1. Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting. Husayniy ijodi qaysi olimlar tomonidan tadqiq etilgan?



Download 29,07 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi29,07 Kb.
#675953
Bog'liq
husayniy Robiya 3


3-MAVZU
HUSAYNIY
1. Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
2. Husayniy ijodi qaysi olimlar tomonidan tadqiq etilgan?
3. Husayniy devonidagi lirik janrlarni ta’riflang.
4. Husayniyning yana qanday asarlarini bilasiz?

Javoblar:


1. Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
Husayn Boyqaro turkiy adabiyotda o’chmas iz qoldirgan kamsonli ijodkorlardan biri hisoblanadi. U xuddi Bobur kabi ham shoh, ham davlat arbobi va ham, shoir bo’lgan. Husayn Boyqaro badiiy ijodida „Husayniy“ taxallusi bilan ijod qilib, shu taxallus bilan sheʼrlar yozgan. Husayn Boyqaro forsiy va turkiy tillarda g‘azal bitish iqtidoriga ega bo‘lsa-da, asosan turkiyda «Husayniy» taxallusi bilan ijod etgan. Husayn Boyqaro badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning ma’lumotlariga ko’ra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan.
Husayn Boyqaro o’z ijodi orqali o’sha davrning ilm-faniga, taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shgan. Hukmdor sifatida esa o’zi davrida turkiy tilda asar yozish to’g’risida farmon chiqargan va bu orqali turkiy til rivojiga ulkan hissa qo’shgan.


2. Husayniy ijodi qaysi olimlar tomonidan tadqiq etilgan?
Husayn Boyqaroning she’riy iqtidori o‘z davrining ko‘plab tarixchi va shoirlarining e’tiboridan chetda qolmagan. Hatto Movarounnahr va Xurosondan tashqarida ham Husayn Boqaroning she’ryat ahliga bo‘lgan e’tibori shuhrat qozongan. 16-asrda yashagan Ozarbayjon shoiri Kishvariy Navoiy va Husayn Boyqaro o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga havas va armon bilan qaragani yaqqol seziladi: Kishvariy she’ri Navoiy she’ridin eksik emas,
Baxtina dushsaydi bir Sulton Husayni Boyqaro.
Buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘zining «Boburnoma» asarida sulton Husayn Boyqaro haqida bir qancha fikrlarni bildiradi: «Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hirot shahri mamlu edi. Har kishiningkim bir ishga mashg‘ullug‘i bor erdi, himmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a yetgurgay».
Shuningdek, «Boburnoma» Hazrat Navoiyning so‘nggi damlari haqida ham so‘z yuritib, yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi:
«Sulton Husayn Mirzo Xayrobod cherikidin yong‘onda istiqbolg‘a keldi, mirzo bila ko‘rushub qo‘lquncha, bir holati bo‘ldi qo‘lolmadi, ko‘tarib eltdilar. Tabiblar aslo tashxis qila olmadilar. Tonglasig‘a-o‘q tangri rahmatig‘a bordi» .
Shuningdek, shoir ijodini o’rganish bilan juda ko’plab olimlarimiz ilmiy tadqiqodlar olib borganlar. Masalan, O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva 1991 yili Husayn Boyqaro g‘azallarini to‘plab «Jamolingdin ko‘zum ravshan» degan nom ostida nashr etdilar. Mazkur nashr debochasida yozilganidek, Husayniy she’riyatida dunyoviy ruhdagi lirika an’analariga, Alisher Navoiy lirikasiga tayangani ko‘zga tashlanadi. Ayni chog‘da, unda ijodkorning shoirona shuuri, badiiy o‘tkir nigohi ro‘yirost namoyon bo‘ladi.
1995 yili adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov va tarix fanlari doktori Shodmon Vohidovlar «Shoh va shoir Husayn Boyqaro» kitobini chop etishdi. Undan Husayn Boyqaroning falsafiy mavzudagi “Risola”si hamda devoni o‘rin olgan. Tadqiqotchilar bu kitobga Husayn Boyqaro devonining 1968 yilda Qobulda Muhammad Ya’qub Juzjoniy tomonidan nashr qilingan nusxasini asos qilib olishgan.


3. Husayniy devonidagi lirik janrlarni ta’riflang.
Husayning devonida juda ko’plab janrlar o’rin olgan, ulardan g’azal, qit’a, mustazodlarni aytish mumkin, ammo bularning ichidan eng ko’pi g’azalalri bo’lgan. A.Navoiy «Husayniy» devonini tahlil etarkan, alifbo tartibidagi har bir harf bilan tugagan baytlarga o‘z munosabatini bildiradi.
Shoir turkiygo‘y shoirlar devon tartibida chetlab o‘tadigan, eski o‘zbek tilida kam qo‘llanadigan «se» harfi bilan tugaydigan misralar ham aynan Husayn Boyqaroda borligini faxr bilan e’tirof etadi va ushbu baytni misol keltiradi:
Yor ko‘yidin o‘tarda ko‘rguzur bu zor maks, So‘z desa dog‘i javobida qilur bisyor maks,
Devonda o‘ta mahorat bilan bilan ishlangan to‘rtta miniatyura, nafis naqshlardan hosil qilingan ikkita zarvaraq, Husayn Boyqaroning turli davrlarda bitilgan 154 ta g‘azali (shundan ikkita g‘azali to‘liq emas) o‘rin olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kitob Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning hayotlik chog‘larida, 1490 yillarda bitilgan. Ayrim g‘azallar to‘la yozilmaganiga qaraganda, ushbu to‘plam tuzilgan chog‘da bu g‘azalar hali tugallanmagan bo‘lgan. Qolaversa, 1968 yili Qobulda nashr qilingan devondagi ellikka yaqin g‘azal bu to‘plamdan o‘rin olmagan.

4. Shoirdan bizga bitta she’riy devon va bitta Navoiyga bag’ishlab yozilgan “Risola” asari va 202 gʻazal, Navoiy g’azaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal 1 ruboiy va bir necha baytlari yetib kelgan.
Shoirning «Devoniy Husayniy»asarining bir nusxasi ayni paytda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda. 284-raqam ostidagi ushbu qo‘lyozma nasta’liq xatida, sifatli qog‘ozda ko‘chirilgan va shohona bezaklar berilgan. Sahifalariga oltin zarralari sepilgan.
„Risola“ asari esa 1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan. Shoh shoirning hozirgacha Gʻazallarining barchasi ramal bahrida. Lekin ular Husayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi. Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasining 8-majlisini toʻliq Husayn Boyqaro ijodiboʻgʻina bagʻishlab, uning devonidagi 164 gʻazalning matlaʼini keltiradi va u qoʻllagan badiiy timsollar, sheʼriy sanʼatlar, nozik maʼno va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. Husayn Boyqaro gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi.
TEST
1. Navoiyning ta’biri bilan aytganda, fotsiy va turkiy tilde she’r yaratish iqtidoriga ega bo’lsa-da, asosan turkigo’y shoirlarni o’z ona tilida ijod qilishga chorlab, maxsus farmonlar bergan hukmdor kim?
A. Husayn Bouqaro (Husayniy)
B. Amir Temur
C. Amiriy
D. Mirzo Ulug’bek
2. Navoiy qaysi asarida Husayniyni yetuk shoir sifatida ko’rsatishdan avval uning shaxsiyati haqida, iste’dodini vujudga keltirgan omillar haqida ma’lumotlar bergan?
A. “Majolis un-nafois” da
B. “Mahbub ul-qulub” da
C. “Xazoyin un-ma’oniy”da
D. “Hiloliya” da
3. Husayniy qalamiga mansub asrni toping?
A. “Risola”
B. “Munojot”
C. “Volidiya”
Download 29,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish