Psixolog lavozimi vazifasining malaka tavsiflari - maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
psixologik-pedagogik tashxis va korrektsion ishlarni tashkil etish, 5-7 yoshgacha bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda bolalarni diagnostik tekshirishdan o'tkazish, ularning umumiy o'rta ta'lim maktabida 1-sinfda o'qishga va moslashishiga psixologik tayyorgarligini aniqlash va tegishli xulosani rasmiylashtirish hamda ota-onalarga tavsiyalar berishdan iborat. DMTT metodisti F.Ya.Sabitova barcha lavozim malaka tavsiflari yuzasidan batafsil to'xtalib o'tidi.
DMTT hamshirasi N.Baxtiyorova so’zga chiqib “Bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish yo'riqnomasi” bo’yicha quydagilarni bayon qildi: Bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish barcha xodimlarning asosiy vazifalaridan biridir. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar bilan olib boriladigan asosiy vazifalaridan biri bu bolaning sog'lig'ini saqlash va xayotini saqlash va xayotini muxofaza qilishdir. Barcha xodimlar o'z ish vazifasiga mas'uliyat bilan yondoshgan holda har bir tarbiyalanuvchini
hayoti sog'lig'i va xavfsizligiga birdek javobgar hisoblanadi. Ayniqsa, butun dunyoga yoyilgan koranavirus pandamiyasi ta'lim soxasi oldiga ham yangi muammo va talablarni qo'ymoqda. Mamlakatimizda koranavirus infektsiyasi aniqlangandan so'ng extiyotkorlik choralari yanada oshib bormoqda .Har birimiz ehtiyotkorlikni va ziyraklikni ikki barobar oshirib borishimiz va ota onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishimiz, ertalabki qabul jarayonini sifatli tashkil etishni, ota-onalar bilan suhbat uyushtirish , fil`trni to'g'ri tarzida o'tkazish aloxida takidlab o'tildi. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustaxkamlash maktabgacha ta'lim tashkilotining pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta'lim tashkilotiga xududiy sog'liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.DMTTda tarbiyalanuvchilarning hayotini muhafaza qilish va sog'ligini mustaxkamlash tashkil etish uchun direktor mas'ul hisoblanadi.Tarbiyalanuvchilarning hayotini va sog'ligini mustaxkamlashni muhofaza qilish maqsadida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida telefon apparatlari mavjud bo'lgan joylarda, shuningdek barcha xodimlar kirish va ko'rishish mumkun bo'lgan joylardagi e'lonlar taxtasiga yong'in havfasizligi favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining telefon raqamlari ko'rsatilgan ma'lumotlar osib qo'yiladi. Va albatta barcha guruh tarbiyachilarda tarbiyalanuvchilarning uy manzillari va ota onalari yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslar bilan bog'lanish mumkun bo'lgan telefon raqamlari yoki boshka aloqa vositalari haqida ma'lumotlar bo'lishi kerak tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lgan vaqtda ularni yolg'iz va nazoratsiz qodirish taqiqlanadi. Tarbiyalanuvchilarni DMTTdan tashqariga ekskursiyaga olib chiqish, yoki ularni sayrga olib chiqishda tashkilot direktori va ota-onalar xabordor qilinishi shart. Ertalab har bir bolani ota-onasi yoki uni o'rnini bosuvchi shaxslar shaxsan tarbiyachining qo'liga topshirishi lozim. DMTT hamshirasi N.Baxtiyorova mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi
DMTT direktori G.D.Gulyamova “Mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi yo'riqnomasi” bilan tanishtirib, quydagilarni bayon qildi: Mehnatni muhofaza qilish:ish vaqti va dam olish vaqti, yoshlar va ayollar mehnatini muhofazasi, ichki mehnat tartib qoidalari, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar sodir bo'lganda xodimning birinchi navbatdagi harakatlari. Texnika xavfsizligi: xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari va ulardan himoyalanish, korxonadagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining asosiy sabablari, ish joyidagi uskunalar (texnikalar) va ishlab chiqarish jarayonining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) talabiga mosligi, to'suvchi, saqlovchi va ogohlantiruvchi uskunalar, xavfsizlik belgilari va ranglari, elektr tokining odam organizmiga ta'siri, elektr tokidan tan jarohati oldini olish chora tadbirlari, korxonaga va ish joyiga qo'yilgan xavfsizlik talablari. Texnika xavfsizligi Yuriqnomasi talablarini buzganda xodimning javobgarligi kabi masalalarni o'z ichiga olgan kirish yo'riqnomasi tuziladi DMTT direktori M.A.Bostonkulova mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
DMTT metodisti F.Ya.Sabitova jamoa shartnomasi bilan tanishtirib, quydagilarni bayon qildi: Ushbu jamoa shartnomasi (keyingi o'rinlarda shartnoma deb yuritiladi) 112-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotii xodimlari (keyingi o'rinlarda xodimlar deb yuritiladi) va tashkilot (keyingi o'rinlarda ish beruvchi deb yuritiladi) o'rtasida mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Ushbu shartnoma barcha xodimlarga, shu jumladan shartnoma kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. Ushbu jamoa shartnomasi (keyingi o'rinlarda shartnoma deb yuritiladi) 112-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotii va xodimlari (keyingi o'rinlarda xodimlar deb yuritiladi) hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori (keyingi o'rinlarda ish beruvchi deb yuritiladi) o'rtasida mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Ushbu shartnoma barcha xodimlarga, shu jumladan shartnoma kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. DMTT metodisti F.Ya.Sabitova mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Ichki mehnat tartib qoidalari bilan DMTT xo’jalik ishlari mudiri I.Sapaxanova tanishtirib quydagilarga to’xtalib o’tdi. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti ish faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish va mehnat intizomini mustahkamlash maqsadida Ichki mehnat tartib qoidalari tuziladi. Ichki mehnat tartib - qoidalari tashkilotlarda mustaqil ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va jamoa shartnomasiga ilova bo'lib hisoblanadi. Ichki mehnat tartib qoidasi - bu lokal akt hisoblanib, jamoadagi hamkorlikdagi mehnatni tartibga soladi va tashkilotdagi faoliyatni samarali tashkil etishga xizmat qiladi, mehnat intizomini kuchaytiradi, sog'lom muhitni yaratishga yordam beradi, xodimlarning vazifasiga mas'uliyat bilan, ijodiy va javobgarlikni his etgan holda yondashishlariga sabab bo'ladi, yuqori sifatli ishni ta'minlaydi, ish kunini unumli tashkil etishga xizmat qiladi. Ichki mehnat tartib qoidalari:xizmatchilarni ishga qabul qilish va bo'shatishni, mehnat shartnomasiga asosan tomonlarning asosiy huquq, majburiyatlari va javobgarliklarini oshirishni, ish vaqti, kun tartibi va o'zgaruvchan jadvalli mehnat haftasini, kundalik ish davomiyligi, uning boshlanishi va tugallanishini, belgilanadigan rag'batlantirish choralari va mehnat intizomini buzganlik uchun qo'llaniladigan choralarni, dam olish vaqti va mehnat ta'tillari davomiyligini, ish shartlari va yo'nalishini hisobga olgan holda boshqa mehnat munosabatlarini belgilaydi. DMTT xo’jalik ishlari mudiri I.Sapaxanova batafsil ma’lumot berdi. Yong'in havfsizligi qoidalari bilan tanishtirishtirib quydagilarga to’xtalib o’tdi. U yong'in xavfsizligi qoidalarining asosiy talablariga rioya qilishini talab etgan xolda bir qator qoidalarni eslatib o'tdi:
- Xonadonlarda qo'lbola yasalgan elektr uskunalaridan foydalanmaslikni;
- isitish pechini o'rnatish uchun maxsus korxona ustalarni chaqirish kerakligini; - isitish pechi va murikonlarining nosoz joylarini o'z vaqtida ta'mirlash kerakligini; - is gazini sezganda darxol gazlarni o'chirib xonani shamollatib, tegishli tashkilotlarga xabar berishlikni; - sun'iy to'siqlar qo'yish va o'zboshimchalik bilan qo'shimcha inshootlar ko'rish ta'qiqlanishini:
Yong'in sodir bulgan xonadon vayronaga aylanishligini, achinarlisi, bir inson yoki kichkintoy gudak ushbu olovda jiddiy tan jaroxati olib, bir umrga nogiron bo'lib kolishligini yoki kurbon bo'lishini, kimningdir beparvoligi okibatida bir necha dakikalarda katta yong'in xosil bo'lishligini, uni bartaraf etish uchun yong'in uchiruvchilar xamisha shay bo'lib turishligini, yong'in xavfsizligi xodimlari barcha fukarolarni olovdan unumli foydalanishga chakirishligini, uydan chikib ketayotganda elektr va gaz uskunalarini uchirishni unutmaslikni, ayniksa, bolalarningizni yolgiz koldirmaslikni, kelajagingiz bulmish aziz farzandlaringizni olov dastidan bir umrga nogiron bo'lib kolishlariga yoki murgak umri zomin bo'lishiga yo'l kuymang deb o'z so'zini yakunladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |