KOPTOKCHALARDAGI FILTRLANISH
Filtrlashni amalga oshishi uchun filtr, filtrlatmvchi suyuqlik va filtrlovchi bosim bo`lishi shart. Filtrlanuvchi suyuqlik — bu qon plazmasidir. Buyraklardagi koptokcha membranasi filtr vazifasini bajaradi. U uch qavat tuzilgan: kapillyarlarning endotelial hujayralar qavatidan, asosiy membranadan va Boumen kapsulasining ichki varaqasidan. Koptokcha kapillyarlari devori fenestrli (darchali) bo`lganidan suyuqlik va unda erigan
moddalar harakatiga to'sqinlik qilmaydi. Boumen kapsulasining ichki qavati podotsitlardan iborat. Suyuqlik va mayda molekulalar bu hujayralarning ko‘p sonli o'siqlari orasidan bemalol oladi. Ammo, endotelial hujayralar va podotsitlar oralig`idagi juda zich joylashgan ingichka tolalar to'ri — asosiy membrana modda molekulalari o`tishini katta-kichikligiga qarab chegaralab turadi. Bazal membranadan molekulasi 3,4 nm dan katta moddalar o`tishi qiyin bo`ladi. Bu membranadagi g‘ovaklar devori manfiy zaiyadga ega bolganidan manfiy zaryadli ionlarning o`tishi qiyinroq.
Demak, moddalarning filtrlanishini asosiy membrana chegaralaydi. Koptokchalarda molekulyar massasi 5500 dan ko‘p bolmagan moddalarning filtrlanishi chegaralanmagan. Moddalarning molekular massasi orta borgani sari filtrdan olishga tobora qiyinlashaveradi va 80000 ga yetganda butunlay to'xtaydi.
Filtrdan nima o`tishi uning xususiyatiga, asosan g‘ovaklarining kattaligiga bog‘liq bo`lsa, filtrlanish tezligini esa samarali filtratsion bosim belgilaydi (SFB). Bu bosimni aniqlash uchun koptokcha kapillyarlaridagi qonning gidrostatik bosimidan (Rgq) Boumen kapsulasi bo`shlig‘idagi suyuqlikning gidrostatkk: bosimini (Rgs) va qon oqsillarilshng onkotak bosimini (Roq) ayirish kerak;
SFB=Rgq—(Rgs+Roq)
Odamning buyraklaridagi koptokcha kapillyarlarida qon bosimi 65 mm s. u. ga teng qon oqsillarining o`rtacha onkotik bosimi va Boumen kapsulasidan suyuqlikning gidrostatik bosimi 25 mm va 15 mm. Demak, o‘rtacha SFB=65 mm-(25 mm+15 mm) -25 nun s. u. ga teng. Koptokchalarda filtrlanish tezligi asosan SFB ga bog‘liq. Bu tezlik buyraklarda vaqt birligida hosil bo`lgan filtrat hajmi bilan belgilanadi. Erkaldarda koptokchalarda filtrlanishining tezligi 125 ml/min, ayollarda — 110 ml/min. Demak, bir kechayu kunduzda 1801 ga yaqin filtrat (birlamchi siydik) hosil bo`ladi.
Filtrlaning tezligi kam o`zgaradi. Tunda bu tezlik kundagidan 25% kamayadi.
Koptokcha membranasining moddalarni olkazishida farq bolganidan filtratga qon plazmasidagi moddalarning hammasi bir xil olmaydi. Kichik molekulali moddalarning plazmadagi va filtratdagi miqdori deyarli teng. Demak, bu moldalar toliq filtrlanadi.
To`liq filtrlanadigan ionlarga Na+, K+, Cl", НСОЗ" kiradi. Siydikchil, glyukoza, aminokislotalar glomerulyar filtrdan toliq o‘tadi. Oqsillar, lipidlar, oqsillar bilan birikkan moddalar deyarli o`tmaydi. Faqat eng kichik molekulali qon oqsili — albumin juda oz miqdorda filtrlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |