Biznes axloq me’yorlari va tadbirkorlik etikasi.
Reja:
1.Tadbirkorlik etikasi
2.Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish
3.SHeriklar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar
4.Xizmat yuzasidan munosaatlar
1.Tadbirkorlik etikasi
Tadbirkorlik etikasi - bu ishbilarmonlik tuzilmalari va davlat, ishlab chiharuvchi va iste’molchi, mijoz va sotuvchi, ishbilarmonlar, raqobatchilar xamda korxona ichidagi ishlovchilar orasidagi ma’naviylik me’yorlari tizimidir.
Biznes etikasi me’yorlari mamlakatdagi ishchanlik ruxi va uning xususiyatlarini belgilaydi.
Etika tushunchasi ikkita jixatni o‘z ichiga oladi:
- etika - bu, ma’lum jamiyat, kishilar guruxi, kasbkorlar uchun qo‘llaniladigan ruxiy va axloqiy me’yorlar tizimidir;
- etikaviy me’yorlar xuquq bilan, ya’ni davlat tomonidan belgilangan yoki sanksiyalangan umummajburiy o‘zini tutish qoidalari va me’yorlari majmuasi bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, insonning har qanday faoliyati, shu jumladan ishbilarmonlik ham, etika va xuquqiy o‘lchovlari bilan baholanadi. Amaldagi qonunchilik jamiyatta o‘z hoqish-irodasini biznesning axloqiy-huquqiy o‘lchovlari asosida ifodalash uchun imkon yaratadi. Ishbilarmon qonunni buzganligi uchun ma’lum jazo belgilansa, uning biznesda etika va ahloqiy-huquqiy me’yorlarni buzganligi uchun u jamiyatning qahr-g‘azabiga duchor bo‘ladi. Buning uchun, jamiyatda yuqori etikaviy me’yorlariga amal qilinishi kerak.
O‘z ishini qonun bo‘yicha olib borish etik va ruhiy-ahloqiy o‘lchovlarga rioya qilish bilan bir xil emas. Biznesda deyarli tez-tez shunday vaziyatlar yaratiladiki, unda, qonunni buzmay turib etikaviy me’yor va qoidalardan og‘ish kuzatiladi, bu esa biznesning nafaqat o‘zi uchun, balki jamiyat uchun ham salbiy natijalar keltirishi mumkin.
Keyingi o‘n yillikda G‘arbda biznes etikasiga rioya qilish muammosi jamiyat qayotida eng og‘riq nuktalardan biriga aylandi. Qozirgi sharo-itlarda bu masala bizning respublikamizda xdm muhim bo‘lib bormoqda. Xufiyona biznes sohasining kengayishi, korrupsiyaning kuchayishi, nohaq raqobat, ishlab chiqarishda ehtiyotkorlik me’yorlari, mahsulot sifati standartlari bilan hisoblashmaslik, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar ishbilarmonning roli to‘g‘risida jamiyatda salbiy fikr paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Ijtimoiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra bizning Vatanimiz ishbilarmonlarining ilmiy saviyasi rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan past ekanligi aniqlanadi. Bunda umuman, hamdustlik mam-lakatlaridagi, biznesning o‘zi faoliyat soqasi sifatida ijobiy qabul qilinsada, uning amalga oshirilish shakli ijobiy baqolab bo‘lmaydigan darajada deb baqolanadi. O‘z navbatida, ishbilarmonlar qaqidagi jamiyatning salbiy fikrlari ham albatta, biznesning normal taraqqiyotiga putur yetkazishi turgan ran.
Biznes etikasining asosiy qoidalariga quyidagilar kiradi: qonunni hurmat qilish, to‘g‘rilik, o‘z so‘ziga va tuzilgan shartnomaga javob berish, ishonchlilik, ishonch va ijtimoiy javobgarlik, xech qachon va qech qanday sharoitda o‘z xizmatchilarini, buyurtmachilarni, hissadorlarni, raqbarlarni, mol yetkazib beruvchilarni, nazorat qiluvchi idoralarni aldamaslik majburiyatlari va boshhalar.
Taraqqiy topgan davlatlarda, ayniqsa Yaponiya va AQShda firmalarning «etika kodeksi» va biznesmenlarning aloqida kasb ustalari guruxlarining «ishbilarmonlar kodeksi» keng qo‘llanadi. Ularni sex eti-kasi kodeksi deb ham atash mumkin. Ushbu kodekslarga binoan u yoki bu tarmoq firmalari bir xil etika o‘lchovlarini qo‘llaydilar. Bunday kodekslar raqobatchilarning etikaga xilof xulqlarini aniklashni oson-lashtiradi. Ishbilarmon biznes kodeksining asosiy qismlaridan biri ishbilarmon va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlar qisoblanadi.
Eng birinchi «Biznesmen kodeksi» amerikaliklar tomonidan 1913 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yettita ish yuritish qoidasi qabul qilingan. Bu qoidalar bitta asosga jamlangan bo‘lib, bu biznes sohasidagi usul va siyosatni baqolashda ularning xaqiqat va adolatlilik tushunchalariga mos kelishi bilan belgilanganidir.
Vaqt o‘tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to‘plangan, ularning tajribasiga asoslangan, umumlashgan G‘arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo‘lgan ishbilarmonlikning o‘n nasiqati bunga asos bo‘ldi. Bu nasiqatlarga har bir tadbirkor amal qilishi kerak. Ular quyidagilardan iborat:
Tadbirkorlik ishiga oid g‘oya topish. Siz bozorga kanday tovar (mol), xizmat turlarini taklif kilayotganingiz hakida aniq tasavvurga ega bo‘lishingiz kerak. Avval o‘zingiz qila oladigan narsadan nimani sotish mumkinligini hal qilib, so‘ngra ishlab chiqarish kerak. Yangilikni qidiring. Raqobatdan qo‘rqmang. Bu — bozorda bor narsa, unga o‘ylanib o‘tirish yaramaydi. Sizda raqobatchilarga qarshi uchta kuchli qurol borligini esda tuting: Ular sifat, narx va reklamadir.
Sifat — bu iste’mol xususiyatlarining (xossalarining) majmuidir. Xaridorga oxir-okibatda shunchaki buyumlar yoki xizmatlar kerak emas. Unga o‘z muammolarining yechimi kerak. Aynan shu katta pul turadi va eng ko‘p foyda beradi. Masalan: devor bloklarini ishlab chiqarish va sotish mumkin. Ammo butun kuch-quvvatini jamlab, xaridorga tayyor uy taklif kilish ancha foydalirqdir.
Biznes-reja tuzing. Unda: Nima sotish kerak? Ularni nimadan tayyorlash kerak? Bu qancha turadi? Kim uni sotib oladi? Xaridorlar tovar qaqida bilishlari uchun nima qilish kerak? Sotuvni qanday qilib kengaytirish va boshqa masalalar ifodalanishi zarur.
Narxni tushirishdan xavfsiramang, uni ko‘tarishdan qo‘rqing. Foyda, ikkita buyumni qimmat sotishda emas, balki ikki ming, ikki million xaridorga o‘z tovaringizni yoki xizmatingizni ularga mos narxda sotishingizdir.
O‘z tovaringizni reklama kiling. Mahalliy ro‘znomada o‘z ishingiz qaqida ma’lumot bering. Xaridor bo‘lish eqtimoli borlarga xat yuboring. E’lonlar, plakatlarga buyurtma bering va joylarga yopishtirib chiqing. Sotmoqchi bo‘lgan narsangiz haqidagi ma’lumotlarni qanday qilib qisqa va aniq bayon qilish qaqida o‘ylab ko‘ring.
Kredit olish mumkin bo‘lsa, uni olishdan qo‘rqmang. Siz, yoki pul topib kreditni qaytarasiz, yoki pul topmaysiz va uni qaytarmaysiz. Bor muammo shu.
Yuqoridagi kredit miqdori — bank tavakkali uchun to‘lovdir. Omonat bankidan uy qurilishi uchun kredit oling, uni ko‘ring va ishlab chiqarish asosi sifatida ishlating. Xo‘jalik blokini ko‘ring — bu sizning omborxonangiz bo‘ladi. O‘sha joydan yana kredit oling — usiz ish qilish qiyin, yoki, mashinani qaydovchisi bilan ijaraga oling.
Xayrihoh bo‘ling. Axir, har bir ishbilarmon sherik, sizga bo‘ysunuvchi har bir xodim xuddi siz kabi insondir. Bunday odam bilan birga ishlash shaxsan siz uchun juda yoqimlidir.O‘zingiz ham shunday bo‘ling va odamlardan birdaniga ko‘p narsa talab qilmang.
Bir ishingiz oldinga ketdimi — darrov unga boshqasini qo‘shing. Biri bo‘lmasa ikkinchisi qoladi. Avval mashina ijarasi va prokatini, so‘ngra — ularni ta’mirlashni tashkil qiling.
Bugun sizning asosiy sarmoyangiz o‘zingiz ekanligingizni unutmang. Bu sarmoyani sutkasiga 24 soat samarali ishlashga majbur qiling. Ichmang va chekmang— bu sizni xonavayron qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |