E) Gigiyenik talablar. Sinfda tegishli harorat tartibiga, yoritish me'yoriga va boshqa gigiyenik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning uchun ham o’qituvchi ularga rioya qilinishini kuzatib borishi, bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan charchashining oldini olish uchun o’quv ishidagi bir xillikdan, bayonni bir ohangda bo’lishidan ehtiyot bo’lish, nazariy materialni har xil sezgi a'zolarini ishga jalb etish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borishi kerak.
Fikrlash faoliyatining kuchlanishini talab qiluvchi topshiriqlar ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallarni ishlatish, darslik bo’yicha murakkab bo’lmagan topshiriq va mashqlarni bajarish bilan almashinishi kerak. Shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarishda shaxsiy gigiyena masalalariga alohida e'tibor berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |