1. Siydik a’zolarining anatomiyasi Nefronning morfo-funktsional tuzilishi Siydik hosil bo`lishi va uning boshqarilishi



Download 42,12 Kb.
bet1/15
Sana11.01.2022
Hajmi42,12 Kb.
#350006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
8-ma'ruza-2


8-Ma’ruza mavzusi: Ayiruv tizimi. Buyrak tuzilishi va fiziologiyasi.
Reja :

1. Siydik a’zolarining anatomiyasi

2. Nefronning morfo-funktsional tuzilishi

3. Siydik hosil bo`lishi va uning boshqarilishi

4. Siydik miqdori, tarkibi va xossalari

5. Teri fiziologiyasi
1. Siydik a’zolarining anatomiyasi

Odamda siydik va tanosil apparatning tuzilishi va vazifasi xilma-xil, lekin rivojlanish nuqtayi nazaridan bir-biriga bog‘liq ikki: siydik ajratish va tanosil a ’zolari tizimini o ‘z ichiga oladi. Siydik ajratish a ’zolari qondan siydik ajratuvchi (buyrak), siydikni buyrakdan olib ketuvchi (buyrak kosachalari, buyrak jomi, siydik yo‘li), siydikni to ‘plovchi (qovuq) va organizmdan chiqarib yuboruvchi (siydik chiqarish nayi) dan iborat.

Buyrak siydik ajratib chiqaruvchi juft a ’zo. U loviyasimon shaklga ega bo'lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10—12 sm, kengligi 5—6 sm, qalinligi 4 sm, og‘irligi 120—200 g b o ‘ladi. Buyrak to ‘q qizil rangli b o ‘lib, oldingi yuzasi qavariq, orqa yuzasi

yassiroq bo'lib, yuqori uchi, pastki uchi, qavariq lateral qirrasi, botiq medial qirrasi tafovut qilinadi. Medial qirrasining o ‘rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo‘li, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo‘shlig‘iga o ‘tib ketadi. Buyrak bel sohasida umurtqa pog‘onasining ikki yon tomonida qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan. Buyiaklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, pastki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o ‘ngiga nisbatan yuqoriroq turadi. Chap buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak umurtqasining o ‘rtasida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqori chekkasi sohasida turadi. O‘ng buyrakning yuqori uch i XI ko‘krak umurtqasining pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqa tanasining o‘rta sohasida turadi. Uning yuqori uchida buyrak usti bezi joylashgan. Buyrakning oldingi yuzasi qorinparda bilan qoplangan bo`lib, ichki a’zolariga tegib turadi.

Buyrakni kesib ko'rganimizda u ikki xil moddadan: tashqi 0,4—0,7 sm qalinlikdagi po‘stloq va 2—2,5 sm qalinlikdagi mag‘iz moddadan iborat. Buyrakning po‘stloq moddasi qizg‘ish rangda ko‘rinadi. U buyrakning tashqi qavatini hosil qilib qolmay, mag‘iz qismi orasiga botib kirib buyrak ustimlarini ham hosil qiladi. Buyrakning po‘stloq qismi bir-biri bilan almashadigan yorug‘ va qoramtir qismlardan iborat. Buyrakning mag‘iz qismi 10—15 ta buyrak piramidalaridan iborat. Har bir piramidaning asosi po‘stloq moddaga, uchi buyrak so‘rg‘ichini hosil qilib, buyrak bo‘shlig‘iga qaragan. Piramida nefronning to ‘g‘ri va yig‘uvchi naychalaridan iborat bo‘lib, ular o ‘zaro qo'shilib buyrak so‘rg‘ichi sohasida 15—20 ta qisqa so‘rg‘ich naychalarini hosil qiladi. Ular buyrak so‘rg‘ichi sohasi yuzasiga so‘rg‘ichsimon teshiklar bo‘lib ochiladi. Bu teshiklar hisobiga buyrak so'rgichi uchi g‘alvirsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, g‘alvirsimon maydoncha deyiladi. Buyrak tuzilishi va qon tomirlarining tarqalishiga qarab 2—3 ta buyrak bo‘lagini o‘z ichiga oladigan beshta segmentlarga bo'linadi.

Buyrakning tarkibiy-vazifaviy birligi nefrondir. Har bir buyrakda 1 mln ga yaqin nefron bor. Nefron tarkibiga buyrak tanachasining kapillar koptokchasini o ‘ragan ikki qavat devorli, qadahsimon shakldagi koptokcha kapsulasi yoki Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi kiradi. Kapsulaning ochiq tomonidan ichiga arteriola kirib kapillar koptokchani hosil qiladi. K o ptokchadan diametri olib keluvchi arterioladan kichik bo‘lgan olib ketuvchi koptokcha arteriolasi chiqadi. Bu arteriola chiqqandan so‘ng buyrak naychalarining atrofida tarmoqlanadi. Kapsula bo‘shlig‘i biriamchi buralma naychalarga

davom etadi. Naycha piramidaga kirib to‘g‘ri naychaga aylanadi. U qovuzloq hosil qilib (Genle qovuzlog'i) po‘stloqqaqaytadi va ikkilamchi buralma naycha nomini oladi.

Nefronning distal qismi qo‘shuvchi naycha deb atalib, yig'uvchi naychaga quyiladi.

Bitta nefron naychasining uzunligi 20—50 mm. Ikkala buyrakdagi barcha nefronlaming umumiy uzunligi 100 km ga yaqindir. Nefronning 80% ga yaqini po‘stloq qavatda joylashgan. 20% i nefronning koptokchasi mag‘iz moddaga yondosh bo'lib, ularning to‘g‘ri naychalari va qovuzlog‘i mag‘iz moddada joylashadi.

Har bir buyrak piramidasinmg uchidagi buyrak so‘rg‘ichi buyrakning kichik kosachasi bilan o ‘ralgan. Ulaming soni 8-9 ta. Kichik kosachalarning 2—3 tasi o'zaro qo‘shilib, katta kosachani hosil qiladi. Katta kosachalar joylashisliiga qarab yuqori, o ‘rta

va pastkilarga b o ‘linadi. Ularning o ‘zaro qo‘shilishidan buyrak jomi hosil bo‘ladi.

Buyrak jomining shakli ampula, shoxlangan va aralash ko'rinishlarda bo‘ladi. Buyrak jomi torayib, siydik yo'liga o ‘tib ketadi. Kichik, katta kosachalar va buyrak jomining devori shilliq, mushak va tashqi adventitsial qavatlardan iborat. Kichik kosachalar devorida ulaming gumbazi sohasida (boshlanish qismida) silliq mushak tolalari halqasimon qavat—gumbazning siquvchisini hosil qiladi. Kichik kosachalaming shu qismiga nerv tolalari, qon va limfa tomirlari yaqin yotadi.




Download 42,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish