1. Siydik a’zolarining anatomiyasi Nefronning morfo-funktsional tuzilishi Siydik hosil bo`lishi va uning boshqarilishi



Download 42,12 Kb.
bet15/15
Sana11.01.2022
Hajmi42,12 Kb.
#350006
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8-ma'ruza-2

5. Teri fiziologiyasi

Teri — odam badanini tashqaridan qoplagan a'zo. U organizmni hiraoya qiladi va turli fiziologik faoliyatlarni bajaradi.

Terming sathi odamning bo‘yi yoshi, jinsiga,qarab 1,5-2 m2 chamasida, o`rta hisobda— 1,73 m2. U epidermis, derma va teri osti yog` qavatlaridan iborat. Teri qon, limfa tomirlarga va nerv uchlariga boy. Organizmning barcha a‘zo va tizimlari bilan aloqador. Teri himya, sezuvchi, chiqaruv, nafas, so'rish, tana haroratini idora qilish, almashinuv qonning qayta taqsimknish jarayonlarida ishtirok etadi.

Terming himoya faoliyati ko`p qirrali. U mustahkam bo'lganidan organizmni shikastlovchi mexanik tasirotlardan saqlaydi. Teri infraqizil, ultrabinafsha va ma‘lum miqdorda radioaktiv nurlarni o'tkazmaydi Kimyoviy moddalar uchun ham ishonchli to`siq. Shikastlanmagan teri orqali mikroblar о‘ta olmaydi. Teri yuzasida lizotsim, olein kislota va boshqa bakteritsid moddalar bolib, unga tushgan mikroblar 15—30 daqiqada o`ladi.

Teri organizmni tashqi muhit bilan bog'lovchi juda katta retseptiv soha, organizmning og‘riqqa, issiq-sovuq javob reaksiyalari teridagi turli retseptorlar ishtirokida yuzaga chiqadi Teri retseptorlarim qo`zgatib, maxsus teri reflekslarini paydo qilish mumkin. Bir necha xil teri sezgilari tafovut qilinadi Og‘riqga sezgir retseptorlarini mexanik, termik, elektrik, kimyoviy ta‘sirlanishi natijasida yuzaga chiqadi. Haroratni sezish issiq va sovuqni sezuvchi retseptorlaniing qo'zg‘alishiga bog‘liq. Merkel disklari, tuk follikullari qo'zg‘alsa, tegish seziladi (taktil sezgi). Teridagi retseptorlarning o‘ta qo'zg‘alishi og‘riqni paydo qiladi.

Teri retseptorlaridan vujudga keladigan shartsiz va shartli reflekslar organizm faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Bu retseptorlardan markaziy nerv tizimiga boradigan afferent impulslar skelet muskullari tonusini ta‘minlaydi. Xilma-xil turi muskul reflekslari

harakatlarni a\tomytik ravishda aniq bo`lishi uchun muhim. Juda ko‘p teri-nafas, teri- tomir? teri-ichki a‘zo reflekslari mavjud.

Og'riq retseptorlarining qo‘zg‘alishi gipofiz, buyrak usti bezlaridan gormonlar ajralishini o‘zgartirib, butun organizm faohyatiga ta‘sir ko‘rsatadi.

Odamning terisi orqali bir kechayu kunduzda 7,0—9,0 g C02 ajratilib, 3,0-—4,0 g kislorod o'zlashtiriladi. Bu miqdor gaz almashinuvining 2% iga teng. Teri orqali olinadigan nafas issiq haroratda, ovqat yeyilganidan keyin, jismoniy ish vaqtida va boshqa sharoitlarda jadallashadi.

Teri orqali ba‘zi moddalar, xususan yog‘ni erituvchi va yog‘da eruvchi moddalar, qonga o‘tishi (so‘rilishi) mumkin. Moddaning teri orqali so‘rilishi uning tabiati. konsentratsiyasi, eruvchanligiga, terming holatiga va boshqa omillarga bog‘liq.

Teri modda almashinuvida ancha keng ishtirok etadi. Gazlar almashinuvidan tashqari, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Boshqa a‘zolarga nisbatan teri tez va койр miqdorda suv yig'adi va qonga ajratadi, teri orqali yo‘qotiladigan suv nafas bilan chiqariladigan suv miqdoridan ikki baravar ko‘p. Tuzlar muvozanatida ham terming ahamiyati katta. Teri melanin ishiab chiqarib, pigmentlar almashinuvida ishtirok etadi.

Terming ajratuv faoliyati juda katta fiziologik ahamiyatga ega. Bu faoliyat ter va yog‘ bezlarming mahsulot ajratishidan iborat Yog‘ bezlari tarkibiga xolesterin, yog‘ kislotalari va boshqa yog'simon moddalar, jinsiy gormonlar, kazein va tuzlar kiradigan sekret, ishiab, ajratadi.

Ter bezlari mahsuloti bo'lmish ter modda almashinuvi qoldiqlarini chiqarib tashlashda malum ahamiyatga ega. Ter ta‘mi sho‘r bo`lgan. rangsiz tiniq suyuqlik. Xona haroratida katta yoshli odam bir kunda `00—600 ml ter ajratadi. 98— 99% i suv, tarkibida siydikchil, siydik kislota, ammiak, oz miqdorda oqsil va erkin aminokislotalar, xolesterin, sovunlar, glyukoza, vitaminlar, biogen aminlar, steroid gormonlar uchraydi. Kationlardan ter bilan ko‘p miqdorda natriy, kaliy, malum miqdorda magniy, kalsiy, anionlardan xlor, fosfor va karbonat kislotalarming qoldig‘i ajraladi. Terming faol reaksiyasi kuchsiz kislotali.

Ter odam va ba‘zi hayvonlar uchun issiq sharoitda tana harorati barqarorligini saqlashning asosiy omilidir.

Odatda ter issiqni sezuvch termoretseptorlarning issiq havo, issiq ovqat va suyuqliklar, achchiq ovqatlar (qalarnpir) ta‘sirida qo‘zg‘alishi natijasida reflektor yoi bilan ajraladi. Organizmda hosil bo`lgan issiqlik miqdorining oshishi ham (jismoniy mehnat, isitmalash) terlashni jadallashtiradi. Bundan tashqari hissiyotlarga (qo‘rqish, hijolat bo`lish va h. k.) bog‘liq terlash o‘z xususiyatlariga ega.

Ter bezlaraing efferent nervlari simpatik nervi tizimiga mansub. Ammo, ularning uchlaridan atsetilxolin ajraladi. Shuning uchun atsetilxolin va xolinomimetik moddalar ter ajralishini tezlashtiradi, atropin esa tormozlaydi.

Adrenalin ham uzoq davom etuvchi ter ajralishiga olib keiishi mumkin. Balki ter bezlarini adrenergik tolalar ham nervlar. Terlashni boshqarishda ishtirok etadigan neyronlar markaziy nerv tizimining hamma pog‘onalarida joylashgan.

Yuqori haroratda ter miqdori odatdagi 0,4—0,6 1 dan 10—12 у a gacha ko`payishi mumkin. Agar bu sharoitda jismoniy ish bajarilsa, terlash bundan ham jadallashadi.

Issiq joyda uzoq vaqt bo`lish, issiq iqlimda uzoq vaqt yashash organizmni shu sharoitda, moslashtiradi. Bu, vahtda organizmdagi boshlia o'zgarishlar bilan bir qatorda, ter ajratish ancha kamayadi, terda organik va anorganik moddalar miqdori kamayib, suyuqlashadi.

Yuqori haroratda ko‘p mihdorda ajralgan terdagi suv teri yuzasidan bug‘lanib, issiqlik yo'qotishini ta‘minlaydi. Atmosfera havosi harorati tana haroratidan yuqori bo`lgan sharoitda bu jarayon fizikaviv issiqlikning. boshqarishning yagona yo`li bo`lib qoladi.



Yilning issiq faslida ter ajralishining bu xususiyatini e‘tiborga olish zarur. Yetarli miqdorda suv ichish, ter bilan yo`qotilgan tuzlar va vitaminlar o'mini ovqat hisobiga toldirib turish kerak.
Download 42,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish