27
yordam byeradi.
II BOB
AHOLI TURAR JOYLARI GIGIENASI
MINTAQALARDA SHAHARLARNING QURILISH QONUN-
QOIDALARI VA ULARNI SOG’LOMLASHTIRISH YO’LLARI.
Turar joylarni loyihalash va qurish anchagina murakkab vazifa. Tarixga
nazar tashlasak, uy-joy qurish, ularni yaxshilab loyihalash masalasi insoniyat
paydo bo’lgandan byeri murakkab masala bo’lib kelmoqda. Sababi shundaki,
shaharlar, shahar tipidagi qishloqlar to’g’ri, did bilan loyihalansa aholi
yashashi uchun qulay bo’ladi. Bu borada yangi sanoat korxonalari, fabrika,
zavodlar, maktab, texnikumlar, oliy o’quv yurtlari, shifoxona va
poliklinikalar, ma’muriy idoralar va boshqalar ham hisobga olinadi. Ular
gigiena nuqtai nazaridan to’g’ri joylashtirilgan, aholining yashashi va dam
olishi uchun qulay bo’lishi lozim.
28
Yirik sanoat markazlari joylashadigan shaharlar loyihasini tuzish
masalasi ancha murakkab. CHunki yirik shaharlarda aholining tobora
zichlashib borayotganliga, transport vositalarining kundan-kunga ko’payishi
va boshqalar atmosfera havosining buzilishiga va kasalliklar ko’payishiga
sabab bo’lmoqda.
Gigiena xodimlari yordamida tayyorlangan va tasdiqlangan shahar va
shahar tipidagi turar joy markazlari loyihasi ko’p jihatdan masalani to’g’ri hal
qilishga yordam byeradi. Jumladan:
—
aholiga turar-joy qurish uchun sog’lom maydonlarni tanlash;
—
tanlangan joylardaga tabiiy sharoitlardan, ya’ni suv havzalari,
ko’kalamzor o’rmonlar, yerning relyefi va hokazolardan to’g’ri foydalanish;
—
sog’lom bo’lmagan maydonlarni, territoriyalarni sog’lomlashtirish;
—
turar joylarni yuqori darajada obodonlashtirish, ya’ni
ko’kalamzorlashtirish, kanalizaciya, suv va gaz tarmoqlari bilan ta’minlash,
irrigaciya shoxobchalarini qurish, aholi turar joylari tozaligini ta’minlash;
—
turar joylarda hammom, profilaktika va davolash muassasalari,
kirxonalar, fizkul’tura va sport inshootlari, bolalar bog’chalari, dam olish
uylari qurishni tashkil qilish;
—
uy-joy loyhalarini tanlashda milliylikka ahamiyat berish; ularning
qulayligini ta’minlash va boshqalar.
Odamlarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirish tabiiy, albatta.
CHunki, aholini uy-joy bilan ta’minlash ularni hayotda, ishda, jamoat ishlarini
bajarishda hamda madaniy hayotidagi faolligini oshirishda yordam byeradi.
SHularning hammasini nazarda tutib davlatimiz aholini uy-joy bilan
ta’minlash masalasiga doimo ahamiyat byerib kelmoqda.
Turar joylarni loyihalash, eski binolarni k;ayta qurish masalasiga gigiena
fani namoyondalari F.F. Erisman, M. Rubnyer, K. Flyugge, A. Gyertnyer,
G.V. Xlopin, A.3. Zohidov va boshqalar yaqindan yondoshib uni hal etishga
katta yordam ko’rsatdilar.
29
Ko’pgina ilmiy ishlar, tajribalar turar joylarni aholi talabiga mos qilib
qurish imkonini berdi. Bunda ko’chalarni ravon qilib qurish, katta va kichik
ko’chalarga odamlar yurishi uchun yo’lkalar ajratish, uy-joylarning yashash
uchun qulayligini ta’minlash ko’zda tutiladi. Ko’kalamzorlashtirishga katta
ahamiyat berildi.
Toshkent, Buxoro va boshqa shaharlardagi ilgarigi tor ko’chalar, zich
qilib qurilgan, suv va kanalizaciya bilan ta’minlanmagai uy-joylarni qayta
qurish juda murakkab ish edi, albatta. Buning ustiga aholining nihoyatda zich
yashashi, ochiq joylarning kam bo’lishi, etarli darajada
ko’kalamzorlashtirilmaganligi shahar aholisini toza havo va quyoshning inson
uchun zarur bo’lgan ul’trabinafsha nurlari bilan ta’minlanishiga imkon
byermas edi. Buning ustiga turar joy tuproqlari ko’lmak suvlar bilan
ifloslanib, qo’lansa hid tarqatar edi. Bularning hammasi kishi sog’lig’iga zarar
qilmay qolmas edi albatta.
Fan-texnika taraqqiyoti yangi-yangi shahar va qishloqlar qurish imkonini
berdi. Endilikda turar joylarni loyihalash uchun bir qancha ilmgohlar, idoralar
mavjud. Katta-katta shaharlar, zamonaviy ko’p qavatli binolar loyihasini
tuzish va qurish masalasi keyingi 20—30 yillar davomida keng ko’lamda
amalga oshirilmoqda. Ko’rkam shaharlar, shahar tipidagi qishloqlarda turar
joylar qad ko’tarmoqda, yirik sanoat markazlari paydo bo’lmoqda, magistral
lo’llar qurilmoqda. Bu shaharlar qiyofasini tubdan o’zgartirib yubordi.
Aholi turar joylari qurilishining rivojlanib borayottanligi gigiena
xodimlari zimmasiga katta vazifalar yuklamoqda. Ular qurilish xodimlari
bilan birgalikda ishlab, qurilgan uy-joylarning gigiena talablariga javob
byeradigan bo’lishiga imkon yaratishlari zarur bo’lmoqda.
Amniqsa, keyingi vaqtlarda qurilish matyeriallarining sifat tomonidan
o’zgarishi, ya’ni temir-betonli bloklar, polimyer va plastmassa
30
matyeriallarining ishlatilishi, murakkab aralashmalardan foydalanish
sanitariya vrachlari va gigienistlar oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan,
uy-joy qurishda yirik toshlardan, ya’ni tsmir-beton bloklardan foydalanganda
iqlim sharoitiga qarab uylarni isitish, ularda havo almashinishini yaxshilash,
unda zarur mikroiqlim yaratishga ahamiyat berish zarur. Demak, shaharlar,
poselkalar, shahar tipidagi qishloq markazlarini qurishda gigiena fani
yutuqlaridan, sanitariya talablaridan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |