yakuniy suhbat.
Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga barcha ish qurollarini to’plashni, ularni tozalab, ko’rsatilgan joyga qo’yishni taklif qiladi. Vaqtning bir qismi o’quvchilarning o’zlarini tartibga keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo’llarini sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi.
Darsni muvaffaqiyatli o’tishi va qafiy intizomga erishish uchun o’qituvchi yana ish boshlangungacha har bir o’quvchiga mehnat qiladigan maydonchani ko’rsatadi, shuningdek, kerakli individual ish qurollarini va ekish materialini beradi. Har bir o’quvchi ish bilan band bo’lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi va baholanishi kerak.
Maktab geografiya maydonchasida o 'tkaziladigan dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko’p qismini maktaboldi yer maydonida jihozlangan geografiya maydonchasida o’tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntiriishi va o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan murakkab mavzular o’iganiladi. Geografiya maydonchasida ishni tashkil etish maktaboldi maydonidagidek bo’ladi. Geografiya maydonchasidagi darsga “Tabiatda suv” mavzusidagi dars misol bo’lishi mumkin. Buning uchun maydonchaga suv (vodoprovod krani) keltirilib, tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar suv oqimi yo’liga har xil to’siqlar qo’yilsa, qiiB'oqlarning yuvilish, orollarning hosil bo’lish, daryoning oqimi, irmog’i va quyilishi manzarasini vujudga keltirish mumkin. Geografiya maydonchasida o’quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko’ringani uchun, yotiq va tik yonbag’irliklarini qarab chiqadilar, keyin o’zlari qumda tepalik modelini tayyoriaydilar.
Shuningdek, soyni uning yaxshi ko’rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, quyilishi, o’ng va chap qirg’oqlari bilan modellashtirish mumkin.
Bunda o’quvchilar Quyoshning ufq ustidagi balandligini aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o’lchashga, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o’rganadilar, tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Geografiya maydonchasida 3-4- sinf o’quvchilari bilan mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash, kompas bo’yteha aniqlash, quruqlik yuzasining shakllari, tog’lar kabi mavzularda darslar olib borish mumkin, bu darslar bolalarni qiziqtiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog’liqdir.
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi dars odatda mavzu o’rganilgandan keyin o’tkaziladi. Uning didaktik maqsadi ilgari o’tilgan qator darslar mazmunini bir-biriga bog’lash, ulardagi eng muhim masalalarni aniqlash va, umuman, mavzu bo’yicha umumlashgan xulosalar chiqarishdir.
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi darslar mazmuniga yangilik elementlarini: yangi misollar, oldingi darslarda foydalanilmagan ko’igazmali qurollar, diafilmlar, diapozitivlar kiritilishi lozim.
O’qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga puxta tayyorlanishi (o’rganilgan mavzu bo’yicha savollar ro’yxatini tuzish, umumlashtiravchi jadval o’ylab chiqish, individual didaktik kartochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlarning o’zlashtirilganligini chuqurroq tekshirish uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan, shuningdek, o’quvchilar tomonidan avval tayyorlangan albomdan foydalanish mumkin.
O’quvchilar bilimini tekshirishda umumlashtiruvchi jadvallar alohida ahamiyatga ega, chunki ularda o’yin elementlari bor. Misol sifatida “To’rtinchisi ortiqcha” jadvalini keltirish mumkin. Bu jadvalning har bir qatorida to’rtta umumiy bo’lgan hayvonlardan uchtasi ular uchun umumiy bo’lgan belgi bo’yicha alohida guruhga birlashtirilishi mumkin. “To’rtinchisi ortiqcha” nomli o’yin jadvali
Chittak
|
Olmaxon
|
Chumchuq
|
Zag’cha
|
Yo’lbars
|
Bo'ri
|
Tovushqon
|
Mushuk
|
It
|
Sigir
|
Cho’chqa
|
Qo’y
|
Pashsha
|
Chivin
|
Karam kapalagi
|
Asalari
|
Tovuq
|
o’rdak
|
g’oz
|
Kakku
|
Qarg’a
|
Jiblajibon
|
Qaldirg’och
|
Popishak
|
Jadvalga har xil qushlar oyoq va boshlarining rasmlari ilova qilinadi. Bolalar ularning oyoqlari nima bilan farq qilishini, suvda suzuvchi yirtqich qushlar hayotida qanday rol o’ynashini, shuningdek, tumshuqlari ovqatlanishida qanday yordam berishini tushuntirishlari kerak.
Takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslarning tuzilishi quyi-dagicha bo’lishi mumkin: 1) o’qituvchining kirish so’zi, bunda o’rganilgan mavzuning ahamiyatini tushuntiradi, dars maqsadi va rejasini bildiradi; 2) o’quvchilarning individual, birgalikda og’zaki yoki yozma umumlashtirilgan tipdagi topshiriqlarni baja-rishlari; 3) ishning bajarilishini tekshirish va yetishmovchilikni bartaraf etish; 4) diafilmlar namoyish qilish; 5) yakun chiqarish.
Izohli o’qish darsi, kino va teledars, shuningdek, ekskursiya darsi ham didaktik xususiyatga ega darslar tipigakirib, katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |