfni, ularning sifati va yetkazib berish muddatiga zarar yetkazmasdan kamaytirish;
• buyurtmachi-korxonalar tomonidan bir necha tovar yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga solish maqsadga muvofiqligi;
• tovar yetkazib beruvchilarga kafolatlangan bozor, zaqiralar yoki buyurtma qissasini qaytadan taqsimlash, sarmoyador subpudratchilar foydasiga hal bo‘ladigan uzoq muddatli shartnomalar tuzilishi. Mol yetkazib beruvchilar bilan yangi munosabatlarning mohiyati quyidagicha:
• ma’lumotlarning erkin almashinuvi;
• turli yunalishlarda, boshqaruvning turli pog‘onalarida ko‘p miqdorda aloqa o‘rnatish;
• umumiy ishlab chiqarish muammolarini birgalikda yechishga, yangi maqsulot texnologiyalarini ishlab chiqishga subpudratchilarni jalb qilish.
Biznesga amerikachasiga yondashishda: ishlab chiqaruvchi va mol yetkazib beruvchilardan iborat guruxdan eng yaxshi komanda chiqadi. Ishbilarmon sheriklar o‘rtasidagi yangi tizimni o‘rnatadi:
• buyurtmachi firmaga xomashyoni, yarimtayyor holdagi maxsulotlarni bir maromda yetkazib berish, ishlab chiqarishni tezlashtirish, iste’molchilarning har bir talabining o‘zgarishiga tezda javob berish qobi-liyatini rivojlantirish, harajat darajasini kamaytirish, unga yetkazib beriladigan xomashyo va komplektlovchi buyumlar sifatini ko‘tarish;
• mol yetkazib beruvchi firmaga o‘z mahsulotining nisbatan uzoq muddatga sotuv bozori kafolatlanganligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha afzalliklarni yaratib berish.
G‘arbda o‘tkazilgan kuzatuvlar kompaniyalar o‘zlarining asosiy sheriklari bilan ish yuzasidan munosabatlarida yangi qonun qoidalarini qo‘llanishi quyidagi ijobiy natijalar berishini ko‘rsatdi:
• ishlab chiqarish maydonlariga talab 40—70% ga kamayadi;
• firmaning qo‘shimcha harajatlari 30—50% ga kamayadi;
• tugallanmagan qurilish va ishlab chiqarish zaxiralari qajmi 50—100 foizga kamayadi;
• ishlab chiqarishning umumiy sarf xarajati 30—50 foizga kamayadi;
• yaroqsiz mahsulot darajasi 2 dan 0,01 foizgacha kamayadi.
Ishbilarmonlik munosabatlarining yangi tartib tarafdorlari, bu natijalar bir-biriga katta firmaning kichigiga xurmat bilan munosabatda, o‘z-o‘zini boshqarish va sheriklar o‘rtasida o‘zaro ishonch bo‘lmaganda, bu natijalarga erishish mumkin emas edi, deb qisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |