1-sinf Yozuv Sana___________
Mavzu: Zz harflari.
Darsning maqsadi:
Talimiy maqsad: z tovushi va Zz harflari bilan tanishtirish. Z tovushining undosh tovush ekani haqida tushancha berish, uning so`z boshi, o'rtasi va oxirida kelishini aytish, uning to'g'ri talaffuzini o'rgatish, z tovushli so'zlar bilan o'quvchilar nutqini boyitish.
Tarbiyaviy maqsad: Tabiat, hayvonot olamiga to'g'ri munosabatda bo'lish, uni sevishga o'rgatish, zebra- yovvoyi hayvoni, uni parvarishlashning ahamiyati, zebraga ijobiy munosabatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bog'lanishli nutq-—hikoya tuzish ko'nikmalarini shakllantirish.
Darshning borishi:
Tovushlar haqidagi o'quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
— Nutq tovushlari necha turga bo'linadl?
— Nutq tovshlari 2 turga: unli va undosh tovushlarga bo'linadi.
— Unli tovushlar qanday aytiladi?
— Unli tovushlar to'siqqa uchramaydi, cho'zib aytiladi, tarkibida ovoz bo'ladi (uning har bir xususiyati boshqa-boshqa o`quvchiga ayttirilishi ham mumkin).
— Undosh tovushlar qanday aytiladi?
— Undoshlar to'siqqa uchraydi, qisqa aytiladi.
— Undosh tovushlarning tarkibida nima qatnashadi?
— Undosh tovushlarning tarkibida ovoz va shovqin ishtirok etadi,
— Tovushlarni nima qilamiz?
Tovushlarani talaffuz qilamiz va eshitamiz.
O'quvchilar javobi umumlashtiriladi;
Nutq tovushlari 2 xil bo'ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Tovushlarni aytamiz, eshitamiz.
3. Z tovushi bilan tanishtirish, mantiqiy mashq. Xattaxta tagligiga hayvonlari rasmi terib qo'yiladi (jo’ja, delfin, sher, chumchuq, zebra) va quyidagiclia suhbat orqali zebra so'zi ajratib olinadi.
— Bu yerdagi hayvonlari nomini ayting,
— Jo’ja, delfin, sher, chumchuq, zebra
— Shu hayvonlarning qaysi biri nomida z tovushi bor? Aytib ko'rib aniqlang-chi? (O'qituvchi o'zi aytib yordam beradi: zeb-ra.)
— Zebra so'zida z tovushi bor.
— z tovushini talaffuz qilib, uning qanday tovush ekanini aniqlang.
— z undosh tovush ekan.
— Qayerdan bildingiz?
— z tovushi to'siqqa uchrayapti, qisqa aytilyapti.
— To'g'ri: z tovushi qisqa aytilyapti, undosh tovush. Zebra so'zida so'zning boshida kelyaptis z tovushi so'z o'rtasida ham, oxirida ham keladi. Masalan: ovoz, maza.
4, ,,So`z top o'yini. O'qituvchi o'quvchilarni uch guruhga boladi: birinchi quruhga z tovushi bilan boshlanadigan so'zlar topish, 2- guruhga z tovushi bilan tugaydigan so'zlar, 3- guruhga z tovushi so'z o'rtasida kelgan so'zlar topish aytiladi. Qaysi guruh o'ylanib, belgilangan muddatda so'z topa olmasa o'yindan chiqadi. O'yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g'olib sanaladi.
1- guruh
|
2- guruh
|
3- gunuh
|
Zahro
|
ovoz
|
uzum
|
Zuhra
|
oz
|
maza
|
Zaynab
|
Xo’roz
|
yozuv
|
Zafar
|
soz
|
Aziza
|
zarra
|
iz
|
buzoq
|
zang
|
paravoz
|
uzmoq
|
zar
|
tarvuz
|
uzun
|
zardo’z
|
araz
|
ozg’in
|
ziyrak
|
qiz
|
azon
|
Ayrim so'zlaraing ma'nodoshlari toptirilishi, ba'zilarining tovush nusxasi chizdirilishi mumkin: samo—osmon, sado— ovoz.
5. Zz harflari bilan tanishtirish, zebra so'zining tovush nusxasi xattaxtaga chizdiriladi:
Birinchi tovush qaysi? (z tovushi.) O'qituvchi birinchi katakcha ustiga ko'rsatkichini qo`yadi.
Bugun shu tovush va harfni o'rganishlarini e'lon qiladi. So'ng o'qituvchi quyidagicha suhbat o'tkazadi;
Bolalar, har bir tovush yozuvda alohida harf bilan yoziladi. Men hozir sizlarga z tovushini yozuvda ifodalovchi z harfini ko'rsataman:
z harfining necha xil shaklini ko'ryapsiz? (2 xil shaklini ko'ryapmiz: biri katta, 2- si kichik.) siz katta degan Z harfi bosh Z harfi deyiladi. Bosh Z harfi bilan kishilarning ismi va familiyasi yoziladi. (Bosh harflarning ishlatilishi keyingi harflarda to'ldirilib boriladi.) Bosh Z harfi bilan yoziladigan ismlar toptiriladi: Zahro , Zuhra, Zilola, Zamira, Zaynab, Zafar, kabi.
Kichik z harfi qolgan so'zilarda ishlatiladi. Masalan: zarra, zar, zargar, ovoz, maza, kabi.
Bosh Z va kichik z harflari bir-biriga o'xshaydimi? (Ular bir-biriga o'xshaydi.)
Nima uchun bu harflar ko’k rangda yozilgan? Zz tovushi undosh tovush bo'lgani uchun Zz harflari ko’k rangda yozilgan.)
Suhbat yakunlanadi: z tovushi Zz harflari bilan yoziladi. Uning 2 xil: bosh va kichik shakli bor. Ularning qaysi so'zlarda ishlatilishini bilib oldingiz. Bu Zz harflar bosma sakli. U kitoblarda ishlatiladi.
Zz kesma harflari cho'ntakchaga solinadi. O'quvchilarga oldilaridagi harflar ichidan Zz harflarini ko'rsatish aytiladi. Ular Zz harflarini ko'rsatsalar, demak, bu harfni tanib olibdilar degan xulosaga kelinadi. 1-2 daqiqaga mo'ljallangan ,,Bosh Z va kichik z harflariga so'z top" o'yin o'tkaziladi.
Harfni nima qildingiz? (O'qidik.) Yo'q, oldin harfni kitobda ko`rdingiz, So'ng o'qidingiz. Kitobga harf nima qilingan ekan? (Yozilgan ekan.)
Demak, harflarni yozamiz, ko'ramiz va o'qiymiz. Bu harflarning uch xil xususiyati. Harfning bu uch xil xususiyati o'quvchilarga ayttiriladi, tovushning xususiyati taqqoslanadi. Bunda:
z tovushini nima qilamiz?
Z harfini-chi? Tovush bilan harf farqlanar ekanmi? kabi savollar bilan yordam beriladi.
8. Uyda Zz harflarini kichik kartondan qirqib yasab kelish, kitobdagi rasmga qarab, o'zi ichidan qo'shib og'zaki hikoya tuzib kelish vazifa qilib beriladi.
9. Dars quyidagi savollar yordamida yakunlanadi; Bugun qaysi tovush bilan tanishdik? U qanday tovush ekan? Bu tovushni nima qilamiz? Z tovushi qaysi harf bilan yoziladi? Z harfining shakli qanaqa ekan? Z harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli) Bosh Z harfi qaysi so'zlarda yozilar ekan? Ikkita bosh va ko'rsatkich barmoqlaringiz bilan bosh Z harfini yasab ko'rsating, bitta bosh va ko'rsatkich barmoqlaringiz bilan kichik z harfini yasab ko'rsating (o'qituvchi o'zi ham ko'rsatadi).
- O'quvchilar javobi o'qituvchi tomonidan yakunlanadi. Bugun siz bilan z undosh tovushi va Zz undosh harflari bilan tanishdik. Z undosh tovush bo'lgani uchun og'izda to'siqqa uchraydi, shuning uchun uni qisqa aytish mumkin. Bosma bosh shakli kishilarning ismini, shaharlarning nomini yozishda ishlatiladi.
10. Faol o'quvchilarni rag'batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |