“TASDIQLAYMAN”
DMTT direktori: G.D.Gulyamova
________________________
Shayhontoxur tumani maktabgacha ta'limi bo'limi tasarrufidagi 112- sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining umumiy ishlab chiqarish yig’ilishi
№ 1 - sonli bayonnomasi.
27.08. 2021 yil Toshkent shahar
Yig’ilish raisi: G.D.Gulyamova- DMTT direktori
Kotiba: F.Ya.Sabitova- DMTT metodisti
Qatnashdilar:
Pedagog xodimlar:15 nafar
Texnik xodimlar: 18 nafar
Jami: 33 nafar
Kun tartibi.
1.2020-2021 o'quv yili yakunlari hisoboti, 2021-2022 o'quv yilidagi ustivor vazifalar bilan tanishtirish va tashkilotning yangi 2021-2022 o'quv yili ish rejasini muhokama qilish.
Axborotchi: DMTT direktori G.D.Gulyamova
2.DMTT ishchi –xodimlarini me'yoriy ish xujjatlari bilan tanishtirish:
- xodimlarning asosiy malaka tavsiflari;
Axborotchi: DMTT metodisti
F.Ya.Sabitova
- bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish yo'riqnomasi;
Axborotchi: DMTT hamshirasi
N.Baxtiyorova
- mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi yo'riqnomasi;
Axborotchi: DMTT direktori G.D.Gulyamova
- jamoa shartnomasi;
Axborotchi: DMTT metodisti F.Ya.Sabitova
- ichki mehnat tartib qoidalari;
- yong'in havfsizligi qoidalari bilan tanishtirish.
Axborotchi: DMTT xo’jalik mudiri
I.Sapaxanova
Eshitilrildi :
Ymumiy ishlab chiqarish yig’ilishini DMTT durektori G.D.Gulyamova ochdi. Yig’lish qatnashchilarini O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 30 yilligi hamda yangi oquv yilining boshlaninshi bilan tabrikladi va bugungi kengash kun tartibi bilan tanishtirdi. Kun tartibining birinchi masalasi, yani “2020-2021 o'quv yili yakunlari hisoboti, 2021-2022 o'quv yilidagi ustivor vazifalar bilan tanishtirish va tashkilotning yangi 2021-2022 o'quv yili ish rejasini muhokama qilish” yuzasidan so’zni yig’ilish raisi G.D.Gulyamova oldi. Yigilish raisi G.D.Gulyamova quydagilarni bayon qildi: Toshkent shaxar Shayhontoxur tuman MTB tasarrufida 112-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 1998 yilda tashkil topgan, 8 ta guruhdan iborat. Barcha guruhlarda faollik markazlari mavjud bo'lib, bolalar yoshiga mos o'yin va o'yinchoqlar hamda ko'rgazmali didaktik materiallar bilan jihozlangan. Guruhlarda qattiq (stol, stul, kravat va kiyim shkaflari) va yumshoq (sochiq, choyshab, yostiq jildi, ko'rpa, ko'rpa g'iloflari) jihozlar bilan to'liq ta'minlangan. Bolalar yoshiga yetarli. DMTTda jami 233 nafar 3-7 yoshli tarbiyalanuvchilar qamrab olingan; Shundan 126-nafar o'g'il bola, 107–nafar qiz bola. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 15 nafar pedagog xodimlar, 18 nafar texnik xodimlari, jami 33 nafar xodimlar faoliyat ko'rsatilmoqda. DMTTning 15 nafar pedagog xodimlar: -Shulardan 10 nafari oliy ma'lumotli, 6 nafar o'rta mahsus ma'lumotli pedagoglar. 2020-2021 o'quv yilida 2 nafar pedagoglar tarbiyachi Yusupova Munisa, Tursunova Nargiza onlayn malaka oshirish kurslarida ta'lim oldi. Shayxontoxur tumani maktabgacha ta'lim bo'limida 2021 yilda davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog xodimlari o'rtasidagi “Yil tarbiyachsi” ko'rik-tanlov o'tkazildi. Shayxontoxur tumani davlat hizmatlari tomonidan berilgan yo'llanma asosida bolalar DMTTga qabul qilinadi. DMTT bolalar yoshiga mos jihozlar va o'yinchoqlar bilan ta'minlangan, bola hayoti havfsizligi qoidalariga va gigienik talablarga to'laligicha javob beradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida 2020-2021 yilining asosiy vazifalariga tayangan holda yil davomida 4 ta pedagogik kengashlar reja asosida olib borildi. Pedagogik kengashlar davomiyligida talaygina muammolar o'z yechimini topdi va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar ijrosi belgilandi. Pedagogik kengash o'quv yili davomida har chorakda bir marta o'tkazildi.Pedagogik kengashda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'limi vazirining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig'ilishi qarori bilan tasdiqlangan “ILK QADAM” davlat ta'lim dasturini, “O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari” ni ta'lim – tarbiya jarayoniga tadbiq etishga oid materiallar to'planib maktabgacha ta'lim muassasalari hayotiga tadbiq etildi. “Ilk qadam” davlat o'quv dasturini pedagogik kengashda, nazariy seminarlarda o'rganib borildi. Guruhlarda dastur asosida 5 ta faollik markazlari tashkil etilib, mashg'ulotlar tashkil etildi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisi pedagogik kengashda pedagogik jamoaga trening, maqsadli enerjayzerlardan foydalanib klaster usulida yetkazishga muvofiq bo'ldi. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida obodonlashtirish ishlari olib borilib, 300 tup mavsumiy gullar, 500 tup ko'p yillik gullar, 10 tup manzarali daraxt ekildi. DMTT hududi ichida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilib, begona o'tlardan tozalanib ekilgan gullar parvarish qilindi. DMTT hovlisidagi ertak qahramonlari bo'yaldi. O'yin maydonchalari oldiga mavsumiy gullar ekillib, gulzorga aylantirildi. Yigilish raisi Gulyamova G.D mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Kun tartibidagi ikkinch masala “DMTT ishchi –xodimlarini me'yoriy ish xujjatlari bilan tanishtirish, xodimlarning asosiy malaka tavsiflari” yuzasida DMTT metodisti M.U.Parmonova so’zga chiqib, quydagilarni bayon qildi: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955 son “Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori, O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabrdagi 795-son
“Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada
takomillashtirish to'g'risida”gi 2019 yil 13 maydagi 392-son “Maktabgacha,
umumiy o'rta, o'rta mahsus, kasb –hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadirlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 173-sonli, Toshkent shahar Maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining 2020 yil 1 dekabrdagi 188-sonli buyrug'i hamda Shayxontoxur tumani maktabgacha ta'lim bo'limining 2020 yil 3 dekabrdagi buyrug'lari ijrosini ta'minlash maqsadida muvofiq, maktabgacha ta'limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini belgilaydi. Tarbiyachining malaka tavsiflari- tarbiyalanuvchilarni har tomonlama uyg'un rivojlantirish maqsadida ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish; ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan ta'lim-tarbiya dasturlaridan samarali foydalanish; bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlashda ta'lim-tarbiyaning zamonaviy shakl va usullarini qo'llay olishdir.Tarbiyachi yordamchisining malaka tavsiflari - tarbiyachiga bolalarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida yordam berish, guruh va o'yin maydonchalaridagi tozalik va sanitar-gigienik holatini saqlash, guruhda bolalarni sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish, idish-tovoqlarni va boshqa jihozlarni sanitar me'yorlari asosida tozalash va zararsizlantirish ishlarini sifatli amalga oshirish,guruhdagi moddiy boyliklarni to'liq saqlanishini ta'minlashdan iborat. Musiqa rahbari vazifasining malaka tavsiflari - tarbiyalanuvchilarning musiqaviy qobiliyatlarini va ijodiy faoliyatini rivojlantirishni amalga oshirish, musiqaviy faoliyatni tashkil qilishning turli shakl va ko'rinishlaridan foydalanib, ularda estetik didni shakllantirish, musiqa asbobida ijro texnikasini mahorat bilan bajarish, tarbiyalanuvchilar bilan yakka va jamoaviy tartibda ishlash, qobiliyatli va iqtidorli tarbiyalanuvchilarni tanlab olish, ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko'maklashishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |