6. SUYUQLIKNING ERKIN SIRTI Suyuqlikning erkin sirti deb uning idish devorla-riga
tegmay turgan sirtiga aytiladi.
Idishga quyilgan suyuqlikka og’irlik kuchi ta’sir qiladi.
Suyuqlikning erkin sirtini tashkil qiluvchi hamma
molekulalar bu kuch ta’siri ostida bir xil balandlikda
yoki bir xil sathda joilashmaguncha, suyuqlik yuqoriroq
joilaridan pastroq joylariga siljiydi.
Sath deb istalgan gorizontal sirtga aytiladi. Sirtning
gorizontalligini aniqlashda ishlatiladigan asbob
v a t e r p a s deb ataladi
Suyuqliklardan farqli o’laroq gazlarda erkin sirt yo’q.
Buning sababi tushunarli. Gazlarda moleku-lalar
suyuqliklarnikiga qaraganda bir-biridan ancha uzoq
joylashgan. Gazlarda molekulalarning o’zaro tortishish
kuchi juda kichik shuning uchun gaz molekulalari har
tomonga uchib o’zlariga berilgan hajmni butunlay
egallaydi.
1. Suyuqlikning erkin sirti deb qanday sirtga aytiladi? 2.
Anchagina keng idishlarda suyuqlikning erkin sirti
gorizontal joylashishining sababini qanday tushuntirish
mumkin? 3. Sirtning gorizontalligi tekshiriladigan asbob
nima deb ataladi? 4. Gazlarda erkin sirtning bo’lmasligini
qanday tushuntirish mumkin?
37. SUYUQLIK VA GAZ ICHIDAGI BOSIM Yerdagi hamma jismlarga bosgani singari suyuq-likka
ham og’irlik kuchi ta’sir qiladi. Shuning uchun idishga
quyilgan suyuqlik o’zining og’irligi bilan bosim hosil
qilib, bu bosim Paskal qonuniga asosan hamma
yo’nalish bo’yicha uzatiladi. Demak suyuq-lik ichida
ham bosim mavjud ekan. Bunga tajribada ishonch hosil
qilish mumkin.
Pastki teshigi yupqa rezina parda bilan berkitilgan
shisha nayga suv quyamiz. Suyuqlikning og’irligi
ta’sirida nayning rezina pardali tubi qavarib chiqadi
(quyidagi ras).
Rezina parda ustidagi suv ustuni qancha baland bo’lsa,
pardaning shuncha ko’p kavarib chiqishini tajriba
ko’rsatadi (yuqoridagi rasm). Ammo nayning rezina tubi
qavarib chiqqandan so’ng har safar naydagi suv
muvozanatga keladi (to’xtaydi), chunki suvga og’irlik
kuchidan tashqari rezina pardaning elastiklik kuchi ham
ta’sir qiladi.
Ichiga suv quyilgan rezina tubli nayni birmuncha keng
bo’lgan suvli boshqa idishga tushiramiz Nayni pastga
chuqurroq tushirgan sari rezina parda asta-sekin
to’g’rilana borishini ko’ramiz. Rezina pardaning
butunlay to’g’rilanishi, unga yuqoridan va pastdan
bo’lgan bosimlarning bir xil ekanini ko’rsatadi. Suvning
naydagi va idishdagi sathi bir xil bo’lganda parda to’liq
to’g’rilanadi.
Rezina parda yon tomonidagi teshikni yuqoridagi
rasmda ko’rsatilgandek bekitib turadigan nay bilan
ham xuddi shunday tajriba o’tkazish mumkin. Agar
bu suvli nay suvli ikkinchi idishga tushirilsa, naydagi va
idishdagi suvlarning sathlari tenglashishi bilan pardaning
to’g’rilanib qolganini payqaymiz. Bu esa suyuqlikning
rezina pardaga yon tomondan beradigan bosimi ham
ikkala tomondan bir xil ekanini birdiradi.
Tubi tushib ketadigan idish olamiz. Uni suvli bankaga
tushiramiz. Bunda suvning pastdan yuqoriga berayotgan
bosimi tufayli idish tubi idish chetlariga jips yopishib
turadi
So’ngra idishga ehtiyotlik bilan suv quyamiz.
Idishdagi suvning sathi bankadagi suvning sathi bilan
tenglashganda idish tubi idishdan ajraladi.
Ajralish paytida idish tubiga yuqoridan idishdagi
suyuqik ustuni bosadi, pastdan yuqoriga esa banka
ichidagi xuddi shunday suyuqlik ustuni bosadi. Bu ikkala
bosim kattalik jihatidan bir-biriga teng, idish tubi esa
og’irlik kuchi ta’sirida stilindrdan ajraladi.
Yuqorida suv bilan o’tkazilgan tajribalar bayon etildi,
ammo suv o’rnida boshqa biror suyuqlik olinganda ham
xuddi shunday bo’lar edi deb, xulosaga kelish qiyin
emas. Shunday qilib, suyuqlik ichida bosim mavjud va
bu bosim ayni bir sathda hamma yo’nalishlar bo’yicha bir-
biriga teng ekanligini tajribalar tasdiqdaydi. Chuqurlik
oshgan sari bosim ortadi.
Gazlar bu jihatdan suyuqliklardan hech farq
qilmaydi, chunki ular ham og’irlikka ega. Ammo
shuni esda tushish kerakki, gazning zichligi suyuqlik
zichligidan bir necha yuz marta kichik. Idishdagi
gazning og’irligi juda oz va uning «og’irlikdan
bo’ladigan» bosimini ko’pchilik hollarda hisobga
olmasa ham bo’ladi.
1. Suyuqlik ichida turli sathlarda bosimning har xil
bo’lishini, ayni bir sathning hamma yo’nalishlarida esa
bir xil bo’lishini tajribada qanday qilib ko’rsatish
mumkin? 2. Gazning og’irligi tufayli hosil bo’lgan
bosim ko’pchilik hollarda nima uchun e’tiborga
olinmaydi?