MUSTAQIL ISH
1-sonli MHXS (IFRS) “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini birinchi
marta qoʻllash”. MHXS boʻyicha birinchi moliyaviy hisobot tarkibi
Kirish
1.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita
(MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi
2.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining birinchi marta
qo’llanishi (1-sonli)
3.
MHXS bo’yicha birinchi hisobot tayyorlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek:
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning
yuqori sur‟atlarini saqlab qolish, jumladan, milliy valyuta va ichki bozordagi narx
darajasining barqaror bo„lishini ta’minlash - eng muhim ustivor vazifamizdir”.
Shuningdek,
xo’jalik
subyektlarini
yanada
rivojlantirish
masalalari
2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo’nalishlarda
ham
alohida
belgilab
berilgan.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotiga
xorijiy
investistiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etilishi, erkin iqtisodiy zonalarning tashkil
etilishi va faoliyat yuritishi buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari asosida tashkil qilishni zarurat qilib qo’ymoqda. Hozirgi vaqtda
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari xo’jalik subyektlar tomonidan tashqi
foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan buxgalteriya axborotini
tayyorlashda tobora keng foydalanilmoqda. Bu holat axborotni sifatini oshirish,
kapital qiymatini pasaytirish, kapital bozoriga kirishni osonlashtirish kabi bir qator
sabablar bilan izohlanadi. Ma’lumki, moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini
bilmasdan turib ushbu standartlarga otib bolmaydi. Respublika iqtisodiyotining
yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4200 dan
ko’proq qo’shma korxonalar tashkil qilingan. Bu korxonalardan 850 dan ortig’i
Rossiya Federatsiyasiga, 396 tasi Buyuk Britaniya, 242 tasi AQSh, 159 tasi
Qozog’iston, 114 tasi Germaniya va boshqa mamlakatlar investistiyalar
ishtirokidagi korxonalar hissasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, erkin iqtisodiy
zonalar xajmi ham ortib bormoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda buxgalteriya
hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil etish
va yuritishni talab qiladi. Zamonaviy buxgalter va har bir rahbar xodim tomonidan
bank yoki kompaniyani rivojlanishi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashida duch
kelinayotgan iqtisodiy muammolarni hal qilishda o’z buxgalterlariga ishonch hosil
qilgani holda, ularni yuqori malakasi va ish tajribalari xalqaro amaliyot, ya‟ni
moliyaviy hisobotning halqaro standartlari (MHXS)ga tayanib eng yaqin
yordamchi deb qarashi zarur. Bu esa respublikamiz iqtisodiyoti yanada
rivojlanishining muhim omillaridan biriga aylanadi.
Hozirgi vaqtda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlariga (MHXS)
muvofiq buxgalteriya hisobotlarni tayyorlashni boshlashga kompaniyalar soni ortib
bormoqda. Kompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 qarori talablari bilan asoslanadi.
Shuning uchun, hozirgi vaqtda birinchi MHXS hisobotlarini tayyorlash iqtisodiy
muhitda kun mavzusiga aylanib bormaqda. Birinchi MHXS moliyaviy
hisobotlarini tayyorlash murakkab vazifa boʻlib, muhim resurslarni talab qiladi.
MHXSdan birinchi foydalanish muammolari ham uslubiy, ham tashkiliy
boʻlishi mumkin. Uslubiy qiyinchiliklar birinchi MHXS bo’yicha moliyaviy
hisobotlarini tayyorlash uchun MHXS talablarini talqin qilish va amaliy qoʻllash,
bir qator transformatsiya, konvertatsiya qilish, retrospektiv qoʻllash bilan bogʻliq.
Tashkiliy muammolar birinchi MHXS talablari bo’yicha moliyaviy hisobotlarini
tayyorlash va tekshirish jarayonini shakllantirish, birinchi MHXS moliyaviy
hisobotlarini tayyorlash vaqti va sifatini nazorat qilish va boshqa masalalar bilan
bogʻliq.
Ushbu MHXSning maqsadi tadbirkorlik subyektining MHXSlar bo’yicha
birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi
uchun oraliq moliyaviy hisobotlari:
(a)
foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar
uchun qiyoslanuvchan;
(b)
buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga
(MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi sifatida xizmat
qiladigan;
(v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi
mumkin bo’lgan yuqori sifatli ma’lumotlarni o’z ichiga olishini ta‟minlashdan
iboratdir.
Qo’llash doirasi. Tadbirkorlik subyekti ushbu MHXSni: (a) o’zining MHXS
bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va (b) u tomonidan MHXS bo’yicha
birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun BHXS 34-
“Oraliq moliyaviy hisobotlar” ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq
moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday hisobotlari bo’lsa, qo’llashi kerak.
Tadbirkorlik subyektining MHXS bo’yicha dastlabki moliyaviy hisobotlari –
tadbirkorlik subyekti o’z moliyaviy hisobotlarining MHXSlarga muvofiqligi
to’g’risida aniq va shartsiz bildirib, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlarini
qo’llagan birinchi yillik moliyaviy hisobotlaridir. MHXSlarga muvofiq moliyaviy
hisobotlar tadbirkorlik subyektining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy
hisobotlari hisoblanadi, agar tadbirkorlik subyekti, masalan: (a) oldingi davrlarning
eng oxirgisi uchun o’zining moliyaviy hisobotlarini quyidagilarga muvofiq taqdim
etgan bo’lsa:
(i)
MHXSlarga to’liq bo’lmagan darajada mos keluvchi milliy talablarga
muvofiq;
(ii)
MHXSlarga barcha jihatdan mos bo’lgan, lekin tadbirkorlik subyekti
moliyaviy hisobotlarda ularning MHXSlarga muvofiqligi to’g’risida aniq va
shartsiz bildirmagan bo’lsa;
(iii)
MHXSlarning ba’zilariga, biroq hammasiga emas, muvofiqlik
to’g’risida aniq bildirgan bo’lsa;
(iv)
MHXSlarga mos bo’lmagan milliy talablarga muvofiq bo’lib, ushbu
hisobotlarda milliy talablar belgilanmagan moddalar ayrim MHXSlar asosida
hisobga olingan bo’lsa; yoki
(v)
milliy talablarga muvofiq bo’lib, ushbu hisobotlardagi ba’zi
summalarning MHXSlarga muvofiq aniqlanadigan summalar bilan qiyoslamasi
taqdim etilgan bo’lsa;
(b) moliyaviy hisobotlarni MHXSlarga muvofiq faqat ichki foydalanish uchun
tayyorlagan bo’lsa, va ushbu hisobotlarni tadbirkorlik subyektining egalari va
boshqa tashqi foydalanuvchilariga taqdim etilmagan bo’lsa;
(v) hisobotlar to’plamini jamlash (konsolidatsiyalash) maqsadida MHXSlarga
muvofiq tayyorlagan bo’lsa-da, lekin bunda (2007-yil tahriridagi) 1-sonli BHXS 1
“Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish”da belgilangan moliyaviy hisobotlarning
to’liq to’plamini tayyorlamagan bo’lsa;
Ushbu MHXS tadbirkorlik subyekti MHXSlarni birinchi marta qabul
qilganida qo’llaniladi. U, masalan, quyidagi holatlarda qo’llanilmaydi:
(a)
agar tadbirkorlik subyekti oldin moliyaviy hisobotlarni milliy
talablarga ko’ra taqdim etish bilan birga ularning yana bir to’plamini MHXSlarga
muvofiqlik to’g’risida aniq va shartsiz bildirib taqdim etgan bo’lsa, keyinchalik
moliyaviy hisobotlarni milliy talablarga ko’ra taqdim etishni to’xtatsa;
(b)
agar tadbirkorlik subyekti otgan yil moliyaviy hisobotlarini milliy
talablarga ko’ra taqdim etgan bo’lsa va ushbu moliyaviy hisobotlarda MHXSlarga
muvofiqlik to’g’risida aniq va shartsiz bildirgan bo’lsa;
(v) agar tadbirkorlik subyekti o’tgan yil moliyaviy hisobotlarida MHXSlarga
muvofiqlik to’g’risida aniq va shartsiz bildirgan bo’lsa-da, auditorlar ushbu
moliyaviy hisobotlar bo’yicha tushuntirish paragrafi bilan auditorlik xulosasini
bergan bo’lsa.
Oldingi hisobot davrida MHXSlarni qo’llagan tadbirkorlik subyekti, uning
eng oxirgi yillik moliyaviy hisobotlarida MHXSlarga muvofiqlik to’g’risida aniq
va shartsiz bildirmagan bo’lsa, mazkur MHXSni qo’llashi yoki 8-sonli BHXS
“Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar” ni
retrospektiv tarzda, xuddi tadbirkorlik subyekti MHXSlarni qo’llashni hech qachon
to’xtatmaganidek, qo’llashi kerak.
Tadbirkorlik subyekti ushbu MHXSga muvofiq qo’llamaslikni tanlasa, bunga
qaramay, 1-sonli MHXSda belgilangan ma‟lumotlarni ochib berish bo’yicha
talablar bilan 8-sonli BHXSdagi ma‟lumotlarni ochib berish talablarini qo’llashi
kerak.
MHXSlarni qo’llovchi tadbirkorlik subyekti tomonidan hisob siyosatlariga
kiritiladigan o’zgarishlarga nisbatan mazkur MHXS qo’llanilmaydi. Bunday
o’zgarishlarga nisbatan quyidagilar qo’llaniladi: (a) 8-sonli BHXS “Hisob
siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar” ning hisob
siyosatlaridagi o’zgarishlarga nisbatan talablari; va (b) boshqa MHXSlarning o’tish
davriga oid maxsus talablari;
Tan olish va baholash MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi
boshlang’ich hisobot;
Tadbirkorlik subyekti MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi
boshlang’ich hisobotni MHXSlarga o’tish sanasiga tayyorlashi va taqdim etishi
kerak. Bu sana buxgalteriya hisobini MHXSlarga muvofiq yuritishning boshlanishi
hisoblanadi.
Hisob siyosatlari.Tadbirkorlik subyekti MHXS bo’yicha moliyaviy holat
to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida va uning MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy
hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo’llashi
kerak. Ushbu hisob siyosatlari MHXS bo’yicha birinchi hisobot davrining oxirida
kuchga ega hamma MHXSlarga mos kelishi lozim.
Tadbirkorlik subyekti MHXSlarning oldinroq amalda bo’lgan boshqa
tahrirlarini qo’llamasligi kerak. Tadbirkorlik subyekti qo’llanilishi hali shart
bo’lmagan yangi MHXSni, mazkur MHXSni muddatidan oldin qo’llash ruxsat
etilganida, qo’llashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |